Mavzuning o‘quv maqsadi:
Talabalarga XVI-XIX asrlarda o‘zbek
xonliklari davrida ijtimoiy-madaniy hayot va uning asosiy xusu-
siyatlari, tarix fanlari rivoji, adabiy-badiiy jarayon, me’morchilik
va musiqa san’ati taraqqiyoti haqida ma’lumot berish.
XV asr oxirlariga kelib temuriyzodalarning o‘zaro taxt talashishlari
Xuroson va Movarounnahr ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. Siyosiy tanglik avj olib, madaniy hayot izdan chiqdi.
Dehqonchilik, savdo-sotiq va boshqa hududlar bilan bo‘ladigan
madaniy aloqalarga putur yetdi. Movarounnahr mayda hokimliklarga
bo‘linib ketdi. Temuriyzodalar hokimiyatni qo‘lga kiritish uchun
Dashti Qipchoqda hukmronlik qilayotgan ko‘chmanchi o‘zbek va
mo‘g‘ul xonlariga murojaat qila boshiadilar.
Iqtisodiy va siyosiy tanglik ko‘pdan beri Movarounnahrga ko‘z
olaytirib turgan ko‘chmanchi o‘zbek xonlari, dastlab Abulxayrxonga,
so‘ngra uning nabirasi Muhammad Shayboniyxonga qo‘l keldi.
Abulxayrxon temuriyzoda Abusaidga Samarqand tojini qo‘lga
kiritishga yordam bergan bo‘lsa, Muhammad Shayboniyxon
Sulton Ali Mirzoga yordam berish bahonasida uni qatl ettirib,
Samarqand taxtini egalladi va Bobur Mirzo kuchlarini mag‘lub etib,
Movarounnahrning yagona hukmdori bo‘lib oldi. 1507-yili Hirot
taxtini egallab, yirik Shayboniylar imperiyasiga asos soldi.
Muhammad Shayboniyxon o‘z davlatini mustahkamlab olgach,
105
mamlakatning iqtisodiy hayotini yaxshilashga, uni ichi
dan
mustahkamlashga qaratilgan bir qator islohotlar o‘tkazdi. Deh qon-
chilikning rivojlanishiga yordam beruvchi yer to‘g‘risida, vaqf masa-
lalari bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. O‘zaro
taxt talashishlar natijasida tinch joylarni izlab, o‘z yerlarini tashlab
ketgan kishilarning qarovsiz yerlarini masjidlar, madrasalarga vaqf
mulki sifatida berdi. 1502-yilda Zarafshon vohasida qaqrab va
qarovsiz yotgan yerlarda dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida
Ko‘hak (Zarafshon) daryosiga suv-ayirgich va ko‘prik qurdiradi.
Mamlakatning ichki birligini mustahkamlash uchun 1507-yilda
barcha hududiy hukmdorlar zarb qildirayotgan pullarni bekor qilib,
pul islohotini amalga oshiradi. Bu esa savdo-sotiqning rivojlanishiga,
mamlakat siyosiy-iqtisodiy mavqeyining oshuviga yordam beradi.
Bu davrda to‘qimachilik, kulolchilik, duradgorlik, metallga ishlov
berish, qog‘oz va mato ishlab chiqarish taraqqiy etdi. Shuningdek, xalq
amaliy san’atining yog‘och, tosh, metall o‘ymakorligi, kandakorlik,
naqqoshlik, xattotlik rivoj topdi. Samarqandda yuqori sifatli qog‘oz
ishlab chiqarish yanada yuksaldi. Ipak qog‘ozi deb ataluvchi oliy
nav qog‘ozlar asosan ipak paxtadan aralashtirib tayyorlangan.
Samarqandlik usta Miribrohim “Sultoniy” va “Miribrohimiy” nomli
qog‘ozlarni ishlab chiqarish bilan mashhur bo‘lgan.
Samarqand qog‘ozlarining keng ko‘lamda ishlab chiqarilishi
kitobat san’atining taraqqiy etishiga, o‘z navbatida, Movarounnahrning
ko‘p
gina madaniy jihatdan yuksalgan shaharlaridagi madrasalar
qo
shida hamda boy-badavlat kishilar tomonidan tashkil etilgan
kutub xonalarning ko‘payishiga olib keldi. Bu kutubxonalarda nodir
qo‘lyoz malar bilan birga tarix, tilshunoslik, adabiyot, geografiya,
falsafa, mantiq, fiqhshunoslik, notiqlik, tibbiyot, matematika, astro-
nomiya kabi ko‘plab fan sohalariga oid kitoblar to‘plangan.
XVI asrdan boshlab Shayboniy hukmdorlar, ayniqsa, Abdullaxon
Soniy savdo-sotiqning rivojlanishiga alohida e’tibor berdi. Hindiston,
Xitoy, Eron, Rusiya va boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalari
rivojlandi. Movarounnahrda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik
buyumlari, ayniqsa, ip va ipak gazlamalar, kimxob, gilam, metall
buyumlar savdo-sotiqning asosiy manbayi hisoblangan.
Shayboniylar davri madaniyatining rivojiga bevosita sulola va-
killarining o‘zlari sezilarli ta’sir ko‘rsatdilar. Chunki sulolaning Mu-
128
har-yilgi obzori nashr etilib turgan.
O‘rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan keyin san’at
sohasida ham ma’lum o‘zgarishlar yuz berdi. O‘lkaga rus san’ati
turli formalarda kirib kela boshladi. O‘zbekistonga musiqachilar,
rassomlar, arxitektorlar, artistlar kela boshladi. Ular o‘lkada Yevropa
madaniyati va san’ati ko‘rinishlarini yoya boshladilar. Mahalliy aholi
ularning ijodi bilan tanisha boshladilar. Bu davrda o‘zbek san’ati
hamma sohada yanada rivojlandi, yangi g‘oyalar, yangi texnika
imkoniyatlari bilan boyidi. Ijtimoiy fikr sohasida yangi oqimlarning
rivojlanishi va ilgarigi madaniy cheklanishning yo‘qolib borishi
o‘zbek san’atiga samarali ta’sir ko‘rsatdi.
Turkiston o‘lkasida qadimdanoq yuksak taraqqiy etgan xalq
professional teatri XIX asrda asosan ikki xil: qiziqchilar teatri
va qo‘g‘irchoq teatridan iborat edi. Qiziqchilar ham, qo‘g‘irchoq
o‘ynatuvchilar ham hunarmandlar kabi rayonlar bo‘yicha ayrim
sexlarga birlashgan. Xalq artistlari sexi yaxshi uyushtirilgan tashkilot
bo‘lgan. Ular turli bayramlarda va tadbirlarda xalq o‘rtasida o‘z
san’atlarini namoyish qilganlar. Turkiston Rossiya tomonidan bosib
olinganidan keyin bu yerga rus teatri ham kirib kela boshladi.
Dastlabki rus spektakllarini xavaskor mahalliy ziyolilar qo‘ygan.
Xullas, yuqoridagi fikr-mulohazalar shundan dalolat beradiki,
chor Rossiyasining og‘ir mustamlakachilik zulmi siyosati davrida
ham Turkistonda siyosiy-ijtimoiy va madaniy hayot to‘xtab
qolmadi, xalqimiz o‘zining an’anaviy tarixiy taraqqiyotiga sodiq
qoldi, jahon fani va madaniyati xazinasi rivojiga munosib hissa
qo‘shdi. XIX-asrning ikkinchi yarmida Osiyo, jumladan, Turkiston
ilm-fan va texnika taraqqiyoti bo‘yicha Yevropadan ancha orqada
qolib ketgan edi. Qoloqlik va jaholat, o‘lka aholisining ayanchli
ahvoli Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada
qolib ketishi va bunday fojiali hayotdan qutulish, erk va ozodlikka
erishish haqida o‘z zamonasining ilg‘or ziyoli qatlamlarida fikr-
mulohazalar paydo bo‘la boshladi.
