166
va yakunlovchi folklor tomoshasi o‘zbek an’anaviy nomoddiy
madaniyati boy va serqirra ekanligini yaqqol namoyish qildi.
O‘zbekistonda xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligini ravnaq
toptirish uchun 1997-yil 31-martda Respublikamizning birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning maxsus farmoni chiqdi va unga binoan
respublikamizda bu boradagi barcha ishlarni muvofiqlashtiruvchi
maxsus markaz tuzildi. Bunday e’tibor natijasida xalqimizning
ko‘plab ijod turlari tiklanmoqda. Respublika xalq amaliy san’ati
markazi rahbari Shohalil Shoyoqubovning ta’kidlashicha, agar
mustaqillikgacha xalq hunarmandchiligining 10 ga yaqin turi
saqlanib qolgan bo‘lsa, mustaqillikdan so‘ng hozirgi vaqtga kelib,
uning 50 ga yaqin turlari qayta tiklangan va hozir ham bu jarayon
davom etmoqda.
O‘z navbatida, o‘zbek folklori jahonga tanilmoqda, ko‘plab
folklor jamoalar xorijiy mamlakatlarga
chiqib xalqaro anjumanlarda
qatnashib, ajnabiylar e’tiboriga nodir san’atimiz durdonalarini havola
etishmoqda. Quyida mustaqillik-yillari xorijiy mamlakatlarga chiqib,
o‘zbek xalq ijodini jahonga tanitib kelgan ba’zi folklor jamoalari
haqida qisqa ma’lumotlar keltiramiz:
Toshkentning “Kamalak” fofklor-etnografik ansambli, Andi-
jonning “Sumalak” xalq raqs ansambli, Xorazm viloyati xalq ijodiyoti
markazi qoshidagi “Meros” bolalar namunali folklor-etnografik
jamoasi, Respublika o‘quvchilar saroyi qoshidagi “Chaman” folklor
guruhi, Quvaning “Anor” xalq ashula-raqs ansambli, Navoiy viloyat
qo‘shma
folklor jamoasi Misr, Turkiya, AQSH, Fransiya, Pokiston,
Yaponiya kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro folklor
festivallari va boshqa tadbirlarda ishtirok etib, vatanimizga ko‘plab
nufuzli sovrinlar olib kelishgan.
Chet ellarda o‘zbek xalq ijodiga oid ko‘plab kitoblar, maqolalar
chop etilmoqda. Keyingi-yillar milliy madaniyatimiz o‘tmishi va
bugungi kunini uzviy bog‘laydigan festivallar safi kengayib bor-
moqda. Madaniyat va san’at Forumining yangi keng qamrovli
loyihasi – “Asrlar Sadosi” festivali ham xalqimizning an’analari,
amaliy san’ati va milliy taomlari, xalq og‘zaki ijodi kabilarning
boy va rang-barang ekanligini namoyon etmoqda. Ushbu festival
har-yili mamlakatimizning turli madaniy va tarixiy maskanlarida
mutaxassislar, olimlar va xorijiy mehmonlar
ishtirokida xalqaro
171
2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi. Mamlakat
Prezidentining 1997-yil “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va
amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida amaliy bezak
san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni
tayyorlashda davlat tomonidan madad berilish choralari belgilandi.
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni
ta’sis etildi, “Hunarmand” uyushmasi tashkil qilindi. Qolaversa,
hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi.
Mustaqillik-yillarida uslubiy jihatdan o‘ziga xos rassomlar guruhi
shakllandi. Rassomlar ijodida jiddiy evrilishlar sodir bo‘lmoqda.
Yangi plastik izlanishlarda ertagu dostonlar, xalq og‘zaki ijodiyoti,
turli xil rasm-rusum va marosimlar bilan bog‘liq belgilar hamda
ramzlar ular rangtasvirining yangi
bosqichini belgilab berdi, Ushbu
davrda serqirra ijod qilgan rangtasvirchilardan R. Ahmedov, N.
