134
Mavzu bo‘ycha takrorlash uchun savollar
1. Turkiston o‘lkasida xalq maorifi va adabiy-ma’rifiy jarayonlar
haqidagi fikringiz?
2. Mustamlakachilik davrida Turkiston o‘lkasida ilm-fan va san’at
rivoji?
3. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda me’morchilik,
badiiy hunarmandchilik va tasviriy san’at haqidagi fikringiz?
4. Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining vujudga kelishi va
namoyondalari haqida nimalarni bilasiz?
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: “Sharq”,
1998-y.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.:
“Ma’naviyat”, 2008-y.
3. Mirziyoyev Sh. M. Ilm-fan yetuklari – taraqqiyotning bir omili
// Xalq so‘zi. 2016. 31 dekabr.
4. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston
davlatini birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 59 b.
5. Abdullayev X.U. San’at tarixi. – T.: San’at. 2001-yil.
6. Azizxo‘jayev A. Davlatchilik va madaniyat. – T.: Sharq, 1997-y.
7. Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixiy: (Eng qadimiy davr-
dan Rossiya bosqiniga qarshi). – T.: 2000-yil.
8. Zoxidov P. Memor olami. – T.: Qomus, 1996-y.
9. Sagdullayev va boshqalar. O‘zbekiston tarixiy: davlat va ja-
miyat taraqqiyoti. – T.: 2000-yil.
10. Oydinov N. O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar.
– T.: O‘qituvchi, 1997-yil.
11. Musayev N.U. O‘rta Osiyoda dehqonchilik madaniyati va
agrar munosabatlari tarixidan (Tosh davri so‘nggi – XX asr boshlari-
ga qadar). – T.: Fan, 2005-yil.
12. Eshov B.J. O‘zbekiston davlatchiligi tarixiy. (o‘quv qo‘llan-
ma). – T.: Ma’rifat, 2009-y.
13. O‘zbekistondagi yangi tarixiy. 1, 2, 3-kitoblar. – T.: “Sharq”,
2000-y.
14. O‘zbekiston davlatchiligi tarixiy ocherklari. Mas’ul muharrir-
lari D.A.Alimova., E.V.Rtvelodze. – T.: 2001 yil.
139
Sobiq TASSRning ijozati bilan tuzilgan “Chig‘atoy gurungi”
tashkiloti Turkiston xalqlari madaniy merosini to‘plash va o‘rganish
yumushlari bilan birga madaniyat va adabiyot sohasi orqali milliy
istiqlolni targ‘ib qilish yo‘lida faoliyat ko‘rsatgan. Bu tashkilotga
a’zo shoir va adiblar, ma’rifatparvarlar til va adabiyotning milliyligi
masalasida ulkan ishlarni bajarishdi. O‘tmish merosga, xususan,
chig‘atoy adabiyotiga katta ixlos bilan qaragan holda, xalq tiliga,
xalqona ifodaga, milliy zaminga alohida e’tibor qaratdilar. O‘z
amaliy ishlari bilan ruslashtirish siyosatiga qarshi turdilar. Lekin
bunday sa’y-harakatlar hukmron mafkura andazalariga mos tushmas
edi.
Respublikaning mustaqilligi uchun kurash dastlab ochiqdan
ochiq olib borilgan bo‘lsa, partiya yakkahokimligi va totalitar tuzum
o‘rnatilishi hamda milliy istiqlol uchun kurashuvchilar ayovsiz
jazolana boshlangandan so‘ng bu kurash yashirin tarzda olib borildi.
Masalan, maorif vaziri bo‘lib ishlab turgan R.Inag‘omov rahbar-
ligidagi “18 lar guruhi” yer-suv islohoti kompaniyasi boshlanishi
oldidan o‘z faoliyatini ochiqchasiga olib borgan. R.Inag‘omov, eng
avvalo, partiya rahbarligi, uning gegemonligiga qarshi chiqadi.
Dostları ilə paylaş: