MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA
MADANIY HAYOT VA SAN’AT
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo‘lga kiritilishi.
2. Madaniyat sohasida milliy g‘oya ifodasi.
3. Mustaqillik-yillarida ma’naviy va tarixiy merosning
tiklanishi.
4. O‘zbekistonda madaniyat va san’at taraqqiyoti.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Talabalarga O‘zbekiston Respublikasi
davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi, uning tarixiy ahamiyati,
mustaqillik-yillarida O‘zbekistonda madaniyat, san’at va ilm-fan
sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ma’lumot berish.
Har bir ijtimoiy tuzum o‘zi uchun qulay madaniyat tizimini
yaratadi. Mustabid sovet tuzumi davrida kommunistik mafkuraga
xizmat qiladigan yagona markazlashtirilgan madaniyat tizimi yaratilib,
unga kommunistik partiya rahbarlik qilar edi. Sovetlarga madaniyat
asosan kommunistik g‘oyalarni targ‘ib qilish, o‘z hokimiyatini
mustahkamlash uchun kerak edi. Kommunistlar mamlakatda o‘ziga
xizmat qiladigan va mavqeyini mustahkamlaydigan sotsialistik
madaniyatni rivojlantirish uchun mablag‘ini ayamasdi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy, siyosiy islohotlarni amalga
oshirish bilan bir vaqtda ma’naviy merosimizni, madaniy qad-
riyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yetkazish borasida keng
ko‘lamda faoliyat olib borilmoqda.
Madaniy meros – qadim zamonlardan beri ajdodlarimiz, ota-
boboblarimizdan bizgacha yetib kelgan ma’naviy boyliklar – siyosiy,
falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob me’yorlari, ilm-
fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va san’at asarlari majmuidir. Har bir
avlod ma’naviyatni yangidan yaratmaydi, mavjud ma’naviy merosga
157
bilan aytganda, milliy ma’naviyatimiz ham jahonga chiqadi.
Adabiyot insoniyat taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan va hozir
ham shunday. XX asrgacha asosiy g‘oyalar faqat adabiy asarlar
orqali xalqqa yetib borgan. XX asr boshida milliy uyg‘onish jarayo-
nida ham, XX asr oxirida mustaqillikka erishishda ham qalam ahli
katta rol o‘ynadi. Biroq negadir mustaqillikka erishishimiz bilan
yozuvchi va shoirlarimiz ham ijtimoiy, ham ijodiy jihatdan bir qadar
sust bo‘lib qolishdi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng yaratilgan
yaxshi adabiy asarlarni barmoq bilan sanasa bo‘ladi. Ba’zi adiblar
«yozuvchiman!» deya turib, o‘zi jiddiy asarlar yozmay, faqat
“gapiruvchi”ga aylanib ketmoqda.
Mustaqillik-yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming-yillik
tari xiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuri-
tish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-
avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash,
milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo‘lib qoldi.
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid
Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida
ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur va
boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos
tarzda yangicha talqinda yoritildi.
Mustaqillik davri adabiyotining yalovbardorlari O‘zbekiston
qahra monlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbe-
kiston xalq shoiri Muhammad Yusuflar ijodiy faoliyati bilan butun
xalqimiz faxrlanadi. Istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi
oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda O.Sharofiddinov, B.Qo-
simov, N.Karimovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. Muha-
mmad Ali va T.Malikning romanlari, U.Azim, E.A’zam, S.Sayyid,
H.Xudoyberdiyeva, H.Ahmedova, J.Ergasheva, H.Do‘stmuhammad,
Sh. Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy
yetuk asarlari katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Umuman, adabiyotga
e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Yozuvchilarni
qo‘llab-quvvatlash borasida 2010-yil O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi huzurida “Ijod” fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh
ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina
boshlandi.
Adabiyotga e’tibor 2017-2018-yillarda yanada kuchaydi. 2017-
156
Milliy mafkurasiz madaniyat ravnaq topishi mumkinmi, degan
savol tug‘iladi. Balki mumkindir. Biroq bunday madaniyat mil-
latni ezgu maqsadlar sari yetaklay olmaydi. Odillik, halollik,
imon-e’tiqodlilik, hurflkrlilik, vatanparvarlik, ma’rifatparvarlik, ta-
raq qiyparvarlik, olijanoblik, mehr-muruvvatlilik, saxovatlilik, in-
son parvarlik kabi ma’naviy omillarsiz milliy mafkura rivoj topa
ol maydi. Bu omillarsiz madaniyat, jumladan, ilm-fan, adabiyot, sa-
n’at, ta’lim-tarbiya tizimi rivojlansa ham, jamiyat taraqqiyotida ijo-
biy emas, balki salbiy rol o‘ynaydi.
Milliy g‘oya, mafkurani amaliyotda rivojlantirishda madaniyatning
har bir turining o‘ziga xos o‘rni bor. Ilm-fan milliy g‘oya va
mafkurani ravnaq topishida katta ahamiyat kasb etadi. Ilm-fanda
paydo bo‘lgan g‘oyalar, konsepsiyalar, ta’limotlar hayotni taraqqiy
ettiradi. Shuning uchun biz ilm-fan sohasida jamiyat taraqqiyotiga
xizmat qiladigan fikr, g‘oya, ta’limotlar paydo bo‘lishi uchun qulay
sharoitlar yaratishimiz kerak.
San’at (musiqa, raqs, teatr, tasviriy san’at)da xalqning ongi va
qalbini qamrab oluvchi sehrli kuch borligini inkor etib bo‘lmaydi.
Bu mo‘jizaviy imkoniyatdan xalqimiz ongini o‘stirish va ruhini
tetiklashtirishda samarali foydalanish zarur.
San’at asarlarida tarixiy merosga, milliy qadriyatlarimizga mu-
rojaat etila boshlangani quvonchli hol. Biroq hozirgi yaratilayotgan
san’at asarlarining saviyasi yetarli darajada emas. Shuni bilish
kerakki, buyuk qadriyatlar haqida past saviyada gapirib bo‘lmaydi.
Masalan, yuksak g‘oyalarni ifoda etish uchun o‘sha darajadagi
ijodkor kerak. Agar Ahmad Farg‘oniy haqida spektakl yaratayotgan
dramaturg, rejissyor va aktyorning g‘oyaviy, falsafiy, ma’naviy va
madaniy saviyalari past bo‘lsa, mantiq talab qilgan yuqori darajadagi
teatr asari yaratilmaydi. Past darajadagi asarlar, aholining madaniy
saviyasini yuqoriga ko‘tara olmaydi.
Shuni unutmaylikki, nazariy jihatdan bitta qo‘shiq yoki bitta badiiy
film bilan jahonga tanilish mumkin. Qani endi, “O‘zbek kino”da yara-
tilgan bir kinofilm, jahonning turli kino va teleekranlarida namoyish
qili
nish darajasiga loyiq bo‘lsa! Yoki Vatanimizda yaratilgan
ohangrabo qo‘shiq jahonning ko‘plab joylarida ham yangrashiga
erish sak, agar milliy san’atni yuqori darajaga ko‘tara olsak, bu
asarlar bilan birga bizning fikr, g‘oyalarimiz, fazilatlarimiz, bir so‘z
149
tayanadi, biroq uni qanday bo‘lsa shundayligicha, ko‘r-ko‘rona
qabul qilavermaydi, taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai
nazaridan qabul qiladi va rivojlantiradi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng demokratik
fuqarolik, odil jamiyat qurish maqsad qilib olindi. Madaniyat komil
insonni shakllantirishga xizmat qila boshladi. Bu borada ulkan
tarixiy va jahonshumul ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
qadimiy tariximizning haqqoniy, chuqur va har tomonlama
o‘rganilishi, tarixiy mavzulardagi sovet davrida taqiqlangan
asarlarning chop etilishi xalqimiz milliy-tarixiy ongini shakllantirishda
muhim rol o‘ynamoqda;
sovetlar davrida man qilingan yoki cheklangan madaniy
qadriyatlar: tarixiy xotira, milliy ong, milliy ruh, diniy e’tiqodlar, xalq
odatlari, davlat tili, xalq ijodi, milliy o‘yinlar, tarixiy me’morchilik
san’ati, ko‘pgina an’anaviy ijod turlari tiklandi;
xalq odatlari, marosimlari va bayramlari (Navro‘z, Ro‘za
hayiti, Qurbon hayiti kabilar)ning tiklanishi va yangi bayramlar
(Mustaqillik kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Xotira va
qadrlash kuni kabilar)ning joriy etilishi xalq ma’naviy hayotiga
yangi ruh va mazmun bag‘ishlamoqda;
diniy qadriyatlarning tiklanishi, eski machit va madrasalarning
ta’mirlanishi, yangilarining barpo etilishi, diniy adabiyotlar nashr
etilishiga keng imkoniyatlar yaratilishi respublikamizda vijdon
erkinligini ta’minlamoqda;
o‘zbek tilining davlat tili darajasiga ko‘tarilishi dilni qu-
vontirmoqda. O‘z navbatida, jahon tillarini o‘rganish ehtiyoji bizni
olamga “yuz tutishimiz”ga, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishga,
umum
insoniy qadriyatlarni yanada kengroq o‘zlashtirishimizga
yordam bermoqda;
xalq ijodi, milliy amaliy san’atimiz jonlanib, rivoj topib.
