Yoshlar tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka
erishgandan keyin mamlakat yoshlarini birlashtirish uchun “Yoshlar
ittifoqi” tashkiloti tuzildi. Tashkilot yoshlarni o‘z plenumi va
konferensiyalari qarorlarini bajarishga safarbar qilishga urinishi,
qarorlarda yoshlarning manfaatlari va ehtiyojlari to‘la aks etmaganligi
natijasida 1996-yilda “Yoshlar ittifoqi” tashkiloti tugatilib, O‘zbekiston
Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi tuzildi. “Kamolot”
jamg‘armasining vazifasi yoshlarning manfaat va ehtiyojlarini
o‘rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat
ko‘magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo “Kamolot”
yoshlar jamg‘armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning
haqiqiy ma’nodagi yetakchisiga aylana olmadi, deb topildi.
2001-yil Toshkentda bo‘lgan yoshlar qurultoyida o‘zini o‘zi
boshqaradigan nodavlat notijorat tashkilot - O‘zbekiston Respub-
likasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. “Kamolot” yoshlar
ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, jamiyatda
165
jamoalarining Respublika ko‘rik-festivali bu qadimiy san’atga
yanada jiddiyroq va har taraflama e’tibor berishimiz lozimligi
masalasini kun tartibiga qo‘ydi;
- “qadimgi qo‘shiqlar, urf-odatlar, an’analar, marosimlarni
o‘rganish va targ‘ib qilish” bo‘yicha uyushtirilgan respublika
ilmiy ekspeditsiyasi xalqimiz tarixiy-madaniy merosining ko‘pgina
namunalarini saqlab qolishga ko‘mak berdi;
- Milliy qadriyatlarga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy
anjumanlari bu soha muammolarining hal qilinishida muhim amaliy
yo‘llarni belgilab berdi;
- “Oilaviy ansambllar”ning navbatdagi Respublika ko‘rik-
tanlovi xalqimiz ruhiyatiga mos mazkur o‘ziga xos ijodiy yo‘lga
katta e’tibor berish zarurligini ko‘rsatdi;
- qadimgi qo‘shiqlar, urf-odatlar, an’analar va marosimlarni
o‘rganish, targ‘ib qilish maqsadida Jizzax viloyatiga uyushtirilgan
ilmiy-amaliy ekspeditsiya ham ko‘pgina ijodiy an’analarni asrash
va targ‘ib qilishga ko‘mak berdi.
Xalq ijodini tiklash va ravnaq toptirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan bu tadbirlar mustaqillik sharoitida Respublikamiz
miqyosida xalq manaviyati, boy ijodiy an’analariga qay daraja
e’tibor berilayotganiga guvohlik beradi.
Xalq ijodi sohasida respublikamizda o‘tgan Xalqaro nufuzli
anjumanlardan biri BMTning 50-yilligiga bag‘ishlangan Toshkentdagi
Milliy bog‘da (1997, 24-25- oktabr) Barhayot an’analar nomli xalq
amaliy san’ati va hunarmandchiligi yarmarkasi bo‘ldi. Bu yarmarka
o‘zbek xalq amaliy san’atiga xalqaro darajada bo‘lgan qiziqishni
yana bir marta namoyon qildi. Samarqand, Buxoro, Xorazm va
Farg‘ona amaliy san’at ustalari o‘ziga xos an’anaviy ijodlari bilan
barcha kishilarni lol qoldirdi. Yarmarka yakunida xalqimizning
amaliy ijod turlari barhayot an’analarga aylanishi uchun har bir
noyob kasb egasi bo‘lgan iste’dodli ustozga o‘ziga 5 tadan shogird
tayyorlashga oid huquqiy va iqtisodiy imkoniyatlar yaratib berildi.
YUNESKO tasarrufida uyushtirilgan “Boysun bahori” xalqaro
folklor festivali o‘zbek og‘zaki va nomoddiy madaniyati durdonalarini
jahon tan olganligining isboti bo‘ldi. Festival doirasida bo‘lib
o‘tgan folklor jamoalar ko‘rigi, baxshi qo‘shiqchilar tanlovi, yosh
modelyerlar ko‘rigi, folklorga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman
166
va yakunlovchi folklor tomoshasi o‘zbek an’anaviy nomoddiy
madaniyati boy va serqirra ekanligini yaqqol namoyish qildi.
O‘zbekistonda xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligini ravnaq
toptirish uchun 1997-yil 31-martda Respublikamizning birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning maxsus farmoni chiqdi va unga binoan
respublikamizda bu boradagi barcha ishlarni muvofiqlashtiruvchi
maxsus markaz tuzildi. Bunday e’tibor natijasida xalqimizning
ko‘plab ijod turlari tiklanmoqda. Respublika xalq amaliy san’ati
markazi rahbari Shohalil Shoyoqubovning ta’kidlashicha, agar
mustaqillikgacha xalq hunarmandchiligining 10 ga yaqin turi
saqlanib qolgan bo‘lsa, mustaqillikdan so‘ng hozirgi vaqtga kelib,
uning 50 ga yaqin turlari qayta tiklangan va hozir ham bu jarayon
davom etmoqda.
O‘z navbatida, o‘zbek folklori jahonga tanilmoqda, ko‘plab
folklor jamoalar xorijiy mamlakatlarga chiqib xalqaro anjumanlarda
qatnashib, ajnabiylar e’tiboriga nodir san’atimiz durdonalarini havola
etishmoqda. Quyida mustaqillik-yillari xorijiy mamlakatlarga chiqib,
o‘zbek xalq ijodini jahonga tanitib kelgan ba’zi folklor jamoalari
haqida qisqa ma’lumotlar keltiramiz:
Toshkentning “Kamalak” fofklor-etnografik ansambli, Andi-
jonning “Sumalak” xalq raqs ansambli, Xorazm viloyati xalq ijodiyoti
markazi qoshidagi “Meros” bolalar namunali folklor-etnografik
jamoasi, Respublika o‘quvchilar saroyi qoshidagi “Chaman” folklor
guruhi, Quvaning “Anor” xalq ashula-raqs ansambli, Navoiy viloyat
qo‘shma folklor jamoasi Misr, Turkiya, AQSH, Fransiya, Pokiston,
Yaponiya kabi mamlakatlarda bo‘lib o‘tgan xalqaro folklor
festivallari va boshqa tadbirlarda ishtirok etib, vatanimizga ko‘plab
nufuzli sovrinlar olib kelishgan.
Chet ellarda o‘zbek xalq ijodiga oid ko‘plab kitoblar, maqolalar
chop etilmoqda. Keyingi-yillar milliy madaniyatimiz o‘tmishi va
bugungi kunini uzviy bog‘laydigan festivallar safi kengayib bor-
moqda. Madaniyat va san’at Forumining yangi keng qamrovli
loyihasi – “Asrlar Sadosi” festivali ham xalqimizning an’analari,
amaliy san’ati va milliy taomlari, xalq og‘zaki ijodi kabilarning
boy va rang-barang ekanligini namoyon etmoqda. Ushbu festival
har-yili mamlakatimizning turli madaniy va tarixiy maskanlarida
mutaxassislar, olimlar va xorijiy mehmonlar ishtirokida xalqaro
171
2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi. Mamlakat
Prezidentining 1997-yil “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va
amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida amaliy bezak
san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni
tayyorlashda davlat tomonidan madad berilish choralari belgilandi.
Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni
ta’sis etildi, “Hunarmand” uyushmasi tashkil qilindi. Qolaversa,
hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi.
Mustaqillik-yillarida uslubiy jihatdan o‘ziga xos rassomlar guruhi
shakllandi. Rassomlar ijodida jiddiy evrilishlar sodir bo‘lmoqda.
Yangi plastik izlanishlarda ertagu dostonlar, xalq og‘zaki ijodiyoti,
turli xil rasm-rusum va marosimlar bilan bog‘liq belgilar hamda
ramzlar ular rangtasvirining yangi bosqichini belgilab berdi, Ushbu
davrda serqirra ijod qilgan rangtasvirchilardan R. Ahmedov, N.
Qo‘ziboyev, R. Choriyev, M. Nabiyev, A. Ikromjonov, B. Jalolov,
S. Raxmetov, A. Mirzayev, N. Shin, V. Oxunov, J. Umarbekov, S.
Alibekov, A. Isayev, J. Usmonov, N. Shoabdurahimovlarni keltirib
o‘tishimiz mumkin. Bu davrdagi mahobatli san’atning rivojlanishi
ijodiy erkinlik, badiiy merosimizni boy an’analariga murojaat
qilish bilan bog‘liq. Yangi ma’muriy-ijtimoiy inshootlar, ko‘hna
binolarni qayta ta’mirlash hamda yangi shahar ansambllarini barpo
etish ishlarining jadallashib ketishi bilan mahobatli rangtasvirchilar
ijod vositalarining yangi imkoniyatlarini qidirib topishga bo‘lgan
yondashuvlari sezilarli darajada faollashdi. Mahobatli san’at
sohasida ijodiy izlanishlar olib borgan rassomlardan A. Aliqulov, O.
Xabibullin, “Sanoyi-nafisa” guruhi, A. Buxorboyev, A. Axmedshin
kabi rassomlarni aytishimiz mumkin.
Mustaqillik-yillaridagi ko‘rgazmalarda M.Nabiyev, A.Ikromjonov,
R.Choriyev, R.Ahmedov. N.Qo‘ziboyev, N.Shin, B.Boboyev,
J.Umarbekov, B.Jalolov, V.Burmakin, L.Ibrohimov, haykaltaroshlar
A. Hotamov, T.Tojixo‘jayev, D.Ro‘ziboyev, M.Borodina, grafik
rassomlar M.Kagarov, A.Mamajonov, M.Sodiqovlar, yosh rassomlar
D.Oxunboboyev, A.Ivanova, A.Nikolayev, M.Aliyev, V.Nechayeva,
X.Ziyoxonov, X.Inog‘omova, G.Alimatova, A.Nurshina, K.Boboyev
kabi ko‘plab taniqli san’atkorlar ijodi barchaga manzur bo‘lmoqda.
Shuningdek, A.Nur, V.Oxunov, G.Qodirov, G.Boymatov, R.Gag-
170
yo‘qolish arafasida turgan turlarini, mahalliy markazlarini tiklash
jarayoni ketyapti. Hozirgi kunda badiiy kulolchilik, kandakorlik,
zargarlik, zardo‘zlik, an’anaviy to‘qimachilik, kashtachilik,
gilamdo‘zlik, do‘ppichilik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naq-
qoshlik kabi turlar juda rivojlangan. Yetakchi kulollar A.Rahimov,
S.Otajonov. Sh.Yusupov, R.Usmonov, A.Isoqov, Narzullayevlar,
R.Zuhurov; kandakorlar M.Madaliyev, D.Holidova, G.Rahmatova,
U.Aliyev, O.Umarov; zargarlar F.Dadamuhamedov, G.Yo‘ldosheva,
G.Tosheva; ganchkorlar M.Murodov, X.Abdullayev, A.Muxtorov;
yog‘och o‘ymakorlar S.Xo‘jayev, M.Ibrohimov. O.Fayzullayev,
A.Azlarov, S.Rahmatullayev; zardo‘z B.Jumayev; kashtachi
Z.Obloberdiyeva va boshqalar samarali ijod qilmoqdalar.
Mustaqillik davrida noan’anaviy amaliy bezak san’at turlari ham
rivojlanib kelyapti. Masalan, toshkentlik kulol N.Qo‘ziyevaning
asarlari shu uslubda mo‘jazgina ishlangan. O‘zbekiston zargarlik
maktabining vakillari orasida E.Gostyev, U.Xolmurodov, A.UIum-
bekovalar hozirda zamonaviy, noan’anaviy yo‘nalishda ijod qil-
moqdalar.
Dostları ilə paylaş: |