Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies Hosted online from Moscow, Russia Date: 11
th
March, 2023
ISSN: 2835-5733 Website: econferenceseries.com
3 | P a g e
yaratilmoqda. Mijozlar bazasi bilan aloqa o‘rnatish iste’molchilar tomonidan
berilgan baho va fikr mulohazalarni ko‘rish imkonini beradi. Mobil ilovaning
Android versiyasi bilan bir qatorda iOS versiyasi ham yaratilmoqda.
Aholi bandligini ta’minlashda, xususan, o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha band
etilganlarning hisobini yuritishda Soliq inspeksiyasi va aholi bandlikka
ko‘maklashish markazining integratsiyasi yo‘lga qo‘yilmaganligi hal etilishini
kutayotgan masalaligicha qolmoqda. Shuningdek, aholi bandligi bo‘yicha
ma’lumotlar shaffofligi yuzasidan ham bir qator savollar tug‘iladi.
2023 yil 1 yanvar holati bo‘yicha 78 turdagi faoliyat bilan o‘zini o‘zi band qilish
mumkin. Xohishga ko‘ra, ularning bir nechtasini birvarakayiga tanlash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi “Kasanachilikni
yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-70-sonli
Qaroriga muvofiq O‘zini o‘zI band qolgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan
faoliyat turlari yana 19 taga ko‘paytirildi va jami 97 tani tashkil etdi.
Mehnat staji hisoblanishi uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, mehnat
shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari va boshqa tashkilotlar
tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan savdo uylarida, vakolatxonalarda,
tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan yiliga
BHMning kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘laydilar.
Xulosa: Xulosa o'rnida shuni ham aytish joizki, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar — o‘z ishini
o‘zi topib, uni o‘zi bajarish orqali daromad ko‘radigan jismoniy shaxslardir.
Repetitorlar, enagalar, santexniklar, elektrchilar, sartaroshlar, kuryerlar, avtomobil
yuvuvchilari, hunarmandlar, farroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va yana ko‘plab
kasb egalari o‘zini o‘zi band qiluvchilar bo‘lishlari mumkin.