Web dasturlashga asoslangan amaliy tizimlar. Boriyeva Hidoyat



Yüklə 9,36 Kb.
səhifə2/3
tarix12.12.2022
ölçüsü9,36 Kb.
#74096
1   2   3
Web dasturlashga asoslangan amaliy tizimlar. Boriyeva Hidoyat-fayllar.org (1)

Web dasturchilik


  • Web sohasi juda katta va keng qamrovli tushuncha. O’ta sodda va qisqa tarzda tasvirlaganda «brauzeringiz orqali ko’rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo’lgan har qanday dastur (sayt, tizim) web texnologiyalar asosida yaratilgan», deyish mumkin. Chunki web dasturchilikning asosiy mahsulotlaridan brauzerlar yordamida foydalanamiz. Web texnologiyalar olamida dasturchilar backend yoki frontend dasturchilarga bo’linishadi. Ba’zi dasturchilar har ikki yo’nalish bilan birdek shug’ullanishadi. Ba’zilar esa o’ziga ma’qul bo’lgan aynan bitta yo’nalishda faoliyat yuritishadi.

  • Agar brauzer orqali foydalanish mumkin bo’lgan tizimlar, dasturlar va saytlarni yaratishga qiziqsangiz, web dasturchilik sohasini tanlaganingiz ma’qul. Web hozirgi zamonaviy dunyoda tobora chegara bilmas texnologiyalardan biriga aylanib borayapti. Web yordamida oddiy saytlarni tayyorlash qanchalik osonlashgan bo’lsa, tasavvur qilishingiz mumkin bo’lgan o’ta qiyin tizimlarni yaratish ham shu qadar imkonli bo’lib bormoqda.

Mobil dasturchilik


  • Bugungi kunda deyarli hammaning qo’lida mobil qurilma bor. Telefon, planshet, soat ko’rinishidagi bu qurilmalar Android, iOS, BlackBerry OS, Bada kabi maxsus tizimlar asosida ishlaydi. Har bir tizimda o’zining ixtisoslashgan dasturchilari va tizim uchun maxsus yaratilgan dasturlari bo’ladi. Ba’zi dasturlar kross-platforma asosida ishlay olsa ham, ko’pchilik dasturlarni aynan o’zining tizimiga moslab yozish talab etilishi mumkin.

  • Mobil texnologiyalarda foydalanuvchi juda ko’p. Zamonaviy qurilmalarning ko’payishi bilan foydaluvchilar sonining kelajakda ortishi ham tabiiy. Mobil dasturchilarga ehtiyoj esa talab asosida ortib boraveradi. Webga nisbatan ancha yosh hisoblangan mobil texnologiyalar o’zining jadal rivojlanishi va sifatga bo’lgan talabini tez o’zgartirib borayotganligi bilan dasturchilar oldiga yangidan-yangi vazifalarni qo’ymoqda.

Qaysi kuchliroq?


  • Mobil va web texnologiyalarni qaysi biri kuchli yoki qaysi biri kuchsiz, degan asosda solishtirib bo’lmaydi. Mobil texnologiyalarning katta qismida web texnologiyalarda foydalanishadi. Aksincha, web texnologiyalarning ko’pchilik holatlarida mobil texnologiyalarga ehtiyoj seziladi. Bu esa har ikki texnologiyaning bir-biridan ajratib bo’lmasligini anglatadi.

  • Hozirgi kunda webni mobillikdan butunlay uzilib qolgan texnologiya sifatida qabul qilish noto’g’ri. Chunki ilgari faqat stol ustuda turadigan, faqat bitta joyda ishlatiladigan kompyuter orqali ko’riladigan (foydalaniladigan) web dasturlardan bugungi kunda mobil qurilmalar asosida istalgan joyda foydalana olayapmiz. Demak, web texnologiyalar ham hozirgi vaqtga kelib haqiqiy mobil (harakatlanuvchan) texnologiyalarga aylanib ulgurgan.

Yüklə 9,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin