Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari reja : kirish asosiy qism



Yüklə 235 Kb.
səhifə1/18
tarix26.04.2023
ölçüsü235 Kb.
#103095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
30 VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI


VOYAGA YETMAGANLAR JAVOBGARLIGINING XUSUSIYATLARI
Reja :
KIRISH
ASOSIY QISM

  1. Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari
    2. Voyaga yetmaganlarga nisbatan qо‘llaniladigan jazolar tizimi va ularni tayinlash
    3. Voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish

XULOSA
ADABIOYOTLAR

KIRISH
Voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi va jazolanishiga xos xususiyatlarni tartibga soluvchi jinoyat qonunining ahamiyati katta bо‘lib, u adolat, insonparvarlik, qonuniylik, demokratizm, fuqarolarning qonun oldida tengligi, ayb uchun javobgarlik, jazoning muqarrarligi prinsiplari amalga oshishi uchun huquqiy asos hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining xususiyatlari, shuningdek ushbu toifaga kiruvchi shaxslarning qonunni buzish hollarini keltirib chiqaruvchi ularning psixofiziologik xislatlari, jinoyat qonuni prinsiplarining amalga oshirilishi Jinoyat kodeksi 17-moddasining 6-qismida о‘z ifodasini topgan 18 yoshga tо‘lmasidan jinoyat sodir etgan shaxslar javobgarligining umumiy qoidalarga muvofiq tarzda hamda Jinoyat kodeksi Umumiy qismining Oltinchi bо‘limida nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda yuz berishi haqidagi qoidaning qonun darajasida belgilab qо‘yilishiga sabab bо‘ldi. Jinoyat kodeksi Umumiy qismining Oltinchi bо‘limiga muvofiq, mazkur xususiyatlar jazo va uni tayinlash, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalarida nazarda tutilgan.
Voyaga yetmaganlarning javobgarligi bir qator jinoyatlar uchun istisno etiladi, chunki ilk bor javobgarlik 18 yoshga tо‘lish bilan boshlanishi (JK 17-m. 4-q.); voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bо‘yin tovlaganlik (JK 122-m.); ota-onani moddiy ta’minlashdan bо‘yin tovlaganlik (JK 123-m.); voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilganlik (JK 127-m.); fuqarolarning murojaatlari tо‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik (JK 144-m.); saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni о‘tkazish tо‘g‘ridagi qonun hujjatlarini buzganlik (JK 146-m.); ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzganlik (JK 193-m.); atrof tabiiy muhitning ifloslanganligi tо‘g‘ridagi ma’lumotlarni qasddan yashirganlik yoki buzib kо‘rsatganlik (JK 194-m.); (JK 195-m.); 205, 207, 208, 209, 210, 255, 226, 230, 231-235, 279-302 uchun belgilab qо‘yildi. Shunday qilib, voyaga yetmaganlarga aslida maxsus belgi maqomi berildi, chunki voyaga yetmaganlarning javobgarlik chegaralari ular yetgan yoshga qarab (13, 14, 16 va 18 yosh), muayyan toifadagi jinoyatlarga nisbatan farqlanadi. Binobarin, jinoiy qilmish doirasi ularning turli yoshdagi voyaga yetmaganlar sodir etganligiga nisbatan katta yoshdagilar uchun g‘ayriqonuniy va ijtimoiy xavfli deb baholanadigan xatti-harakatlarga nisbatan ancha cheklangan.
Voyaga yetmaganlarning javobgarligi jinoyat subyektining о‘ta xavfli retsidiv kabi maxsus belgisi bilan ham cheklanadi, chunki Jinoyat kodeksi 34-moddasining 6-qismiga muvofiq, shaxsni о‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi masala kо‘rib chiqilayotganida, u 18 yoshga tо‘lmasidan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganligi hisobga olinmaydi.
Voyaga yetmaganlarga muayyan turdagi jazolar qо‘llanilishi mumkin emas. Bu esa qonunda jazolarning umumiy tizimi bilan bir qatorda (JK 43-m.), voyaga yetmaganlar uchun maxsus mо‘ljallangan jazolar tizimi (JK 81-m.) bilan ham, boshqa moddalarda mavjud bо‘lgan kо‘rsatmalardan ham kelib chiqadi. Masalan, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi (JK 50-m. 4-q.), umrbod ozodlikdan maxrum qilish jazosi (51-m. 3-q.) 18 yoshga tо‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan tayinlanishi mumkin emas.

Yüklə 235 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin