Fuqarolar huquq va erkinliklarining daxlsizligini ta’minlash
maqsadida Konstitutsiyada tegishli kafolatlar keltirilgan. Jumladan,
44-moddaga muvofiq har bir shaxsga о !z huquq vaerkinliklarini sud
orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat
birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga
shikoyat qilish huquqi kafolatlangan. Binobarin, voyaga etmaganlar,
mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalaming huquqlari davlat
himoyasida ekanligi Konstitutsiyaning 45-moddasida alohida
ta’kidlanadi.
Mantiqiy jihatdan
qonunchilikda
belgilangan
huquq
va erkinliklarga egalik ma’lum bir burch, majburiyatlaming
boMishini nazarda tutadi. Xususan, Konstutsiyaning XI bobi
fuqarolaming burchlariga bag‘ishlangan. Burch, majburiyatlarga
rioya qilmaslik yoki ulaming talablarini to iiq bajarmaslik holatlari
bo‘yicha mas’uliyat amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda
fuqarolaming turli xil javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun huquq, majburiyat va javobgarlik hamisha o'zaro
uzviy bog‘liq tushunchalar tarzida qabul qilinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: