Sinishni davolash.
Davolashning konservativ usuli.
Sinish bilan kasallangan bemorlarni zamonaviy davolash metodlari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Davolash
Konservativ
Jarrohlik
Funksional
Ochiq repozitsiya
Ostiosintez ( metal plastinka, metal shtiftlar va b.)
Immoblizatsiya
Tortma(lipkoplaster va skelet) va gips bog’lam
Gips bog’lam(langet va aylana)
Davolash usuli albatta ko’rsatmalarga qarab tanlanadi. Vrach fiksatsiya usulini tanlashi uchun sinish travmatologik harakteristikasi yordam beradi. Bu tushunchaga uch xil shart kiradi: 1) siljigan bo’laklarni bor yoki yo’qligi, 2) chiqishda solishning oson yoki qiyinligi, 3) solingandan keyin bo’laklarning turg’un yoki noturg’unligi.
Immoblizatsiya usuli. Bundan 100 yillar ilgari(1854 yil) N.I. Pirogov sinish holatini davolashda gips bog’lam qo’yish texnikasini aniq ifodalab bergan. Shundan beri N.I.Pirogov usullari o’zgarmagan lekin qo’llanish texnikasi yangilangan.
Hozirgi paytda gips qo’yishga ko’rsatmalar keng: bo’laklar siljishsiz, siljishli, hamma sinishlarda lekin travmotologik harakteristikaga ega bo’lgan, jumladan solishda keyingi holatda bemalol gipsli bog’lam bilan fiksatsiya qilish mumkin. Ba’zi hollarda bemor funksional usulda davolangandan so’ng gipsli bog’lam qo’yiladi.
Noto’g’ri gips bog’lam qo’yish shish paytida og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin: suyak chiqish sohasida yotoq yara, ishemik kontraktura va hatto a’zo gangrenasi.
Bog’lam noto’g’ri qo’yilgan holatlarda bemor bog’lam tagida og’riq, uvishish sezgisi,sezgini yo’qolishi, barmoqlar rangining o’zgarish (sianoz) va shish rivojlanishiga shikoyat qiladi. Shifokor va boshqa tibbiyot hodimlari gips bog’lam qo’yish chog’ida bemor shikoyatlariga va bog’lamni to’g’ri qo’yilayotganiga ahamiyat berishi shart.
Singan suyaklarni funksional usulda davolashga tortma, shikastlangan qo’l va ayoqlarga tinchlik berish kiradi, shu paytning o’zida mushaklarga aktiv vazifa yuklaydi va erkin bog’imlar harakatlanishiga imkon beradi.
Immoblizatsiya va funksional usullar unvarsal hisoblanmaydi—bularning har biriga alohida ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar bor.
Tortma sistemasi qo’l va ayoqlarga tinchlik bergai bilan shu paytda mustahkamlik namoyon qilmaydi, osonlik bilan o’z holatini yo’qotishi mumkin,bu uchun maxsus tibbiyot hodimlari nazoratida bo’lishi shart.
Texnik funksional usul yo skelet, yo lipkoplaster tortma bilan bajariladi.
Lipkoplaster, yoki yopishqoq tortmalarda kleol, chiziqla yopishqooq plaster yoki rux-jelatinli pasta ishlatiladi ( Unna pastasi ). Uning tarkibi: rux oksidi-50gr, jelatin-100gr, disterlangan suv-150gr, glitserin-200gr. Skelet tortmasi uchun SITO qavslari, spisali tortmalar uchun Kirshnero usullari.
Skelet tortmalarida spisani asosiy qo’yish joylari son bo’gim haltasi atrofi, katta bolder suyagining yuqori metafizi, tovon suyagi, tirsak o’sig’i.
Skelet tortmalarda spisa qo’yish uchun har qanday operatsiya kabi terini va jarrohlik asboblarini astoydil tayyorlash kerak. Spisa kiritishdan paydo bo’lgan teri jarohatini qayta bog’lab, keyinchalik doimiy nazoratga olish shart.
Dostları ilə paylaş: |