Pusk/Programmi/Standartnie/Clujebnie programmi qism menysida Proverka diska (ScanDisk) bo`limi nomi sichqoncha bilan 2 marta bosilsa, ekranda dasturning muloqot oynasi hosil bo`ladi. Bu oynada tekshirilishi kerak bo`lgan disk nomlarini tanlash mexanizmi aks ettirilgan. Tekshirish ikki-Standart (Standartnaya) yoki to`laqonli (Polnaya) rejimda bajarilishi mumkin. Bu rejimlardan keraklisi va xatoliklarni avtomatik to`g`rilash (Ispravlyat oshibki avtomaticheski) holati tanlanib Zapusk tugmasi bosiladi.
Diskni Defragmentatsiya qilish (Defrag) Ma'lum vaqt o`tgandan so`ng ko`pchilik fayllar fragmentlarga ajratiladi va ular diskning har xil bo`laklarida joylashib qoladi, bu esa faylni o`qish va saqlash ishlarini sekinlashtiradi. Fayllarni bir joyga to`plash va ularni siqish jarayoni defragmentatsiya deb yuritiladi va bu jarayon fayllarni yozish va o`qishni tezlashtirish imkonini beradi. Fayllarni defragmentatsiya qilish-Defragmentatsiya diska / Defrag dasturi yordamida amalga oshiriladi. Bu dastur ishlaganda, ekranda defragmentatsiya oynasi ochiladiva defragmentatsiya jarayoni qanday kechayotgani protsentlarda ko`rsatilib turiladi.