WEB 3.0 XIZMATLARIGA ASOSLANGAN DIDAKTIK MATERIALLAR TAYYORLASH
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB
1.1. Pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha
1.2. Web 3.0 xizmatlari
II BOB
2.1. Web 3.0 xizmatlariga asoslangan didaktik materiallar
2.2. Didaktik loyihalash ta`limi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
KIRISH
Pedagogik texnologiyaning fan sifatidagi vazifalarini o’qitishning har bir bosqichida ta`limning mazmunini belgilash, ta`lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, predmetning mazmuniga kiritish uchun vaziyatli matnlar, testlar tayyorlash, shaxsda shakllantirish nazarda tutilgan kasbiy sifatlar va ma`naviy fazilatlarni o’zlashtirishga yunaltirilgan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish, ta`limning natijasi va o’zlashtirish darajasini aniqlash ularni ob`ektiv baholash uchun test vazifalarini tayyorlash kabilar tashkil qiladi.
Pedagogik texnologiya XX asrning oxirlarida deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda tez tarqalib, nufuzli YUNESKO tashkiloti tomonidan ham tan olindi va qo’llab- quvvatlandi. Hozirda ko’pgina mamalakatlarda muvoffaqiyatli qo’llanilib kelinmoqda.
Ko’pgina mamlakatlar pedagogik texnologiyadan foydalanib, ta`lim-tarbiya tizimini rivojlantirishda, o’quvchilar o’zlashtirishini oshirishda sezilarli yutuqlarga erishdilar
Ta`limni texnologiyalashtirishning asosini, ta`lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta`lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o’quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi.
Pedagogik texnologiya yordamida 3- ming yillikda O’zbekiston ta`lim-tarbiya tizimida ham tub o’zgarishlar yuz berishi, o’qituvchi- o’quvchi faoliyati yangilanishi, yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantirilishi ko’zda tutilmoqda.
Veb 3.0 - bu juda murakkab ma'noda oddiy atamadir, shuning uchun "Veb-3 nima" degan oddiy savol sizga o'nlab turli xil javoblarni qabul qilishi mumkin.
Veb 3.0-ni baholash uchun ta'rifi yoki metrikani tushirishda eng katta qiyinchiliklardan biri bu veb-2.0 haqida bilgan narsalarga nisbatan aniq, aniq ta'rifi yo'qligi.
Dostları ilə paylaş: |