XX asr boshlarida Rossiyadagi musulmon maktablarining buyuk
islohotchisi va “Tarjimon” jurnali tashkilotchisi Ismoil G‘aspiralining
nomi butun Sharqqa mashhur bo‘lib ketdi. U Bog‘chasaroyda eski
mak
tablarning murakkab o‘qish usuliga nisbatan yengil qiroat
usu liga asoslangan yangi maktab ochib. Unda o‘zi dars bergan,
113
Ubaydullaxon masjidlari, Subhonqulixon qurdirgan kasalxona,
madrasa, Balx shahrida Nazar Muhammad va Subhonqulixon
madrasalari, qator chorbog‘lar, Mozori Sharifda Hazrat Ali qabridagi
gumbaz va boshqa binolar barpo etiladi. Albatta, Ashtarxoniylar
davrida ham o‘ziga to‘q kishilar, amirlar, amaldorlar ham o‘zlarining
mablag‘lariga ko‘plab me’moriy yodgorliklar qurdirganlar. Masalan,
XVII asrda Xivada Arab Muhammadxon, Xojamberdi, Sherg‘ozixon
madrasalari qurilgan bo‘lsa, Buxoroda Poyandibiy otaliq masjidi,
Shodimbek, Nazrdevonbegi madrasalari, Bozori Gusfand madrasasi,
Samarqandda Amir Yalangto‘shbiy tomonidan Registon maydonida
Sherdor va Tillakori madrasalari bunyod etilgan.
Bunday ulug‘vor va hashamatli binolar hukmdorning qudratidan
dalolat berishini, ularning nomlarini abadiylashtirishning eng maqbul
yo‘li ekanligini anglab yetganlar. Shuning uchun ham Shayboniy
hukmdorlar bir tomondan nafaqat Buxoro, balki o‘zlari bosib olgan
boshqa shaharlarda ham ko‘plab madrasalar, masjidlar va xonaqohlar
qurdirgan bo‘lsalar, ikkinchi tomondan, o‘zidan oldin yetti iqlimni
bo‘ysundirib o‘zining qudratini namoyish qilgan Amir Temurga
g‘ayrlik bilan qaraganlar va Temur tomonidan bunyod etilgan eng
hashamatli va ulug‘vorlikda boshqa me’moriy yodgorliklardan ustun
bo‘lgan “Oqsaroy”ni vayron qilishga harakat qilganlar “Oqsaroy”ni
XVI asrdayoq Shayboniylar xonadoniga mansub yangi hukmdorlar
nafaqat a’lo sifatli g‘ishti uchun, balki saroy bunyodkorining
ulug‘vor xotirasini unittirish uchun ham buzib tashladilar.
Xulosa qilib aytganda, temuriylar davridan keyingi madaniy
hayotda adabiy-badiiy jarayon sezilarli darajada rivojlanishda davom
etdi. Lekin hayotning barcha sohalarini qamrab olgan mutanosiblik
ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga, ayniqsa, aniq fanlar
taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, diniy mutaassiblik
ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Natijada moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarish oldingi
davrlar – ilk Uyg‘onish va temuriyiar davriga nisbatan birmuncha
sust rivojlangan. Aholining ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi ham,
ilmiy tafakkur taraqqiyoti ham bir qadar susaya borgan. Bu davr
madaniyatining xarakterli xususiyati o‘zligini anglashga bo‘lgan
intilishning kuchaya borganligi bilan xarakterlanadi. Natijada tarix
fani taraqqiy etdi, hukmdorlarning nomlarini abadiylashtirishga
114
bo‘lgan intilishlari esa me’morchilikning rivojiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: |