3-Mavzu: Matematikadan baholash topshiriqlarining turlari, ularni tuzish
metodikasi va baholash mezonlari
Reja:
1.
Matematikadan test (baholash) topshiriqlari.
2.
Ochiq va yopiq test turladi.
3.
Matematikadan baholash topshiriqlarining turlari, ularni tuzish
metodikasi va baholash mezonlari.
4.
Nazorat ishlari mazmuni, ularni tuzish va baholash bo‘yicha
ko‘rsatmalar.
5.
Nazorat ishi variant namunasi tahlili.
Matematikadan test (baholash) topshiriqlari
“Test” atamasi birinchi marta amerikalik psixolog J.
Kettel tomonidan
1890-yilda kiritilgan. “Test” atamasi inglizcha so‘z bo‘lib, tekshirish, nazorat,
sinov ma’nolarini bildiradi.
“Test” so‘zi mamlakatimizga kirish imtihonlarida muqobil javobli test
topshiriqlaridan foydalanadigan imtihonlar joriy qilinishi bilan birga kirib keldi.
Lekin ingliz tilidan kirib kelgan bu so‘zga hozirgacha aniq ta’rif berilmagan. Bu
so‘z hozirda kirish imtihonining o‘ziga nisbatan ham va unda ishlatiladigan alohida
muqobil javobli test topshiriqlariga nisbatan ham qo‘llanilmoqda. Test so‘zining
“imtihon” ma’nosida qo‘llanilishi to‘g‘ri. Masalan, “bugun
Andijon davlat
universitetida test o‘tkazildi” deyilsa, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Lekin ba’zida test
so‘zidan testdagi alohida topshiriqqa nisbatan ham foydalanilishi, masalan, “36 ta
testdan 28 tasiga javob berdim” deyilishi, to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Shuning uchun terminlarga aniqlik kiritib olaylik. Ingliz tilida test so‘zi
“shaxsning
bilimlari, qobiliyatlari yoki ko‘nikmalarini
baholash uchun
ishlatiladigan savollar, masalalar yoki amaliy mashg‘ulotlar to‘plami”ni anglatadi.
Bundan kelib chiqadiki, test deganda faqat muqobil javobli topshiriqlarni
o‘zida jamlagan baholash vositasi tushunilmasligi lozim.
Uning tarkibiga boshqa
baholash usullarini kiritish mumkin ekan. Masalan, ifodali o‘qish, yozma ish,
og‘zaki savol-javob va hokazo. Bu jihatdan olib qaraganda, “test” so‘zi o‘zbek
tilidagi “baholash” va “imtihon” so‘zlariga sinonim hisoblanadi. Lekin “baholash”
so‘zi odatda ancha keng ma’noda ishlatiladi.
Binobarin, test sinovi baholashning
bir turi hisoblanadi. “Test topshirig‘i” deganda esa testning tarkibiga kirgan va
muqobil javoblari berilgan yoki boshqa turdagi alohida topshiriq tushuniladi.
Kirish
imtihonlarida
hozirda
faqat
muqobil
javobli
test
topshiriqlari
qo‘llanilmoqda. Aslida test tarkibiga ochiq turdagi (muqobil javoblari berilmagan)
savol, insho, og‘zaki savol-javob va boshqa ko‘plab topshiriqlarni kiritish mumkin.
Terminlarga aniqlik
kiritib olish juda muhim, chunki bu ta’lim faoliyatida
foydalaniladigan turli baholash usullarini o‘rganishda ayrim chalkashliklarni oldini
olishga yordam beradi. Demak, testga oid terminlarni quyidagicha ta’riflab olsak
va doimo shu ta’riflarga amal qilsak, foydadan holi bo‘lmaydi:
Test
(baholash) – bu o‘quvchining bilimlari, qobiliyatlari yoki
ko‘nikmalarini baholash uchun ishlatiladigan savollar,
masalalar yoki amaliy
mashg‘ulotlar to‘plami.