Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies
Hosted online from Moscow, Russia
Date: 11
th
March, 2023
ISSN: 2835-5733
Website: econferenceseries.com
2 |
P a g e
2018-2021-yillarda O‘zbekistondagi bandlik darajasi dinamikasining o‘zgarishlari
tahlil
qilinganda, mazkur yillar oralig‘ida respublikada bandlik darajasi pasayish
tendentsiyasini namoyon qiladi (1-rasm). Bu ko'rsatkich 2018-yilda 67,4 foiz, 2019-
yilda 68,1 foizni tashkil etgan bo‘lib, 2020-yilga kelib 66,0 foizga pasaygan, 2021-
yilda esa 67 foizga etgan.
Aholini tadbirkorlik faoliyatiga yanada keng jalb
qilish va qonuniy mehnat
faoliyatini amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish maqsadida
2020 yil 8-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati
va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 4742-sonli Qarori qabul qilindi[2].
O‘zini o‘zi band qilganlar – bu xizmatlar ko‘rsatishda mustaqil ravishda shaxsiy
mehnati bilan ishtirok etadigan, mehnat daromadini olish uchun
ish olib boruvchi
shaxslar. Bunda ular yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olinmaydi va
yollanma xodimlar mehnatidan foydalanmaydi.
O‘zini o‘zi band qilgan fuqaro sifatida ro‘yxatdan o‘tishni xohlovchilar buni “Soliq”
mobil ilovasidan foydalangan holda yoki jismoniy shaxslarning
shaxsiy kabineti
orqali masofadan turib, bepul amalga oshirishi mumkin.
Jismoniy shaxs sifatida shaxsiy ma’lumotlar kiritilganidan so‘ng, faoliyat turini
tanlash lozim. Biryo‘la bir nechta faoliyat turlarini tanlashning ham iloji bor.
Faoliyat ko‘rsatish joyi – viloyat va tuman, albatta ko‘rsatilishi kerak. O‘zini o‘zi
band qilganlar har oy yakuni bo‘yicha buyurtma asosida
olingan daromadlari va
xarajatlari hisobini yuritishi va ijtimoiy solig‘ini hisoblashi mumkin. Istalgan vaqt
oralig‘i uchun daromadlar va xarajatlar haqidagi to‘liq ma’lumotlar birgina tugmani
bosish orqali shakllantiriladi.
PQ-4742-sonli qarorning 3-bandiga asosan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 2020-yil
uchun ijtimoiy soliqni bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida
to‘laydi. Ushbu summa to‘liqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga
yo‘naltiriladi. Soliqlarni to‘lash
masofadan turib, mobil ilova yoki har qanday
elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu jismoniy
shaxslar uchun soliq
to‘lash jarayoniga o‘xshaydi. Endi soliq majburiyatlarini soliq organlariga tashrif
buyurmasdan bajarish mumkin.
Hozirgi vaqtda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar
uchun xizmat turlari va
imkoniyatlar kengaymoqda. Bir qator muhim funksiyalar va qulayliklar ishlab
chiqilmoqda. Misol uchun, xizmatlarni mashhur elektron maydonchalarda reklama
qilish, ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lovlarni
qabul qilish imkoniyatlari