Vatan doshlarimiz va xorijliklarni lol qoldirmoqda. Xalq ijodi bo‘yi-
cha respublika va xalqaro anjumanlarning o‘tkazilishi, ajdodla rimiz
merosi, milliy-axloqiy madaniyat durdonalari yoshlarni tarbiyalashda
muhim omil bo‘lmoqda. Bu borada o‘tkazilayotgan rang-barang
tadbirlar, jumladan, xalq hunarmandchiligi va tasviriy san’at
ko‘riklari, oilaviy ansambllar va lapar ijrochilari tanlovlari, “Alla”
ijrochilarining ko‘riklari, folklor-etnografik ansambllar festivallari,
150
dorbozlar, an’anaviy sirk san’ati, qo‘g‘irchoq teatri jamoalarining
ko‘rik-tomoshalari, qadimiy qo‘shiqlar, urf-odatlar va marosimlar
namoyishlari kabi boshqa ko‘plab anjumanlar vatanimizda
xalqimizning boy ijodiy merosiga katta e’tibor berilayotganligidan
dalolat beradi.
Respublikamizda madaniyat sohasining yangi tizimi vujud-
ga kela boshladi. Jumladan, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat
kengashi”, “Ta’lim markazi”, “O‘zbekkino”, “O‘zbeknavo”, “O‘zbek-
raqs”, “O‘zbekmuzey”, “O‘zbekteatr”, “Badiiy akademiya”, “Milliy
madaniy markazlar” kabi ko‘plab madaniy-ma’rifiy tashkilotlarning
tuzilishi respublika ma’naviyati asosiy sohalarining ravnaq topishiga
zamin bo‘ldi.
ko‘plab nodavlat, notijorat tashkilotlari vujudga keldi.
Jahon madaniyatiga munosib hissa qo‘shgan ajdodlarimiz vakil-
lari tavalludlarining yirik sanalarini nishonlash ham xalqimizning
eng ulug‘vor an’analariga aylanmoqda. Masalan, YUNESKO orqali
xalqaro miqyosda:
1993-yil - Bahouddin Naqshbandiyning 675-yilligi;
1993-yil - Zahiriddin Muhammad Boburning 510-yilligi,
2003-y. 520-yilligi:
1994-yil - Mirzo Ulug‘bekning 600-yilligi, (Samarqand,
Parij);
1995-yil - Mahmud Zamahshariyning 920-yilligi;
1995-yil - Najmiddin Kubroning 850-yilligi;
1996-yil - Amir Temurning 660-yilligi (Samarqand, Parij);
1998-yil - Imom al-Buxoriyning 1225-yilligi;
1998-yil - Ahmad Farg‘oniyning 1200-yilligi;
2000-yil - Burhoniddin Marg‘inoniyning 910-yilligi;
2000-yil - Kamoliddin Behzodning 545-yilligi;
2001 -yil - Alisher Navoiyning 560-yilligi;
2003-yil - Abdulxoliq G‘ijduvoniyning 900-yilligi kabi
buyuik ajdodlarimizning yubileylari, shuningdek:
1999-yil – “Alpomish” eposining 1000-yilligi (Termiz);
2001-yil – “Avesto”ning 2700-yilligi (Urganch);
2005-yil - Ma’mun akademiyasining 1000-yilligi (Xorazm)
kabi sanalarga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.
155
diy va ma’naviy yordam berib turilibdi, mablag‘ini ko‘paytirish ma-
qsadida tijorat ishlarini olib borishga ruhsat berilgan, soliqdan ozod
etilgan. Biroq ular ishni yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan mablag‘lar-
dan maqsadga muvofiq foydalanishmayapti. Ishga eng zaruriy nar
-
salar o‘rniga bu tashkilotlarning rahbarlari o‘zlari uchun qulayliklar
yaratishmoqda. Shuningdek, madaniyat tizimi o‘zini o‘zi mablag‘
bilan ta’minlash ishlarini ham yaxshi yo‘lga qo‘yishi zarur;
b) madaniyat va san’at sanoati yo‘lga qo‘ymasdan bu sohani
taraqqiy ettirib bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kino sanoati
(ssenariy yaratish, kino olish, ularni targ‘ib qilish, ijara ishlarini
amalga oshirish), musiqa sanoati (musiqiy asarlarni yaratish, ijro
qi lish, ovoz yozib olish va ularni tarqatish), tasviriy san’at sanoati
(tasviriy durdonalar yaratish, ularni targ‘ib qilish, ko‘rgazma-
savdolar, auksionlar uyushtirish) kabilarni yanada yaxshi yo‘lga
qo‘yish zarur bo‘lmoqda;
d) madaniyat tizimi faoliyatini yaxshilash uchun unga, albatta,
ko‘proq faol qiziquvchi, tashabbuskor va izlanuvchi ijodkorlarni jalb
etish muhim ahamiyatga ega. Ko‘pgina joylarda madaniyat sohasida
hamma ishlayverishi mumkin, degan tushuncha mavjud. Bunday
tushuncha bilan madaniyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Madaniyat
jonkuyar, tashabbuskor tashkilotchilar bilan tirik. Ularsiz madaniyat
tizimi ishlay olmaydi va inqirozga uchraydi.
Bugungi globallashuv sharoitida milliy g‘oya va mafkura muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Milliy g‘oya - bu, jamiyatni birlashtiruvchi,
ruhlantiruvchi va olg‘a yetaklovchi kuchdir.
Milliy g‘oyaga birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning:
- yurt tinchligi;
- vatan taraqqiyoti;
- xalq manfaatiga oid fikrlari asos bo‘ladi.
Milliy g‘oya va mafkurani targ‘ib qilish uchun unga xizmat
qiluvchi barcha vosita, usul va shakllardan samarali foydalanishimiz
zarur. Bu borada, ayniqsa, madaniyatning o‘rni benihoya kattadir.
Boshqacha qilib aytganda, madaniyatsiz, ya’ni, adabiyot, san’at
(musiqa, kino, teatr, tasviriy ijod), ma’rifat, ilm-fan, odat, marosim,
bayram kabilarsiz milliy mafkura o‘z ifodasini topishi qiyin. O‘z
navbatida, milliy mafkura milliy madaniyatning ravnaq topishi va
ezgu maqsadlar sari intilishiga yordam beradi.
154
sport ishlari vazirligi bosh-qosh bo‘lmoqda va ulkan ishlarni amalga
oshirmoqda.
Davlat tizimida yangidan tuzilgan ko‘pgina tashkilotlar, masalan,
“O‘zbekteleradio” kompaniyasi, “O‘zbekkino”, “O‘zbekiston Badiiy
Akademiyasi”, “O‘zbeknavo”, “O‘zbekteatr”, “O‘zbekturizm” kabi-
lar samarali faoliyat ko‘rsatishmoqda.
Ijodiy tashkilotlar orasida esa yozuvchilar, bastakorlar, me’morlar
uyushmalarining faoliyati diqqatga sazovor.
Madaniy-ma’rifiy markazlar ichida O‘zbekiston baynalmilal
markazi, ijtimoiy fikr jamoatchilik markazi, Huquqiy madaniyat
markazi va boshqalar ibratli ishlarni amalga oshirishmoqda.
Madaniyat tizimidagi muammolar. Jamiyatimiz madaniyat va
ma’rifat “bino”sini baquvvat va go‘zal bo‘lishi uchun hali ko‘p
ishlarni amalga oshirishimiz lozim bo‘ladi. Bu sohada bajarilishi
lozim bo‘lgan ishlar talaygina. Ularning bazilariga to‘xtalamiz: Res-
publika va viloyatlar darajasida ulkan ishlar amalga oshirilayotgan
bo‘lsa ham, ba’zi joylarda, jumladan, tuman, mahalla va qishloqlarda
jiddiy e’tibor berish lozim bo‘lgan ishlar mavjud. Ko‘pgina joylarda-
gi mahalliy rahbarlar hanuzgacha madaniyat sohasiga yetarlicha e’ti-
bor berishmayapti.
O‘zbekiston hududlarining mushtarakligini ta’minlashda madani-
yat va san’atning o‘rni katta. Bu borada “Viloyatlar kuni”, ya’ni
viloyatlarda bir-birining kunlarini o‘tkazish yaxshi samara beradi.
Bunday tadbirlarni tumanlararo ham o‘tkazish mumkin.
Hozirgi davrda yoshlar ma’naviyatiga alohida e’tibor berish lozim
bo‘lmoqda. Ba’zi yoshlar ongida va ma’naviy hayotida bo‘shliqning
paydo bo‘lishiga mahalliy madaniyat muassasalarining talab dara-
jasida ishlamayotganligi sabab bo‘lmoqda. Klublar, madaniyat uy-
lari, kutubxonalar, istirohat bog‘lari mahalliy aholi va yoshlarning
bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga va ularni g‘oyaviy, ma’naviy
kamol topishiga samarali xizmat qilishi lozim.
Madaniyat tizimining moddiy negizini yaxshilash muhim muam-
molarning biri sifatida namoyon bo‘lmoqda, bu borada ko‘pgina
ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, hali qator muammolar ham
mavjud:
a) madaniyat sohasida tuzilgan yangi (davlat, jamoa va nodavlat)
tashkilotlariga hukumatimiz katta mablag‘lar ajratgan. Ularga mod-
151
Dostları ilə paylaş: |