Test topshirig‘i – bu testning tarkibiga kirgan har qanday topshiriq turi.
Test (baholash) topshiriqlari
– ta’lim natijalarini xolisona nazorat
qilishning didaktik va texnologik vositalaridan hisoblanadi.
Test sinovlari yordamida barcha o‘quvchilarning bilimini bir vaqtda
tekshirish, ularni mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga, mustaqil o‘qish
ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘rgatish, intizomini mustahkamlash kabi
imkoniyatlar yaratiladi.
Matematikadan test (baholash) topshiriqlarining turlari Javobning berilishiga qarab test topshiriqlari ochiq yoki yopiq turda
bo‘lishi mumkin.
1.
Yopiq test topshiqlari Bu turdagi test topshiriqlari asosiy savol va unga bir nechta muqobil
javoblardan tuziladi. Berilgan javob variantlari ichidan eng to‘g‘risini (yoki
to‘g‘rilarini) tanlash talab qilinadi. Shu nuqtai nazardan javob variantlari
cheklangan, ya’ni yopiq bo‘ladi.
2.
Ochiq test topshiriqlari Bu turdagi testlar javobi tanlanadigan yopiq testlardan farqli ravishda oddiy
savoldan (masaladan) iborat bo‘ladi, ya’ni savol (masala) ning javob variantlari
berilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, javob variantlari cheklanmagan, ya’ni ochiq
bo‘ladi.
Bunda javobni taxminan belgilash imkoniyati bo`lmaydi. Bunday testlar
javobini topish uchun o‘quvchilardan aniq va asosli bilimlar bo`lishi talab etiladi.
Ochiq test topshiriqlari savoliga yozma ravishda barafsil javob berish yoki qisqa
javob berish talab qilinishi mumkin.
Masalan, matematik masala berilib, agar uning yechimi to‘liq va batafsil
yozish talab qilinsa, bu topshiriq – batafsil test topshirig‘i, agar masalaning faqat
oxirgi javobini (so‘z yoki sonlar bilan) yozish talab qilinsa – qisqa javobli test
topshirig‘i bo‘ladi. Yopiq yoki javobi yoziladigan testlardan ko`proq oraliq va
yakuniy nazoratlarda samarali foydalanish mumkin.