138
tiq nazorati ostida tashkil etilardi. Partiyaning yo‘1-yo‘riqlariga
ozgina bo‘lsa-da beparvolik qilish, undan chetga chiqish va erkin
ijodga intilish aksilinqilobiy harakat hisoblanar va qattiq jazoga
mubtalo qilinar edi. O‘tmish madaniy meros va qadimiy madaniy
yodgorliklarga yangi sotsialistik madaniyatning dushmani sifatida
qaralar edi. Madaniyatning tarkibiy qismi hisoblangan dinga qarshi
ayovsiz kurash boshlandi.
Bu holat, ayniqsa, XX asrning 30-yillarida avjga chiqdi. Ko‘plab
dindorlar uzoq o‘lkalarga, begona yurtlarga surgun qilindi. Islom va
xristian dinlariga oid qanchadan qancha kitobtar yo‘q qilinib, mas-
jidlar, cherkovlar, xonoqohlar va maqbaralar vayronaga aylantirildi.
Shunga qaramasdan, XX asrning 20-yillaridan boshlab respublika
madaniy hayotida bir qator o‘zgarishlar ro‘y bera boshladi. Xalq
ta’limi tizimida, madaniy yodgorliklarni saqlash va mahalliy
matbuotning rivojlanishida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.
Respublika madaniy hayotida o‘sha davrning fidoyi siymolari eng
murakkab sharoitda ham partiya yakkahokimligi va davlat tomo-
nidan avj oldirilgan jazo choralariga qaramay, milliy ruh va milliy
istiqlol uchun kurash olib bordilar. O‘sha davrning mashhur adiblari
va publitsistlari Munavvarqori, A. Fitrat, A. Cho‘lpon, A. Qodiriy,
A. Avloniy, Hamza, G‘. Yunus, Ashurali Zohiriy, Xurshid (Sh.
Sharofiddinov), keyingi yosh avlod vakillaridan Botu (M.Xodiyev),
Ziyo Said va boshqalar hamda o‘zbek professional teatri tashkilot-
chilaridan M.Uyg‘ur kabi ziyolilar shular jumlasidandir.
XX asrning 20-30-yillari Respublika madaniy hayotidagi og‘ir-
yillar hisoblanadi. Bu davrda milliy adabiyot va san’atni saqlab
qolish, uning ilg‘or an’analarini tiklash uchun harakat avj oldi. Shu
bilan birga adabiy-badiiy jarayonni hukmron sinf manfaatlariga
bo‘ysundirishga yordam beruvchi ikkinchi guruh ham paydo bo‘ldiki,
ular millat qahramonlarini qatag‘on qilishda jonbozlik ko‘rsatdilar.
Ana shu kurashlar natijasida o‘zbek adabiyoti tarixida yangi janr
– o‘zbek romanchilik janri vujudga keldi. Abdulla Qodiriy “O‘tkan
kunlar” va “Mehrobdan chayon” nomli asarlar yaratib o‘zbek
romanchiligi asosiga tamal toshini qo‘ydi. A.Fitratning “Chin sevish”
va “Abulfayzxon”, “Arslon”, A.Cho‘lponning “Cho‘riqiz isyoni”,
“Yorqinoy” va “Zulmkor” nomli dramatik asarlarida Turkiston
xalqlarining fojiasi, tuganmas dardlari to‘laqonli aks ettirildi.
135
Dostları ilə paylaş: