Vujudga kelganligidan tashqari, o‘troq hayotning boshlanganligi bilan



Yüklə 1,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/54
tarix07.01.2024
ölçüsü1,13 Mb.
#208337
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
OZBEKISTONNING MADANIYATI VA SANATI

An’anaviy xalq ijodi. 
Mustaqillik sharoitida xalq ommasining 
ijodiy an’analarini saqlash va rivojlantirish, jumladan, xalqning 
og‘zaki, musiqali, amaliy, teatr-tomoshaviy deb atalgan ijod turlari 
va janrlarini tiklash va kamol toptirish muhim ahamiyat kasb etib 
bormoqda.
Xalq og‘zaki ijodining askiya, doston, mushoira, lof, kulgi-
hikoya, asotir (mif), afsona, ertak, latifa; an’anaviy musiqa ijodining 
alla, yalla, yor-yor, alyor, terma, ashula, marosim qo‘shiqlari va 
musiqa folklori asosida vujudga kelgan oilaviy ansambllar, fol-
klor etnografik guruhlar, xalq havaskorlik jamoalari; xalq teatr-to-
mosha ijodining masxarabozlik, qo‘g‘irchoqbozlik; xalq amaliy-
bezak ijodining naqqoshlik, kulolchilik, o‘ymakorlik, zardo‘zlik, 
zar 
garlik, to‘qimachilik turlarini; tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan 
ijodning rang-barang tur va janrlarini tahlil qilish asosida shunday 
xulosaga kelindiki, ular avlodlar ongini, badiiy tafakkurini, estetik 
qarashlarini taraqqiy ettiribgina qolmay, balki ijtimoiy hayotning 
barcha sohalarida ijodkorlikni rivojlantirgan, xalqning o‘z tarixi va 
taqdiri haqida o‘ylashga, bunyodkorlik qilishga undagan. Shuning 
uchun ijodiy merosni tiklash va kamol toptirish xalqning barcha 
ijtimoiy-madaniy sohalaridagi faolligini oshirishda muhim omil 
bo‘ladi.
Mustaqillik sharoitida o‘zbek xalq ijodining tiklanish va ravnaq 
topish jarayoni jadal sur'atlar bilan amalga oshmoqda. O‘zbekiston 
Respublikasida bu soha ishlarini rivojlantirishda “Respublika xalq 


164
ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar markazi”ning xizmati kattadir. Xalq 
ijodiga oid ma’naviyatimiz durdonalarini aniqlash va ularga tegishli 
ko‘mak berish borasida respublikamizda amalga oshirilayotgan 
diqqatga sazovor tadbirlarga murojaat qilamiz:
- xalq hunarmandchiligi, amaliy va tasviriy san’at, havaskor 
ijodkorlar ko‘rigi, savdo-ko‘rgazmalari amaliy san’at ixlosmandlarini 
rag‘batlantirib, ularning ilhomiga ilhom qo‘shib yubordi;
- “Alla” ijrochilarining Respublika ko‘rik-tanlovlari bola 
kamolotida muhim o‘rin tutadigan Ona shaxsini e’zozlashga oid 
ko‘plab qo‘shiqlarning yuzaga kelishiga imkon berdi;
- folklor jamoalari Respublika seminar-kengashi faoliyati 
xalq ijodiyoti sarchashmalarini aniqlash, tiklash va targ‘ib qilishda 
folklor-etnografik ansambllarning muhim o‘rin tutishini namoyon 
etdi;

oilaviy ansambllar, katta ashula, lapar ijrochilari Respubiika 
ko‘rik- tanlovlari o‘zbek xalq ijodining barcha tur va janrlariga 
Xalqaro darajada ham katta qiziqish bilan qaralayotganligidan 
dalolat berdi.
- “Chashma” Respublika folklor ko‘rik-tanlovi xalq ijodi 
bitmas-tuganmas va boy ma’naviy “buloq” ekanligini ma’lum qildi 
va ayni chog‘da bu sohadagi qator muammolarni davlat miqyosida 
ijobiy rial etilishiga turtki berdi;

maqomchilar Respublika ko‘rik-tanlovlari bu mumtoz san’at 
dovrug‘ini yanada keng yoyib, ko‘plab iqtidorli iste’dodlarni yuzaga 
chiqardi.

mashhur xalq baxshilari yubileylari baxshilik san’ati hozirgi 
kunda qaysi yo‘llar, janrlar va qaysi ijodiy maktablar doirasida 
ravnaq topayotganligini namoyon qildi;
- “Oilaviy ansambllar Respublika ko‘rik-tanlovlari” 
vatanimizda oilaviy ijodni targ‘ib qilishda va ommalashishida 
muhim omil bo‘ldi;
- “Turkiston – umumiy uyimiz!” ruknida Markaziy Osiyo 
baxshi-shoirlarining ko‘rik-tanlovi o‘z atrofiga 100 dan ortiq 
baxshilarni yig‘ib, mintaqa ko‘lamida Turkmaniston, Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston, Qoraqalpog‘iston baxshilarining o‘zaro ijodiy boyishiga 
xizmat qildi;
- dorbozlar, an’anaviy sirk san’ati va qo‘g‘irchoq teatri 
173
munosib o‘rnini egallashga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini 
himoya qilish, yosh yigit-qizlarning o‘z aql-zakovati, kuch-g‘ayratini 
to‘la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoit yaratib berish, yosh 
avlodning tayanchi va suyanchi bo‘lishdan iboratdir. Harakatning 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va 
shahar bo‘limlari, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot 
organlarida boshlang‘ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 
yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari - yoshlarni o‘z saflarida 
ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko‘rsatdi. 
2017-yil 30-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy 
harakati (YoIH) qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Bu qurultoyda “Kamolot” 
YoIH tashkiloti tugatilganligi va “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” 
tashkil etilganligi e’lon qilindi. Yoshlarning muammolari hamda 
tashabbuslari O‘zbekiston Prezidentining to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tiborida 
bo‘lishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” raisi 
bir paytning o‘zida Prezidentning Davlat maslahatchisi lavozimida 
bo‘lishi ham belgilab qo‘yildi. 
Yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. Millat 
kelajagi ham ma’nan, ham jismonan baquvvat, sog‘lom yoshlar 
qo‘lida. O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini 30 yoshgacha 
bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. 
1996-yil «Kamolot» yoshlar jamg‘armasi tuzildi. 2001-yil bu 
jamg‘arma «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirildi. 2017-
yil mazkur harakat faoliyati tugatilib, «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi» 
tashkil etildi. 30-iyun sanasi «Yoshlar kuni» sifatida nishonlanadigan 
bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yildagi “O‘zbekis-
ton Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga 
qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining qabul 
qilinishi mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin 
fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan 
har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish 
borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu qaror ilm-fanni 
yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni, jumladan, 
qizlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yanada 
keng sharoitlar yaratishga qaratilgan. 


172
loyeva. J.Usmonov, A.Isayev, E.Is’hoqovlarning yangi, qiziqarli 
asarlari tomoshabinda katta qiziqish uyg‘otmoqda. 
Musavvirlarimiz yangi tarixiy bosqichda madaniy aloqalarni 
qayta tiklash, yagona ma’naviy makon yaratishga yo‘naltirilgan 
uslub va yo‘nalishlarni umuminsoniy tamoyillarga bo‘ysundirishga 
intilmoqda. So‘nggi-yillarda kelajak poydevorini bugundan barpo 
etish maqsadida, yoshlarga va o‘sib kelayotgan yangi avlodga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Bularni bo‘lib o‘tayotgan festivallar, 
tanlovlar, badiiy ko‘rgazmalar misolida ko‘rishimiz mumkin. An’ana 
tusiga aylanib qolgan “San’at haftaligi”, “Ustoz-shogird” kabi 
qator ko‘rgazmalar shular jumlasidandir. Ushbu ko‘rgazmalarning 
barchasida tanlovlar e’lon qilingan bo‘lib, bir-birlari bilan ijodiy 
raqobatga kirishgan yoshlarni ma’naviy rag‘batlantirish orqali 
iqtidorlar tanlab olinmoqda va ularga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 
Shuni guvohi bo‘lamizki, yosh rassomlar o‘z qiziqishlari va 
intilishlariga ko‘ra hamohang mavzu va o‘z uslublarini tanlashlari 
mumkin bo‘lsa-da, akademik san’at poydevor vazifasini o‘tamoqda. 
Yosh rassomlar ijodida o‘ziga xos milliy san’at rivojlanganligi 
kishini quvontiradi. Shuningdek, jahon zamonaviy san’atining yangi 
shakllari va konseptual g‘oyalari bilan muloqotlari faolligini yuqori 
baholash mumkin.

Yüklə 1,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin