4-Rasm. Sichkoncha yordamida brauzer oynasiga olib о‘tilgan SWF-fayl
Flash-filmni HTML-kodga о‘tkazish mexanizmi ActiveX elementlarini ishlatish yoki Plug-in komponentlarini qо‘shishga о‘xshashdir. Internet Explorer brauzeri uchun HTML-kodiga о‘tkazish
Flash-filmlarni Web-saxifa elementlari sifatida ishlatish turli tumandir. Bulardan ayrimlari quyida keltirilgan:
saxifani estetik kо‘rinishini oshirish uchun muljallangan «oddiy» animatsiya;
foydalanuvchi xarakati (sichqonchani siljitish, tugmachani bosish)ga bog‘liq bо‘lgan animatsiyalashgan tugma, bunday tugma giperishorat sifatida ishlatilishi mumkin yoki biror-bir vazifani bajarish mumkin (masalan, brauzerni yangi oynasini ochish, tashqi faylni yuklash va b.);
Web-saxifa foydalanuvchilaridan biror-bir ma’lumotni qabul qilishga mо‘ljallangan forma kо‘rinishida;
Zarurat tug‘ilganda Flash ni oddiy, «statik» faqat giperishoratlar kо‘rinishidagi interaktiv elementlarni an’anaviy kо‘rinishidagi HTML-saxifalar yaratish uchun xam ishlatish mumkin. Bunday variant Flash ni xam matn bilan xam aloxida tasvirlar bilan ishlash imkoniyatidan kelib chiqadi.
Xujjat tashkil qilish. Matn kiritish, formatlash va xujjatni formatlash
MS FrontPage dasturi yordamida web xujjatlarni tashkil qilish juda oddiy, ya’ni dastur ishga tushirilgandan keyin xosil bо‘lgan ishchi muxit aynan MS Word ga о‘xshab ketadi. Fayl avtomatik tarzda web saxifa kо‘rinishida saqlanadi.
Web saxifa yaratishdan avval bitta katalog tashkil qilish va shu web saxifaga tegishli barcha fayllarni (rasmli, multimediyali) aynan shu katalog ichida saqlash maqsadga muvofiq bо‘ladi. Shuning uchun MS FrontPage da matnlar bilan ishlash va xujjatlarni tashkil qilish xaqida tо‘xtalib о‘tirmasdan, bu ishlar HTML tilida qanday amalga oshirilishini kо‘rib chiqaylik.