Mavzuga oid tayanch iboralar
Mustaqillik, tarixiy xotira, ma’naviy meros, teatr, kino san’ati,
musiqa, tasviriy san’at, amaliy san’at, Yoshlar ittifoqi, ma’naviy qa-
driyatlar.
179
uchun» festivali shunday teatrlarda bolalarga xizmat ko‘rsatishni
tubdan yaxshilash ishiga xizmat qiladi.
XXI asr o‘zbek teatrining taraqqiyotida alohida sahifa ochdi.
Qadimgi ko‘ngilochar milliy tomoshalar va Yevropadan kirib kelgan
maxsus teatrlar uyg‘unligida shakllangan o‘zbek teatri bu asrda
haqiqiy o‘zbek milliy teatrini vujudga keltirdi. O‘zbekiston teatrlari
o‘z ijodiy-uslubiy izlanishlari, turli asarlar talqinlariga yangicha
yondashuvlar bilan teatr san’ati uslubi va ifoda vositalarning
takomillashuviga sabab bo‘lmoqda.
Mustaqillik davrida teatrlarimiz faoliyatida ko‘pgina diqqatga
sazovor o‘zgarishlar yuz berdi. Teatrlarning
repertuar siyosati,
rejissura va aktyorlik san’atidagi yangiliklar, spektakllarning prokati,
tomoshabinlar bilan aloqalarning yangicha mazmun, shakllari va
nihoyat, ushbu maxsus teatrlarning xalqaro san’at va
madaniyat
maydonida orttirgan tajribalari e’tiborga loyiq.
Mustaqillik davrida O‘zbekiston teatrlari funksiyasi o‘zgardi.
Ular o‘z faoliyatlarida tomoshabinlarga mazmundor, ta’sirli, qiziqarli
spektakllar tayyorlashga ahamiyat berdilar. Mamlakatimizda
faoliyat olib borayotgan professional teatr va teatr-studiyalari
xalqimiz ma’naviy
dunyosini, tafakkurini boyitadigan sahna asarlari
yaratmoqdalar. Ushbu dargohlarda minglab ijodiy va texnik xodimlar
faoliyat olib boryapti.
Mustaqillik davrida birorta ham teatr o‘z faoliyatini to‘xtatgani
yo‘q. Nodavlat va xususiy teatrlar paydo bo‘lmoqda. Teatrlarning
xalqaro miqyosda yutuqlarga erishayotgani e’tiborni tortadi.
Teatrlarimiz jamoalari AQSH, Turkiya, Pokiston, Germaniya, Polsha,
Buyuk Britaniya, Isroil kabi xorij mamlakatlarida o‘tkazilgan turli
teatr festivallarida qatnashib, turli sovrin va mukofotlarga sazovor
bo‘lganligi quvonchlidir. Teatr ijodkorlari
mamlakatimiz hayotining
turli jabhalarida faol ishtirok etmoqdalar. Vatanimiz oliy organi –
Oliy Majlisga, viloyat, tuman va shahar mahalliy Kengashlariga
deputatlikka saylanmoqdalar. Bu esa teatr ijodkorlariga bo‘lgan
yuksak ishonchning dalilidir. Teatr san’atimiz ayni kunlarda bozor
iqtisodiyoti sharoitiga kirib bormoqda.
2018-yil O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzurida ilk bor harbiy
teatr-studiya - «Turon» tashkil etildi. Mazkur teatr nafaqat harbiylar
va ularning oilalari, balki barcha uchun xizmat ko‘rsatadi.Boshqa
180
sohalarda bo‘lgani singari, 2017-yil teatr san’ati sohasida ham keng
islohotlar boshlandi. Eng avvalo, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan
Harakatlar strategiyasida teatr va tomosha maskanlarini,
madaniy-
ma’rifiy tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish,
ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilab qo‘yildi.
Madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, madaniyat
va san’atning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini oshirish,
yosh avlodni milliy va umuminsoniyga sadoqat ruhida tarbiyalash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat
va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bugungi kunda
mamlakatimizdagi mavjud 37 ta teatr faoliyatini ta’minlash uchun
2017-yilning o‘zida davlat budjetidan 81 milliard so‘mdan ortiq
mablag‘ ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-
yil 14-maydagi “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari
xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy
etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi
qaroriga ko‘ra, davlat madaniyat muassasalari artistlari, ma’muriy-
boshqaruv,
badiiy-rahbar, ijodiy va boshqa xodimlarining mehnat
haqi miqdorlari o‘rtacha 45 foizga oshirildi.
O‘zbek xalqining islom madaniyati rivojiga qo‘shgan beqiyos
hissasining yuksak e’tirofi sifatida Ta’lim, fan va madaniyat
masalalari bo‘yicha islom tashkiloti - AYSESKO tomonidan
2007-yilda “Toshkent shahri – Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon
qilindi. Aziz poytaxtimizning bunday nomga sazovor bo‘lganligi
nafaqat xalqimizga, balki butun musulmon olamiga iftixor
tuyg‘usini bag‘ishladi. Bu bejiz emas, albatta. Chunki bu asrlar
davomida ajdodlarimiz lmom al-Buxoriy,
Imom at-Termiziy, Xoja
Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Mahmud az-Zamaxshariy
kabi mutafakkir zotlarning diniy ilmlar sohasida qilgan buyuk
kashfiyotlari, islom madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasiga yuksak
bahodur. Bunday sharafga yurtimizning islom dini bilan bog‘liq
tarixi, musulmon dini va madaniyatiga qo‘shgan hissasi, ulug‘
ulamolarning qoldirgan ma’naviy merosi, o‘z navbatida, ularni jahon
miqyosida targ‘ib qilish borasidagi ishlar tufayli muyassar bo‘ldik.
Toshkent shahrining “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon
qilinishi bilan bog‘liq bosh tadbirlar sifatida Toshkent va Samar qand
181
shaharlarida “O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘sh-
gan hissasi” mavzusida hamda Samarqand va Buxoro shaharlarida
“O‘zbekiston – islom dunyosining buyuk mutafakkirlari yurti” mav-
zusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi. Anjumanga
dunyoning turli burchaklaridan kelgan mehmonlar Vatanimizda
mustaqillikning ilk-yillaridanoq
Sharq durdonalari sanalmish
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy
obidalarni saqlash, qayta tiklash va ta’mirlash, qadimiy va boy
merosimizni asrab-avaylash ishlarini ko‘rib lol qolishdi.
Toshkent shahriga «Islom madaniyati poytaxti» degan nomning
berilishi xalqimizning farzandlarida g‘urur uyg‘otadi, ayni paytda
yanada ko‘proq mas’uliyat yuklaydi. Yurtboshimiz so‘zlari
bilan aytganda, «necha yuz-yillar mobaynida yurtimiz hududida
yaratilgan buyuk madaniy va ma’naviy merosning tub mohiyatini,
uning ko‘pchilikka ma’Ium bo‘lmagan qirralarini nafaqat musulmon
olamiga, balki butun jahon ahliga keng targ‘ib qilish, shu tariqa
islom
dini tinchlik, ma’rifat, yuksak axloq-odob ifodachisi ekanini
yana bir bor namoyon etish borasida ko‘p ish qilishimiz zarurligini
yaxshiroq anglash talab etiladi.
Mustaqillik sharoitida ma’naviy isiohotlar zamirida madaniy-
ma’rifiy muassasalar faoliyati tubdan o‘zgardi, yangi mazmun kashf
etdi, shaklan kamol topdi. Bu o‘zgarishlar istiqlol bergan imkoniyatlar
asosida sodir bo‘ldi. Zero, bu sohaning yangilanishi tarixiy zarurat
edi. Sobiq sho‘rolar davrida madaniy-ma’rifiy muassasalar xalq
manfaatlariga xizmat qilish o‘rniga, zo‘raki ravishda kommunistik
g‘oyalarni targ‘ib qilish maskanlariga aylantirilgan edi. Mustaqillik
sharoitida esa madaniy-ma’rifiy muassasalar xalqning ma’naviy
ehtiyojlarini qondirish, milliy an’analarini tiklash, xalq ijodini
ravnaq toptirish, yangi milliy mafkurani targ‘ib etish maskaniga
aylandi. Mustaqillik tufayli respublikamizda milliy-ma’naviy
tiklanish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgandan so
‘
ng, madaniy-
ma’rifiy muassasalar xalq ma’naviyati kamoloti yo‘lida xizmat
qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Birinchi Prezidentimiz Farmoni asosida respublikamizda
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi (hozirgi ma’naviyat
va ma’rifat kengashi markazlari) va uning tarmoq tizimlarining
vujudga kelishi madaniy-ma’rifiy muassasalar (jumladan, klublar,