Vositachilik funksiyasi Bank sohasida 3ta muammo ko‘zga tashlanadi


Banklarimizga mana shu 2ta funsiyani bajarishga nima xalaqit qilyapti?



Yüklə 19,01 Kb.
səhifə3/3
tarix10.12.2022
ölçüsü19,01 Kb.
#73628
1   2   3
Документ Microsoft Word (2)

Banklarimizga mana shu 2ta funsiyani bajarishga nima xalaqit qilyapti?
Birinchi muammo – inflatsiya. Inflatsiya pul aylanish tizimini ishdan chiqaradi. U jamg‘arish, investitsiya kiritishga bo‘lgan ishtiyoqni kamaytiradi, kelishuvlarni amalga oshirishga xalaqit qiladi.
Bizda inflatsiya darajasi anchagina baland, u ikki xonali son bilan ifodalanadi. Odatda inflatsiya yiliga 5-6 foiz yoki xorijda hatto 3-4 foiz bo‘lsa ham, nomaqbul inflatsiya sanaladi. Bizda giperinflatsiya emas, biroq u iqtisodiyot uchun zararli.
Ikkinchi muammo – pul bozorining ma'muriy boshqarilishi. Bunda davlat maxsus usullar bilan emas, ma'muriy jihatdan aralashadi. Masalan, bizda uzoq vaqt mobaynida Markaziy bank foiz stavkalarini tartibga solib kelgan. Qandaydir yuqori ko‘rsatkichdan oshirib yuborish mumkin emas bo‘lgan. Bu esa 3-4 yil muqaddam mavjud bo‘lgan muammolarga olib kelgan.
Tasavvur qiling, go‘sht narxini sun'iy ravishda 20 ming so‘mgacha tushiramiz. Klassik defitsit vaziyati yuzaga keladi. Chunki bu narxda go‘shtga talab yuqori, taklif esa kam bo‘ladi. Bu narxda hech kim go‘sht yetishtirishni istamaydi. Defitsit, navbat, «shapka», qora bozor va hokazolar yuzaga keladi.
Moliya bozorida ham xuddi shunday holat sodir bo‘ladi. Agar foiz stavkalari sun'iy ravishda pasaytirilsa, (stavkalar real inflatsiya darajasidan ham past edi), o‘z-o‘zidan bunday kreditlarga talab yuqori bo‘ladi, taklif esa past. Markaziy bank, tijorat banklari tomonidan yo‘lga qo‘yilgan talay byurokratiyalar mana shu yerdan kelib chiqqan. Chunki kredit olish uchun kelganingizda ular sizga rasmiy jihatdan rad javobini bera olmaydi, pul yo‘q deyolmaydi. Ular buning uchun qandaydir sabab o‘ylab topishlari kerak bo‘ladi.
Banklarga o‘z funksiyani bajarishga to‘sqinlik qiluvchi uchinchi sabab – kuchsiz raqobat. Raqobat bo‘lmasa yoki u kuchsiz bo‘lsa, mijozlar uchun bosh qotirib o‘tirishning hojati yo‘q.
To‘rtinchi sabab – banklarga bo‘lgan ishonchning pastligi, tashqi qarzlar haqida gapirganimizda mamlakatga bo‘lgan ishonchning pastligi. Agar qandaydir sabablar tufayli odamlar banklarga ishonmasa, jamg‘armalarini ham banklarga olib kelmaydi. Agar mamlakatimizga ishonishmasa yoki buni juda katta tavakkalchilik deb hisoblashsa, o‘z-o‘zidan tashqaridan qarz, kredit, qandaydir portfel investitsiyalarni olishni istasak, investor yoki bizga kredit berayotgan tomon kim bilan ish olib borayotganini juda yaxshi tushunadi va bunda yetarli darajada tavakkalchilik mavjudligini anglaydi: uni aldashlari, qonunlar pand berishi mumkinligi, u o‘z pullarini ololmasligi ehtimol. Shuning uchun qandaydir standart foizga tavakkalchilik uchun to‘lovni ham qo‘shadi.
Yüklə 19,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin