124
oqartuv muassasalaridir. 1870-yilda Toshkentda kutubxona tashkil
qilindi. Kutubxona uchun Peterburg va Moskvadan 1867-yilda
yuborilgan dastlabki kitoblar zo‘r qiyinchiliklar bilan 1868-yilda
Toshkentga yetib kelgan edi. Bu kitoblar asosan Markaziy Osiyoni
va unga qo‘shni bo‘lgan mamlakatlarni o‘rganishga va boshqa
masalalarga aloqador adabiyotlar edi. Kutubxona fondi mutlaqo
rus tilida bo‘lib, uning o‘quvchilari ham asosan rus ofitserlari,
amaldorlari, va ularning oilalaridan iborat edi. Dastlabki kitobxonlar
to‘g‘risidagi ma’lumot 1870-yil may oyidan 1871-yil sentyabrgacha
bo‘lgan davrga aloqadordir. Hammasi bo‘lib 75 kitobxon bo‘lgan,
shundan 45 nafari ofitser, 19 nafari amaldor, 4 nafari savdogar, 2
kishi ruhoniy, bir kishi mahalliy maktab talabasi edi.
Shunday bo‘lsada, kutubxona har holda ma’rifiy ish bilan shu-
g‘ullandi va o‘lkada XIX asr rus adabiyotining demokratik g‘oya-
larini tarqatishda ma’lum rol o‘ynadi. Biroq 70-80-yillarda Ros-
siyada madaniyat va xalq maorifi 60-yillarda qo‘lga kiritgan
demokratik huquqlarni yo‘q qilishga intilgan reaksiyaning hujumi
boshlanib ketdi. Bu hujumdan kutubxona ham chetda qolmadi. 1882-
yil dekabrda Turkiston general-gubernatori M.G.Chernyayevning
buyrug‘i bilan alohida ishlar bo‘yicha amaldor, “Peterburg xarobalari”
asarining muallifi, reaksion yozuvchi V.V.Krestovskiy kutubxonani
taftish qildi. U o‘zining Chernyayevga yozgan raportida: “Rus
mualliflaridan Saltikov, Dobrolyubov, Pisarev, Nekrasov va Shiller
(A.Mixaylov) asarlariga talab eng ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi”,
deb yozdi. Ushbu raportga asosan general Chernyayev 1883-yil
1 yanvardan e’tiboran kutubxona faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida
buyruq berdi. Jamoatchilikning talabi bilan 1889-yilda kutubxona
yana o‘z ish faoliyatini boshladi. Markaziy Osiyoni o‘rganish bilan
shug‘ullangan taniqli rus olimlari arxeolog V.L.Vyatkin, akademik
V.V.Bartold va boshqalar kutubxonaga faol yordam berib turishgan,
natijada kutubxona qimmatli asarlar va materiallar bilan to‘lib
borgan.
1868-yilda Toshkentda bosmaxona va litografiya, 1874-yilda Xi-
vada litografiya, keyin esa Samarqand, Farg‘ona va boshqa shahar-
larda litografiyalarning paydo bo‘lishi Turkiston xalqlari hayotida
muhim voqea bo‘ldi. 1880-yildan boshlab mahalliy tilda chiqadigan
“Turkiston viloyati gazetasi” sahifalarida tabiyot, meditsina, tarix,
117
4. Xonliklarda me’morlik sohasi va taraqqiyoti haqidagi
tushunchangiz?
Dostları ilə paylaş: