Mavzuga oid tayanch iboralar
Mustabid tuzum, ijtimoiy fanlar rivoji, partiya organlari, Sharq
yulduzi jurnali, “18 lar guruhi”, yer-suv islohoti kompaniyasi,
qatag‘onlik siyosati.
Mavzu bo‘ycha takrorlash uchun savollar
1. Sovet davlatining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik
siyosati, uning mohiyati va maqsadlari haqidagi fikringiz?
2. O‘zbekistonda maorif, oliy ta’lim, fan va adabiyot sohasidagi
yutuq va kamchiliklar?
3. Ikkinchi jahon urushi-yillarida O‘zbekistonda fan va
madaniyat sohasi namoyondalaridan kimlarni bilasiz?
4. Sovet davrida O‘zbekiston SSR da madaniy-ma’rifiy
muassasalar tizimi haqidagi fikringiz?
5. Qatag‘onlik siyosati va uning oqibatlari haqidagi fikringiz?
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. – T.: «Sharq»,
1998-y.
2. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.:
“Ma’naviyat”, 2008-y.
3. Mirziyoyev Sh. M. Ilm-fan yetuklari – taraqqiyotning bir
omili // Xalq so‘zi. – 2016. – 31 dekabr.
159
yetaklaydi, ularni g‘oyaviy va ma’naviy jihatdan birlashtiradi.
Qadimiy va navqiron Navro‘z esa xalqimizning ko‘p ming-yillik
ijobiy fazilatlarini mujassamlashtirib, bizni doimo bunyodkorlik,
ezgulik, yangilanishga chorlaydi.
lstiqlol davrida vujudga kelgan “Mustaqillik kuni”, “O‘qituvchi
va murabbiylar kuni”, “Xotira va qadrlash kuni” kabi bayramlar
ozodlikning qadriga yetish, Vatanni e’zozlash, ota-ona va ustozlarni
hurmat qilish, ajdodlar an’analariga sodiq bo‘lish, o‘tganlar xotirasini
abadiylashtirish, yorqin kelajak sari intilish, el-yurt, millat uchun
xizmat qilishga undashda samarali vositaga aylanmoqda.
Azaliy va yangi zamonaviy xalq an’analarini o‘rganish, targ‘ib
qilish bilan bir qatorda bu boradagi muammolarni bartaraf etish yo‘l-
lariga ham alohida e’tibor berish zarur. Jumladan, turarjoylarda xalq
marosim va bayramlarini o‘tkazish kengashlarini tuzish, ularning
mavsumiy emas, doimiy faoliyatini olib borish, to‘y-ma’rakalarni
ixchamlashtirish, kam daromad oilalarga to‘y va aza marosimlarini
o‘tkazishda ko‘mak berish, diniy odatlar orasida payshanbalik,
yakshanbalik, uchlik, yettilik, yigirmalik, qirqlik kabi islom shariatida
bo‘lmagan udumlarni ixchamlashtirish; to‘y marosimlarining moddiy
tomonlariga emas, balki ma’naviy tomoniga alohida e’tibor berish
kabi ko‘plab muammolarni doimo hal qilib borish lozim.
Oz navbatida, millat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi unsurlarni
an’analarimiz qatoridan chiqarishimiz lozim. Masalan, bir tog‘li
qishloqda shunday odat bor ekanki, ikki kishi urishsa, ikkala tarafdagi
aka-ukalar o‘rtasida ham bordi-keldi to‘xtar ekan. Natijada, qishjoq
ikki araz tomonga bo‘linib qolar ekan. Bunday arazchilikni taraqqiy
ettiradigan odatlar bizga kerak emas, albatta.
Biroq xalqimizda shunday odatlar ham borki, ular elni birlash-
tiradi. Masalan, bayram (Navro‘z, Mehrjon, Ro‘za va Qurbon
hayiti) kunlari tinchlik kunlari hisoblanib, bu vaqtda nafaqat urush-
lar to‘xtatilgan, balki xafagarchiliklar unutilgan, arazlashganlar
yarashtirilgan, begonalar tanishgan, tanishlar do‘stlashgan. Xullas,
milliy bayramlarimizdagi odamlarni g‘oyaviy, ma’naviy, ijtimoiy
birlashtiradigan ruhiy-ma’naviy holatni rivojlantirishimiz kerak.
Bu bayram an’analaridan hozirgi vaqtda samarali foydalanish
millat vakillarini hamjihat qilib, birlashtiradi. Milliy g‘oyaning ham
asosiy maqsadi -millatni ezgu maqsad sari birlashtirish! Din ham
158
yil 12-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot
qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Shu-yildan 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan kitobsevarlar
o‘rtasida “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik tanlovi tashkil etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil
3-avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuvida bir qator
madaniy muassasalarga homiy tashkilotlar belgilab berildi. Shu
yo‘nalishda Xalq banki bilan Yozuvchilar uyushmasining “Do‘stlar
klubi” tashkil etildi. “Do‘stlar klubi”ning tashkil etilishi yozuvchi va
shoirlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularning
ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy
rag‘batlantirish, munosib ish va turmush sharoiti yaratib berish
uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Musiqa, kino, teatr san’atlarining rivojlanishi ham ko‘p jihatdan
adiblarga bog‘liq. Adiblar bu ijod turlarining asosi – qo‘shiq, she’r,
pyesa, ssenariy, librettolarni yaratadi. Ushbu adabiy janrlar yaxshi
rivojlanmasa, san’at turlari negizan bo‘sh bo‘lib qolaveradi. Hozir
aynan tele va kino, teatr san’atiga milliy g‘oyalar bilan sug‘orilgan
yaxshi asarlar yetishmayapti.
Xalq odatlari milliy g‘oya va istiqlol mafkurasini, ayniqsa, yosh
avlod ongi va qalbiga singdirishda muhim vosita hisoblanadi. Asrlar
osha shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros bo‘lib o‘tib
kelgan, biroq sho‘rolar davrida ta’qibga uchragan xalq an’analari
ajdodla rimizning eng yaxshi fazilatlari, fikrlari, tajribalari, yutuq-
lari, qadriyatlarini bizga yetkazib, jamiyatimizni axloqiy sog‘lom-
lashtiruvchi, insonparvarlikni barqarorlashtiruvchi, ayniqsa, yosh
avlodning g‘oyaviy-ma’naviy kamol topishida muhim omil sifatida
xizmat qiladi. Xalq an’analari odamlar orasida odob-axloq, imon-
e’tiqod, insof, insonparvarlik, mehr-muruvvat, saxovat, adolat,
halollik, birodarlik, vatanparvarlik, mehmondo‘stlik kabi xislatlarni
ravnaq topishida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, millat, jamiyatni
birlashtiruvchi an’analardan foydalanishimiz zarur. Jumladan,
Navro‘z, Gul sayili, Mehrjon, Hosil bayramlarida xafagarchilikni
unutish, arazlashganlarni yarashtirish, tanishish, qarindosh tutinish,
do‘stlashish, mehmondorchilik fuqarolarni ezgu maqsadlar sari
147
4. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston
davlatini birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 59 b.
5. Abdullayev X.U. San’at tarixi. – T.: San’at. 2001-yil.
6. Azizxo‘jayev A. Davlatchilik va madaniyat. – T.: Sharq,
1997-y.
7. Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixiy: (Eng qadimiy
davrdan Rossiya bosqiniga qarshi). – T.: 2000-yil.
8. Zoxidov P. Memor olami. – T.: Qomus, 1996-y.
9. Sagdullayev va boshqalar. O‘zbekiston tarixiy: davlat va
jamiyat taraqqiyoti. – T.: 2000-yil.
10. Oydinov N. O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar.
– T.: O‘qituvchi, 1997-yil.
11. Musayev N.U. O‘rta Osiyoda dehqonchilik madaniyati
va agrar munosabatlari tarixidan (Tosh davri so‘nggi – XX asr
boshlariga qadar). – T.: Fan, 2005-yil.
12. Eshov B.J. O‘zbekiston davlatchiligi tarixiy. (o‘quv
qo‘llanma). – T.: Ma’rifat, 2009-y.
13. O‘zbekistondagi yangi tarixiy. 1, 2, 3-kitoblar. – T.: “Sharq”,
2000-y.
14. O‘zbekiston davlatchiligi tarixiy ocherklari. Mas’ul
muharrirlari D.A.Alimova., E.V.Rtvelodze. – T.: 2001 yil.
15. O‘zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). Ikkinchi kitob.
– T.: O‘zbekiston. 2019. – 576 b.
|