Qo‘ziboyev, R. Choriyev, M. Nabiyev, A. Ikromjonov, B. Jalolov,
S. Raxmetov, A. Mirzayev, N. Shin, V. Oxunov, J. Umarbekov, S.
Alibekov, A. Isayev, J. Usmonov, N. Shoabdurahimovlarni keltirib
o‘tishimiz mumkin. Bu davrdagi mahobatli san’atning rivojlanishi
ijodiy erkinlik, badiiy merosimizni boy an’analariga murojaat
qilish bilan bog‘liq. Yangi ma’muriy-ijtimoiy
inshootlar, ko‘hna
binolarni qayta ta’mirlash hamda yangi shahar ansambllarini barpo
etish ishlarining jadallashib ketishi bilan mahobatli rangtasvirchilar
ijod vositalarining yangi imkoniyatlarini qidirib topishga bo‘lgan
yondashuvlari sezilarli darajada faollashdi. Mahobatli san’at
sohasida ijodiy izlanishlar olib borgan rassomlardan A. Aliqulov, O.
Xabibullin, “Sanoyi-nafisa” guruhi, A. Buxorboyev, A. Axmedshin
kabi rassomlarni aytishimiz mumkin.
Mustaqillik-yillaridagi ko‘rgazmalarda M.Nabiyev, A.Ikromjonov,
R.Choriyev, R.Ahmedov. N.Qo‘ziboyev, N.Shin, B.Boboyev,
J.Umarbekov, B.Jalolov, V.Burmakin, L.Ibrohimov, haykaltaroshlar
A. Hotamov, T.Tojixo‘jayev, D.Ro‘ziboyev, M.Borodina, grafik
rassomlar M.Kagarov, A.Mamajonov, M.Sodiqovlar, yosh rassomlar
D.Oxunboboyev, A.Ivanova, A.Nikolayev, M.Aliyev, V.Nechayeva,
X.Ziyoxonov, X.Inog‘omova, G.Alimatova, A.Nurshina, K.Boboyev
kabi ko‘plab taniqli san’atkorlar ijodi barchaga manzur bo‘lmoqda.
Shuningdek, A.Nur, V.Oxunov, G.Qodirov, G.Boymatov, R.Gag-
170
yo‘qolish arafasida turgan turlarini, mahalliy markazlarini tiklash
jarayoni ketyapti. Hozirgi kunda badiiy kulolchilik, kandakorlik,
zargarlik, zardo‘zlik, an’anaviy to‘qimachilik, kashtachilik,
gilamdo‘zlik, do‘ppichilik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naq-
qoshlik kabi turlar juda rivojlangan. Yetakchi kulollar A.Rahimov,
S.Otajonov. Sh.Yusupov, R.Usmonov, A.Isoqov, Narzullayevlar,
R.Zuhurov; kandakorlar M.Madaliyev, D.Holidova, G.Rahmatova,
U.Aliyev, O.Umarov; zargarlar F.Dadamuhamedov, G.Yo‘ldosheva,
G.Tosheva; ganchkorlar M.Murodov, X.Abdullayev, A.Muxtorov;
yog‘och o‘ymakorlar S.Xo‘jayev, M.Ibrohimov. O.Fayzullayev,
A.Azlarov, S.Rahmatullayev; zardo‘z B.Jumayev;
kashtachi
Z.Obloberdiyeva va boshqalar samarali ijod qilmoqdalar.
Mustaqillik davrida noan’anaviy amaliy bezak san’at turlari ham
rivojlanib kelyapti. Masalan, toshkentlik kulol N.Qo‘ziyevaning
asarlari shu uslubda mo‘jazgina ishlangan. O‘zbekiston zargarlik
maktabining vakillari orasida E.Gostyev, U.Xolmurodov, A.UIum-
bekovalar hozirda zamonaviy, noan’anaviy yo‘nalishda ijod qil-
moqdalar.
Dostları ilə paylaş: