Kamoliddin Behzod va uning tasviriy san’at maktabi
Temuriy davrida tasviriy san’atning Shohruh Mirzodan keyingi
taraqqiyoti Kamoliddin Behzod nomi bilan bog‘liq. San’atshunoslar
mazkur davrni sharhlaganda “Behzod va uning maktabi” degan
iborani ishlatadilar. Bu bejiz emas, albatta. Behzod Shohruh Mirzo
zamonida Boysunqur Mirzo tomonidan asos solingan tasviriy
san’atning Hirot maktabini takomilga yetkazadi. U hech bir
takrorlanmaydigan nafis va mazmunan boy, ajoyib tasvir namunalari
yaratib, o‘z nomini abadiylashtirdi.
“Moniyi soniy” ya’ni “ikkinchi Moniy”, degan yuksak faxriy
unvonga sazovor, hayotligidayoq zamondoshlari tomonidan “nodirlar
nodiri”, “yaxshilar yaxshisi”, “musavvirlar peshvosi”, “muhabbatlar
yetakchisi” kabi sifatlar bilan ta’riflangan ustoz Behzod jahon
tasviriy san’ati tarixida munosib o‘rin egallagan. Hatto, yevropalik
san’atshunoslar ham Behzod san’ati va mahoratidan hayratlanib
uni “Sharq Rafaeli” degan yuksak muqoyasa bilan ulug‘laganlar.
Behzodning shaxsi to‘g‘risida gapirganda, u haqda tug‘ilgan bir
afsonani keltirish o‘rinlidir: ma’lumki, 1514-yilning avgustida
Janubiy Ozarbayjondagi Choldiron tekisligida Eron shohi Shoh
Ismoil (1501-1524) bilan turk sultoni Sulton Salim I (1512-
1520) o‘rtasida katta jang voqe bo‘ldi. Shoh Ismoil jangga ketish
oldidan: “Kim biladi, taqdirimda nima bor. Jangda dushman g‘olib
kelsa, o‘larman yoki qochib qutularman. Eron mamlakati vayron
va talon-toroj qilinar”. Biroq Behzodning Sulton Salim Rumiy
qo‘liga tushishini aslo xohlamayman» degan andishalarga boradi va
Behzodni qandaydir bir g‘orga berkitishni buyuradi. Shundan so‘ng,
Behzodni xudoyi taolo panohiga topshirdim, deb o‘zi jangga ketadi.
U jangdan qaytib kelib, Saroy a’yonlaridan so‘ragan birinchi gapi:
“Behzod tirikmi? - degan savol bo‘lgan”. Shoh Ismoil uchun o‘z
mulki va xazinasining xavfsizligidan ko‘ra, Behzodning salomatligi
90
Go‘yo musavvir voqyelikni yuksakdan turib tasvirlaganday tuyuladi.
Miniatyurada, umuman, rangtasvirda makonni ko‘rsatishda rang
muhim o‘rin tutadi. Temuriylar davrida musavvirlari ranglarning
turlicha jilolanishidan foydalangan holda, ixcham makon hosil
qilishadi va unga barcha ranglarini to‘liq saqlagan holda, keng tabiat
manzarasini, katta me’moriy inshootlarni joylashtirishadi. Ular tilla
rangda olov, quyoshning butun mohiyatini mujassam etganidan
boshqa ranglar uning fonida o‘zining butun jilosi bilan ko‘rinadi.
XV asr birinchi yarmidagi ilk Hirot miniatyurasi, balki Sharq
rangtasviri rivojiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Hirotlik musavvirlar
Sheroz, Bog‘dod va Tabriz musavvirlari erishgan eng muhim
yutuqlarni o‘z asarlarida yahlit holda mujassamlashtirishdi. Lekin
ularning miniatyuralari obrazni ifodalash, makon yechimi jihatidan
g‘oyatda o‘ziga xos ekanligi tadqiqotlarda alohida ta’kidlanadi.
Ilk Hirot miniatyura rangtasviri mavzusi boy va rang-barang.
Temuriylar davri miniatyurachilari tarixga bag‘ishlangan asarlarni
bezashda yuksak ijod namunalarini yaratishib, tarixiy voqelikni
suratlarda gavdalantirish konsepsiyasi rivojini belgilab berishdi.
O‘sha davrda tarixiy voqelarni ko‘rsatishda qamal, jang, g‘alaba,
ziyofat, yakkama-yakka olishuv manzaralari (“Zafarnoma”,
“Majmua at-tavorix”) miniatyuralar uchun asosiy obyektga aylandi.
Abadiy-badiiy asarlar (“Shohnoma”, “Xamsa”, “Kalila va Dimna”,
devonlari, dostonlar), diniy mavzudagi asarlar (“Me’rojnoma”),
ilmiy ishlar, yulduzlar jadvali, shajaralarga suratlar ishlashda ham
ulardagi eng muhim jihatlarga e’tibor qaratish keng tus solgan.
Temuriylar davrida miniatyurasidagi yangilik unda shohga
sig‘inish kompozitsiyasi yaratilib, hukmdorning namunaviy obrazi
ko‘rsatilishi, hukmdorning jang olib borishi, ov qilishi, ko‘ngil
ochishi, saroydagi bazm ziyofati suratlarning asosiy mavzusiga
aylangani bilan belgilanadi. Ularda jannat sarv, gulxayri, turfa
mevali daraxtlar o‘sgan yam-yashil maysazor, bir-biriga tutashib
ketgan marjon qoyalaridan iborat maskan – Yaratguvchining ilohiy
qudrati bilan bunyod etilgan mo‘jiza sifatida ko‘rsatiladi. Ular jannat
tabiati go‘zalligi ko‘rinishida ekanligi to‘g‘risida taassurot qoldiradi.
Temuriylar davri miniatyuralarida inson obrazini gavdalantirishda,
shartlilikni saqlagan holda, hayotiy detallarni aniqroq ifodalashga
alohida e’tibor qaratiladi. Avvalgi davr miniatyuralariga sinchiklab
87
dastlabki ishlanmadan biri sifatida bog‘dodlik Sulton Ahmadning
albomidan “O‘shanday o‘lcham (sohibo)da, o‘shancha satrda
rasmlarni xuddi o‘sha tartibda joylashtirib” nusxa ko‘chirishgan.
Bu usulda ishlash Boysunqur Mirzo kutubxonasi ustalari uchun
qo‘lyozmalarni ko‘chirishda o‘ziga xos qolipga aylangan. Ular bu
qoida asosida ish tutib, Bog‘doddagi Jaloiy miniatyura maktabi
an’analarini davom ettirishgan. Janoyd sulton Bog‘doddagi mazkur
miniatyura maktabi namoyondasidir.
Shohruh davrida yaratilgan miniatyuralari qo‘lyozmalar suratlar-
ning nafisligi, manzaralar o‘ziga xos yangicha uslubda chizilganligi
bilan e’tiborni tortadi. Shohruh tashkil etgan kutubxonada 1514
– 1416-yillarda Hofizi Abro‘ning “Qulliyoti tarixi” asariga 20 ta
rasm ishlangan, 1426-yilda shayx Sayidning “Guliston” asari xattot
Jafar Boysunqur tomonidan ko‘chirilib, unga musavvir Xalil 8 ta
miniatyura ishlagan. Hattot Muhammad ibn Shamsiddin Boysunquriy
1426-yilda ko‘chirilgan “Devon” 7 ta miniatyura bilan bezatilgan
Xoja Kirmoniyning “Himoy va Himoyum” asarini ham shu xattot
ko‘chirgan. 1427-yilda ko‘chirilgan ushbu asarga 3 ta miniatyura
ishlagan. 1425-yilda Hofizi Abro‘ning “Majmua at – tavorix” (Zubdat
at-tavorixi Boysunqur) asari ham miniatyuralar bilan bezatilib
ko‘chirilgan. Mazkur kutubxonada “Merojnoma” asari, Xari Malik
Baxshining arabcha va turkiycha maktablari ham ko‘chirilib, ularga
miniatyuralar ishlangan. 1425-1450-yillarda ko‘chirilgan kitoblarga
ishlangan 61 ta miniatyura avvalgi davrga mansub miniatyuralarga
qiyoslansa, 1425-1450-yillar miniatyurasi muayyan darajada ustun
ekanligi yoqqol seziladi. Mazkur davrga oid miniatyuralardagi
me’moriy inshootlar va tabiat manzaralari tasvirida Junayd Sulton
miniatyuralaridagi uslub unsurlari ko‘rinadi. Albatta, Boysunqur
Mirzo kutubxonasi musavvirlari miniatyuralarida o‘ziga xos jihatlar
ham mavjud.
Bu ularning ikkinchi darajali personajlarini tasvirlash (Himoy
va Himoyun bog‘da miniatyurasida bog‘da qo‘y go‘shtini kabob
qilayotgan xizmatlar), kompozitsiyaning barcha qismlari mutanosib
bo‘lishga erishish, tabiat va inson, tabiat va me’moriy inshootlar
uyg‘unligi namoyon bo‘ladi. Miniatyuralarga voqeylik shartli tarzda
aks ettirilsada, ular hayotning o‘zida kabi tasavvur beradi. Akbar-
ning qo‘lyozmalardagi miniatyuralar Xitoy rangtasvir ta’siridan
88
holi ekanligini, kompozitsiyasining mukammalligi, makonning be-
poyonligi, ranglarning jozibaliligi, boy koloriti bilan diqqatni jalb
etadi. Qo‘lyozmalarga ishlangan miniatyuralar asarida Hofizi Ab-
ro‘ning “Qulliyoti tarixi” asariga ishlangan miniatyuralar alohida
ajralib turadi.
Ilk Hirot miniatyurasi rivojining keyingi bosqichi 1430-yillarda
ishlangan miniatyuralar bilan bog‘liq. Hattot Shamsiddin Boysun-
quriy ko‘chirgan “Kalila va Dimna” asoriga 25 ta miniatyura ish-
langan. 1431-yilda Hattot Mahmud Nizomiyning “Xamsa”siga ko‘-
chirilgan. Unga 98 ta miniatyura chizilgan. Hattot Jafar Boysunquriy
1429-1430-yillarda ko‘chirgan “Shohnoma” ko‘pgina miniatyura
bilan bezatilgan. Boysung‘ur Mirzo kutubxonasida ko‘chirilgan
“Kalila va Dimna” asariga ishlangan miniatyuralar ranglarining
nafisligi, manzaralarning jozibaliligi bilan alohida ajralib turadi.
Miniatyuralarda ko‘k, yashil, och ko‘k, kulrang, kumush rangdan ko‘p
foydalanilgan. Ularda jonzotlar bilan bir qatorda, hukmdorlarning
tabiat qo‘ynida dam olishi tasvirlangan. Keyinchalik ushbu shahar
sharq Saroy miniatyurasida eng keng tarqalgan mavzuga aylangan.
Boysunqur Mirzo saroyi kutubxonasi Hattot, musavvirlari ijodida
1430-yilda Firdavsiyning “Shohnomasi”ga ishlangan miniatyuralar
turkumi ham alohida o‘rin tutadi. Texrondagi Guliston saroyida
saqlanadigan ushbu asar birinchi sahifasidan oxirgi betigacha kitobat
san’atining noyob namunasidir. Uni Hattot Mir Zafar Tabriziy
Boysunquriy ko‘chirgan. Kitob muqovasining nafisligi, sohibalariga
yozuvi, rasmlari, naqshlari va albatta miniatyuralarning beqiyos
go‘zalligi bilan kishini hayratga soladi. Kitobat san’atining bu nodir
namunasi keyinchalik xattotlar, musavvirlar, muqovasozlar uchun
ibrat namunasiga aylandi.
Qadimiy qo‘lyozma shohning ov qilishi tasvirlangan ikki betli
frontispis (kitobining birinchi oldinga betdagi yoki birinchi bet matni
yuqorisidagi surat) bilan ochiladi. Ushbu qo‘lyozmani bezatishda
dostonning eng muhim o‘rinlari miniatyuralar uchun mavzu qilib
olingan. Ya’ni hukmdorlarning ov qilishi, saroyidagi bazm ziyofati
(Kaykosuv, Kayxusravi, Isfandiyor, Anushirvon) pahlavonlarning
yakkama-yakka olishuvi, bahodirlarning jangdagi jasurligi (Rustam,
Zol), lirik sahnalar (Zol, Rudoba) chizilgan. Suratlarda hayvon, odam,
daraxt, o‘simliklar, turli narsa – buyumlar, personajlar turgan makon
89
manzarasi, xususan, tog‘ qoyalari ko‘rinishi, daraxt yaproqlari,
maysalar nafis sizgilar orqali juda jonli chizib berilgan. Qizg‘in,
kulrang, pistoqi (bargikaram) ranglarni o‘zaro uyg‘unlashtirish
orqali diqqatni birdaniga jalb etadigan manzara yaratilgan.
Umuman, Boysunqur Mirzo davridagi Hirot miniatyurasi har
jihatdan – makon, tabiat manzarasi yoki odamlar obrazini gavdalan-
tirishi jihatidan g‘oyatda mukammaldir. Ushbu miniatyuralar o‘sha
davr san’atining yuksak namunasidir.
1540-yillarda ishlangan miniatyuralar ham har jihatdan diqqatga
sazovor. Hattot Yusuf al-Jalol 1445-1446-yillarda ko‘chirgan Nizo-
miy “Xamsa”si nusxasiga musavvir Xoja Ali Tabriziy ishlagan
miniatyuralar xususida xudidi shu fikrni aytish mumkin. “Xam-
sa”ning ushbu qo‘lyozmasi Shohruhning o‘g‘li Muhammad Do‘-
kiy
ning xotini Ismat at – Dunyo buyurtmasi bilan ishlangan.
Firdav siy “Shohnoma”si Muhammad Jo‘kiy buyurtmasi asosida
1440-yillarda ko‘chirilib, 31 ta miniatyura bilan bezatilgan. Ushbu
nodir qo‘lyozma Londondagi kutubxonalardan birida saqlanadi.
Miniatyu ralar bilan bezatilgan mazkur qo‘lyozmalar san’atning bu
yo‘nalishida temuriylar davriga xos uslub shakllanganini namoyon
etadi. Bu uslubning eng muhim jihati kompozitsiyadagi barcha
qismlar aniq va ravshan uyg‘unlik hosil qilgani, voqelikning nafis
chiz gilar orqali jonli aks ettirilishida ko‘rinadi. Boysunqur Mirzo
kutubxonasida ishlangan miniatyuralarda me’moriy inshootlar ham,
odamlar ham, hayvonlar, parrandalar, daraxt, o‘simliklar, narsa –
buyum, liboslar ham aniq gavdalantirilgan. Ular xuddi jonliday,
harakatlanayotganday taassurot uyg‘otadi. Maysazor, gullagan
daraxt, butalar kishini beixtiyor maftun etadi. Miniatyuralarda
makon yechimida Eron va Yaqin Sharq miniatyurasiga xos uslub
uyg‘unlashtirilgan. Eron musavvirlari miniatyurasida makon yassi,
Yaqin Sharq musavvirlari rasmlarida esa vertikal bo‘ylab ichkariga
olib ko‘rsatiladi. Boysunqur Mirzo kutubxonasi musavvirlari
jaloyirlik musavvirlar uslubini ijodiy boyitish asnosida makonni
ko‘rsatishda yangicha uslub yaratishga erishdilar. Hirotlik
musavvirlar miniatyuralarida makon yuqoriga va ichkariga qarab,
kengayib boradi. Unda odamlar va hayvonlar tasviri o‘lchami
kichraytirilishi hisobiga interyer va eksteryer aniq ko‘rsatiladi. Shu
tarzda miniatyuralarda makonning kosmoning yechimiga erishiladi.
112
riladi. Ham Shayboniylar, ham Ashtarxoniylar o
‘
z saroylari qoshida
ko‘plab san’atkorlarni to‘plab, ularga homiylik qilganlar. Natijada
nafaqat she’riyat va me’morlik san’atlari, balki musiqa san’ati ham
taraqqiy etadi. Ikkala sulola hukmronligi davrida mohir sozanda va
xonandalar, shoir-bastakorlardan Mavlono Kavkabiy, Mavlono Rizo,
Mavlono Pirmuhammad Kulol, Ali Do‘st Noiy, Amir Ali Akbar Sa-
marqandiy, Amir Masti Kobuziy va boshqalar xalq orasida mashhur
bo‘lgan.
XVI-XVII asrlarda yashagan Mavlono Kavkabiy va Darvesh Ali
Changiylar musiqashunoslikka oid asarlar yaratishib, kuy va qo‘shiq,
ularning turlari hamda shakllari masalasini yoritib berdilar. Masalan,
Hasan Xoja Nisoriyning yozishicha, “Va mullo Kavkabiy musiqa
sohasida Ubaydullaxon nomiga bir risola tasnif etib, unda ta’lif va
iyko‘ haqida so‘z yuritgan, hajm, jinslar bahsini ham keltirib, yettita
bo‘lgan birinchi tabaqa zarbidan va o‘n uchta bo‘lgan ikkinchi
tabaqa zarbidan hosil bo‘luvchi 12 maqomni 6 ovozda nazm qilib,
manzumaga kulliyot bog‘langankim, musanniflar bir ovozdan bu
dilkash amalga tahsinlar aytib kelmoqdalar”. Kavkabiy maqom
yo‘llari va musiqaning nazariy tomonlarini yoritib bergan.
Dostları ilə paylaş: |