Bir martalik amallar (operatsiyalar)
Jarayonning kompyuterdagi murakkab xayot yo`li uni tug`ilishidan boshlanadi. Jarayonlar kontseptsiyasini qo`llovchi ixtiyoriy OT, jarayon yaratish vositasiga ega bo`lishi kerak.
Eng oddiy tizimlarda (masalan, faqat bitta aniq ilova ishi uchun loyixalashtirilgan tizimlarda) xamma jarayonlar tizim satrida tug`ilishi mumkin. Murakkabroq operatsion tizimlar, jarayonlarni zaruriyat bo`yicha dinamik xolda yaratadilar.
Operatsion tizim startidan so`ng, yangi jarayon tug`ilishi sababchisi bo`lib maxsus tizimli chaqiriq bajargan foydalanuvchi jarayoni yoki operatsion tizim bo`lishi mumkin, ya’ni natijada yana jarayon bo`lishi mumkin.
Yangi jarayon tug`ilishiga sabab bo`lgan jarayon ota jarayon(parent process) deyiladi, qaytadan yangi yaratilgan jarayon–farzand jarayon deyiladi(child process). Farzand jarayon o`z navbatida yana yangi farzand jarayonni yaratishi mumkin va tizim ichida jarayonning geneologik daraxtini to`plamini xosil qiladilar, ya’ni geneologik o`rmon xosil bo`ladi.
Rasm.7.3 soddalashtirilgan jarayonlarning o`rmoni. Strelka ota –farzand munosabatini ko`rsatadi.
Jarayon tug`ilishida tizim yangi PCB tuzadi bunda jarayon tug`ilishi xolati bilan uni to`ldira boshlaydi, yangi jarayon o`zining yagona identifikatsiya tartib raqamini oladi. Biror bir jarayon tugashi bilan bo`shagan identifikatsiya nomeri boshqa jarayon uchun ishlatilishi mumkin.
Odatda o`zining funktsiyalarini bajarish uchun jarayon –farzand ma’lum resurslarni talab qiladi: xotira, fayllar, kiritish –chiqarish qurilmalari va xokazolar. Ularni ajratishning ikki xil xolati bor. Yangi jarayon o`ziga ota jarayon resurslarini olishi mumkin. Bunda u resurslarni ota –jarayon yoki boshqa farzand –jarayonlar bilan bo`lishadi yoki resurslarin bevosita operatsion tizimdan olishi mumkin. Ajratilgan resurslar xaqidagi ma’lumot PCB ga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: |