odamlar oMimiga, boshqacha og‘irroq oqibatlarga sabab bo‘Isa
yanada og‘irroq jazo belgilangan.
Mazkur jinoyatning obyekti inson sog‘lig‘i va hayotidir.
Sog‘liqqao‘rtaog‘iryoki og‘ir shikastko‘rinishidaziyon etkazilishi
yoxud o ‘lim sodir bo‘lishi qilmishni jinoyat sifatidatasniflash uchun
lozim bo‘lgan asosiy shartdir. Odamlar o ‘limi ikki yoki undan ortiq
shaxsning o‘limini, va boshqa og‘ir oqibatlar esa - ikki yoki undan
ortiq shaxslarga og‘ir shikast etkazilishini anglatadi.
Mazkur jinoyatlar subyekti tibbiyot, farmatsevtika xodimlari,
shuningdek bu kabi vazifalar yuklatilgan boshqa sohalar vakillari
bo‘lishi mumkin.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston
Respublikasining Qonuni 30-moddasi talablariga ko‘ra tibbiyot
va farmatsevtika xodimlari bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam
ko‘rsatishlari shart. So‘nggi holatga
muvofiq zarurat holatlarda
ushbu yordam fuqarolarga joydan va vaqtdan qat’iy nazar, ya’ni
tibbiy muassasadan tashqarida va ishdan tashqari vaqtlarda ham
ko‘rsatilishi shart.
Shu bilan birga, ushbu moddada, “vrachgacha birlamchi
shoshilinch
yordam voqea joyida militsiya, yong‘in xavfsizligi,
transport tashkilotlari xodimlari, shuningdek qonunchilikda
bu kabi yordam ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan sohalar vakillari
tomonidan ko‘rsatilishi lozim”ligi nazarda tutilgan. Ta’kidlash
lozimki, yuqorida qayd etilgan sohalar vakillarini o‘qitish dasturida
vrachgacha shoshilinch yordam ko‘rsatish masalalari
ham nazarda
tutiladi.
Beparvolik va o‘z o ‘ziga ishonish ehtiyotsizlikning
ko‘rinishlari sifatida jinoyatning subyektiv tomonini tashkil etadi.
Demak, jinoiy javobgarlikka tortishning asosiy shartlaridan biri bu
kasb yuzasidan xizmat vazifalarini uzrli sabablarsiz lozim darajada
bajarmaslikdir. So‘nggi holatda yuklatilgan vazifani bajarishga
monelik qiladigan tibbiy xodimning kasalligi, boshqa, nisbatan
og‘irroq bernorga yordam ko‘rsatayotganligi sababli
bandligi, zarur
bo‘lgan dori-darmonlar, asbob, uskuna, transportning yo‘qligi,
tibbiy xodim hayotiga xavf soluvchi tabiiy ofatlar obyektiv
sabablarga kiradi.
Dam olish va bayram kunlari, ishdan tashqari vaqt,
mehnat
ta’tilida bo‘lish, shoshilinch yordam ko‘rsatish lozim bo‘lgan
holatlarda maxsus bilimlarning yo‘qligi, bemor bilan shaxsiy
adovatlarning mavjudligi va boshqalar uzrli sabab sifatida e ’tirof
etilmaydi.
Har bir holatda sabablaming uzrli ekanligi masalasini hal
etish sudning tasarrufiga molikdir.
I. G. Vermelning (1988) fikriga ko‘ra tibbiy xodimlarni
kasb yuzasidan xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmaganlik
uchun jinoiy javobgarlikka tortish uchun, noxush oqibatlar mavjud
bo‘lgan holatlarda ham, uchta shartning mavjudligi ko‘zda tutiladi:
1. Tibbiy xodim harakatlarining obyektiv noto‘g ‘ri
ekanligi
va ulami umum tomonidan e’tirof etilgan va amaldagi rasmiy
yo‘riqnoma, qoida, standartlarga zidligi va sh. k.
2. Tibbiy xodim o ‘z kasbiy tayyorgarligi va toifasiga mos
tarzda zarar etkazishi mumkin bo‘lgan harakati yoki xarakatsizligi
noto‘g‘ri ekanligini anglashi lozim. Bunda xodimning bilimlari,
amaliy ko‘nikmalari va malakasi majmualari mavjud sharoitda
unga to‘g‘ri qaror qabul qilish va uni bajarish real imkonini bergan.
3. Tibbiy xodimning harakati yoki
harakatsizligi bevosita
sabab-oqibatga bog‘lanishiga ega bo‘lgan jiddiy noxush oqibatlami
yuzaga keltirganligi.
Fuqarolik javobgarlikni yuzaga keltirishda ham aynan ushbu
shartlaming mavjud bo‘lishi ko'zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: