Birinchi yordam va transport immobilizatsiyasi. Sinish bilan kasallangan bemorlarda asoratlar namoyon bolmasligi uchun birinchi yordam muhum o’rin egallaydi. Noto’g’ri birinchi yordam ko’rsatish keyinchalik suyak parchalarini siljishi, yumshoq to’qimalarni qo’shimcha shikastlanishi va shok holatiga olib kelishi mumkin.
Birinchi yordamga shokni oldini olish, qon ketishini to’xtatish va shina qo’yish kiradi. Ko’pincha jaroxat va qon ketish bo’lganda bosuvcha va zich aseptic bog’lam qo’yish yetarli bo’ladi.