Xalq an’analari. Mustaqillikning birinchi-yillaridanoq milliy
qadriyatlar, xalq an’analarini tiklash O‘zbekistonda davlat siyosati
dara jasiga ko‘tarilgan muhim vazifaga aylandi. Darhaqiqat, milliy
an’analarni tiklash borasida amalga oshirilayotgan tarixiy ishla-
rimizning qamrovi juda kengdir. An’analar – xalqning tarixiy
shakllanishi va rivojlanishi jarayonida yaratilgan va avlodlardan av-
lodlarga muqaddas meros sifatida o‘tib kelayotgan bebaho ma’naviy
boyligi hisoblanadi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan
odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas bur-
chidir. Ajdodlarimiz an’analari barhayot bo‘lishi uchun, eng avvalo,
uni kelajagimiz bunyodkorlari-yoshlarimiz ongida barqarorlashtirish
lozim. Yoshlar tomonidan ajdodlar an’analarini qadrlanmay qo‘yilishi
avlodlar o‘rtasida ma’naviy uzilishni vujudga keltiradi.
Eng qadimiy xalqlardan biri hisoblangan o‘zbeklarning an’analari
tarixiy zaruriyat asosida vujudga kelgan, zamon chig‘iriqlaridan o‘tib,
muhim ma’naviy qadriyat sifatida ravnaq topgan. Biroq avloddan
avlodga o‘tib kelayotgan xalq an’analari sobiq sho‘rolar davrida
jiddiy to‘siqlarga uchragan bo‘lsa ham, o‘zbek xalqi mustaqillikka
erishgandan so‘ng, ularga ehtiyoj kuchayib, qayta tiklana boshlandi.
Buning natijasida ilgari norasmiy nishonlangan an’analar jiddiy
tadqiqot obyektlariga aylanib, milliy an’analar haqida qator kitoblar
chop etilmoqda. Bu bejiz emas, atbatta. Chunki an’analar xalq
ma’naviyatining tarkibiy qismi, muhim axloqiy qadriyat, tarbiya
vositasi sifatida xizmat qilmoqda. Xalq an’analari, marosimlar
jarayonida namoyon bo‘layotgan odob-axloq, mehr-oqibat, izzat-
ikrom kabi xislatlar yoshlar ma’naviyatini shakllanishida muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Etnos-millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan odatlarni
asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchiga
aylangan. An’anaviy xalq bayramlarining tikianishi o‘zbek madaniyati
tarixida o‘ta muhim voqea bo‘lib qolmoqda. Chunki bayramlar
hayotning eng yaxshi tomonlarini o‘zida mujassamlashtiradigan
va aks ettiradigan ko‘zgu sifatida xalq madaniyatining yirik va
muhim shakli hisoblanadi. Shuning uchun azaliy madaniyatning eng
qimmatli tomonlarini qoidalashtirishga zamin yaratildi.
Mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekiston rahbariyati, eng
avvalo, xalqimizning ehtiyoji, orzu-istaklarini hisobga olib, azaliy
169
bayramlarni tiklashga va yangi istiqlol bayramlarini shakllantirishga
katta e’tibor bera boshladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining
birinchi Prezidenti I.Karimov Farmonlari asosida “Navro‘z”,
“Ro‘za hayiti”, “Qurbon hayit”lari rasman tiklanib, xalq o‘rtasida
keng nishonlana boshladi. Shuningdek, istiqlolni sharaflaydigan
bayramlar “Mustaqillik kuni” va “Konstitutsiya kuni” joriy etildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston rahbariyati sobiq mustabid tuzumi
davrida paydo bo‘lgan barcha bayramlarni taqiqlamadi. Ular orasida
umuminsoniy g‘oya va qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi “Yangi-yil
bayrami”, “Xotin-qizlar bayrami” kabilar saqlab qolindi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning asosiy davlat bayramlari asosan
shakllangan bo‘lsa-da, azaliy bayramlarni tiklash jarayoni tugagan,
deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu borada hali bajariladigan ishlar
ham kam emas. Bir tomondan, azaliy bayramlar bilan birga ularga
xos odatlar va an’analar tiklanishi darkor. Ikkinchi tomondan,
mustaqillik davrida paydo bo‘lgan tarixiy - ma’naviy qadriyatlar
bilan ham boyitilmog‘i lozim.
Xalq an’analariga oid tadqiqotlarimiz, chunonchi, Markaziy Osiyo
xalqlarining ming-yil ichidagi yuzga yaqin bayram va marosimlariga
oid to‘plangan ma’lumotlar tahlili natijasida quyidagilar ma’lum
bo‘ldi: insonning tabiiy-hayotiy ehtiyojlari asosida paydo bo‘lgan
marosim va bayramlar asrlar davomida o‘z ahamiyatini yoqotmaydi.
Ularga siyosiy vaziyatlar, turli davlat sulolalarining mahv etilishi,
hukmdorlar, istilochilarning kelib-ketishlari, hattoki, hududdagi
aholi tarkibiy o‘zgarishlari ham ta’sir etmaydi. Ikkinchi turkum
bayram-marosimlar esa ma’lum vaqtdan so‘ng o‘zgarishi yoki
boshqa yangi bayramlar vujudga kelishiga asos bo‘lishi mumkin.
Uchinchi guruh marosim va bayramlar esa muayyan davr siyosati,
davlat yoki hukmdorlarning xohish-irodasi sifatida vujudga keladi,
o‘shalar bilan birgalikda yashaydi va o‘z tarixiy vazifasini bajarib
bo‘lganidan so‘ng barham topadi.