Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari reja : kirish asosiy qism



Yüklə 235 Kb.
səhifə5/18
tarix26.04.2023
ölçüsü235 Kb.
#103095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
30 VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI

4. Oxirgi zarurat
Oxirgi zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qо‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni о‘sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji bо‘lmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bо‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Shaxsning oxirgi zarurat holatida sodir etgan qilmishi, basharti, oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqilmagan bо‘lsa, qonuniy deb topiladi.
Agar boshqa vositalar orqali xavfning oldini olish mumkin bо‘lsa yoki keltirilgan zarar oldi olingan zarardan oshib ketsa, qonun bilan qо‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga bunday zarar yetkazish oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Oxirgi zarurat holatida sodir etilgan qilmishning qonuniyligini baholashda oldi olinishi lozim bо‘lgan xavfning xususiyati va xavflilik darajasi, shunday xavfning haqiqatan mavjud yoki mavjud emasligi va yuz berish vaqtining yaqinligi, xavfni qaytaruvchi shaxsning mavjud imkoniyatlari, vujudga kelgan vaziyatdagi ruhiy holati va ishning boshqa holatlari hisobga olinadi.
Jismoniy yoki ruhiy majburlash natijasida huquqlar va qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik masalasi ushbu modda qoidalarini hisobga olgan holda hal qilinadi (JK 38-m.).

Tahdid qiluvchi xavfga tegishli oxirgi zaruratning qonuniyligi о‘zida bir necha shartlarni mujassamlashtiradi.


Birinchidan, qonun bilan qо‘riqlanadigan munosabatlarga xavf inson yoki hayvonlarning xatti-harakati, avariyalar, halokatlar sifatidagi tabiatning ofat yetkazuvchi kuchlari natijasida yuzaga keladi.
Ikkinchidan, xavf mavjud va real voqelikda bо‘lishi kerak.
Uchinchidan, tahdid qilayotgan xavfni boshqa vositalar bilan bartaraf etishning iloji bо‘lmasa, qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazish, biroq ozroq zarar evaziga amalga oshiriladi.
Oxirgi zarurat о‘zining quyidagi belgilariga kо‘ra zaruriy mudofaadan farq qiladi:
1) zaruriy mudofaada xavf manbai inson, oxirgi zaruratda esa inson bilan birga tabiatning bebosh kuchlari, hayvonlar, texnogen halokatlar, avariyalar va boshqalar hisoblanadi;
2) zaruriy mudofaada keltiriladigan zarar oldi olinganiga teng, hatto undan bir necha bor kо‘p bо‘lishi mumkin, oxirgi zarurat vaqtida u har doim ancha kam bо‘lishi kerak;
3) zaruriy mudofaada shaxs oxirgi zaruratda bо‘lgan shartlarni bajarmasa va tajovuzning oldini olmagan taqdirda ham bunday mudofaa qonuniy hisoblanadi. Shu bilan birga, shaxsning jismoniy yoki ruhiy majburlov ostida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishi, О‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan, uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi, biroq aybni yengillashtiruvchi holat hisoblanadi (JK 55 m. «ye» b.).

Yüklə 235 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin