Ta’lim biznesida raqamli innovatsion texnologiyalar
Shoxruh Farxodjon o’g’li Nishonqulov
Dilyorjon Zoirjon o’g’li Solidjonov
Qo’qon universiteti
Anotatsiya:
Ushbu tezisda ta’lim sohasidagi raqamli innovatsion texnologiyalar
va ular qanchalik tez ommalashgani, ularni ta’limga foydasi va ularning kelajagi haqida
yoritib berilgan. MOOC elektron ta’lim tizimi va STEAM ta’limi tushunchasi haqida
ma’lumotlar ko’rsatilgan.
Kalit so’zlar:
ta’lim, raqamli ta’lim, MOOC, ochiq masofaviy ta’lim, masofaviy
ta’lim, elektron kitoblar, electron darslik, raqamli interaktiv o‘quv qo‘llanmalar.
Digital innovative technologies in educational business
Shohruh Farkhodjon ogli Nishonkulov
Dilyorjon Zoirjon ogli Solidjonov
Kokand University
Abstract
: This thesis describes digital innovative technologies in education and
how quickly they have become popular, their benefits for education and their future.
Information on the MOOC e-learning system and the concept of STEAM education is
provided.
Keywords
: education, digital education, MOOC, open distance learning, distance
learning, e-books, e-textbooks, digital interactive textbooks.
Kirish.
Zamonaviy ta’lim tizimi hozirgi davrning barcha o‘ta jiddiy talablariga
javob bera olmayotganligini juda ko‘pchilik olimlar va mutahassislar tomonidan tan
olinayapti. Ushbu holatni tubdan o‘zgartirishning asosiy yo‘llaridan biri - ta’lim
tizimiga zamonaviy texnologik rivojlanishning eng yangi dasturiy-texnik vositalarini
keng miqyosda jalb qilishdir. Bunday vositalardan biri - insonlarning ishlab
chiqarishdan va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to‘laqonli ta’lim
olishiga imkon beradigan raqamli platformalardagi ochiq masofaviy ta’lim tizimidir
(MOOC - massive open distance education sistem - ommaviy ochiq onlayn ta’lim
tizimlari). Bundan bir necha yillar oldin, ya’ni, 2012 yilning kuzlarida Stenford
universitetining ikki professori Sebastyan Trun va Piter Norvig internetda barcha
istovchilar uchun sun’iy intellect bo‘yicha ma’ruzalar tinglashni taklif qilishdi. Bu
ma’ruzalar o‘z tarkibiga barcha kerakli materiallarni, testlarni va yakuniy imtihonlarni
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
233
qamrab olgan edi. Mashg‘ulotlar esa faqat online ko‘rinishida tashkil etilgan edi.
Ma’ruzachilar eng ko‘pi bilan 2-3 ming talaba ushbu mashg‘ulotlarga qatnashishini
rejalashtirgan bo‘lsalarda, semester boshida unga dunyoning 200 ta mamlakatidan 160
ming kishi yozilib bo‘lgan edi. Bunga o‘xshash masofaviy ta’lim tizimlari borgan sari
murakkablashib va sifati oshib borayotganini ta’kidlamasdan iloji yo‘q. Kun sayin
yanada ko‘proq tajribali o‘qituvchilar va professorlar o‘z ma’ruzalarini boshqalar
bemalol foydalanishi uchun YouTube va iTunes tizimlariga yozib qo‘yayaptilar.
Ularning ba’zilari, masalan, siyosiy falsafa bo‘yicha Garvard professori Maykl Sendel
o‘zining ma’naviyat haqidagi «Justicye» deb nomlangan kursini haddan tashqari
ommalashib ketgani tufayli internetdagi eng mashhur shahslardan biri bo‘lib qoldi. Har
yili dunyo miqyosidagi eng yaxshi bilimlarni to‘plash va ularni internet orqali barcha
foydalanishi uchun tarmoqqa joylashtirish bo‘yicha yangidan-yangi ishlar qilinib,
filantroplar va venchur tadbirkorlar buning uchun o‘nlab million dollar mablag‘lar
ajratayaptilar. Ularning birgalikdagi say’i-harakatlari dunyoning istalgan joyida
yashovchi insonlarning zamonaviy va sifatli ta’lim olishlariga sabab bo‘lishi
kuzatilayapti. Professorlar Sebast’yan Trun va Piter Norvig larning ta’kidlashlaricha,
2050 yilga kelib, jahon miqyosida bor-yo‘g‘i o‘ntagina katta zamonaviy universitetlar
qolib, ularda bir vaqtning o‘zida millionlab talabalar o‘qitilishiga erishiladi. Tabiiyki,
bunday biznes unga jalb etilganlarning barchasi uchun ham foydali, ham raqamli
iqtisodiyot uchun kadrlar yetishtirishga katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |