Mavzu: Windows operatsion tizimida fayllar bilan ishlash. Disklarni tekshirish va defragmentatsiya qilish Mashg’ulotning maqsadi



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə1/5
tarix18.03.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#88625
  1   2   3   4   5
3-Amaliy Mashg\'ulot


Mavzu: Windows operatsion tizimida fayllar bilan ishlash.Disklarni tekshirish va defragmentatsiya qilish
Mashg’ulotning maqsadi: Windows muhitida fayllar va papkalar bilan ishlashni o`rgatish. Disklarni tekshirish va defragmentatsiya qilishni o`rgatish.
Mashg’ulotning jihоzi: ko’rgazmali material: kompyuterning xotira qurilmalari.
Mashg’ulot o’tish vоsitasi: Pentium-IV kоmpyuterlari (qo’shimcha qurilmalari) bilan jihоzlangan kоmpyuter sinfi.
Fayl - ("file"-inglizcha, "ma`lumot") biror nomga ega bo’lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan bir turdagi ma`lumotlar majmuidir. Bu ma`lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo’lishi mumkin. Turli operatsion sistemalar fayl nomlariga turlicha talablar qo’yadi. Masalan, MS-DOS (IBM, "Iskra" kompyuterlarida), Mikrodos ("Korvet") kabi operatsion sistemalarda fayl nomi 8ta belgidan oshmasligi va lotin xarflari, raqam va ba`zi maxsus belgilarda ifodalanishi mumkin; unda lotin harflari bilan bir qatorda kirill harflari ham ishlatilishi mumkin. Fayl nomining kengaytmasini yozish majburiy emas, lekin u faylda saqlanayotgan ma`lumot turini bildirgani sababli, undan foydalanishda qulaylik tug'diradi. Ko'pgina dasturlar fayl nomi kengaytmasini o'zlari qo'shib yozadilar. Bu kengaytmadan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish mumkin.
Masalan: com, exe - kompyuter "tili"ga o'girilgan dasturlar yoki buyruqlar ketma - ketligini o'z ichiga olgan fayllar kengaytmasi; bat - buyruqlar majmuini o'z ichiga olgan fayllar; bas - Beysik dasturlash tilida yaratilgan dastur; pas - Paskal dasturlash tilida hosil qilingan dastur; chi - ChiWriter matn muharririda hosil qilingan matn. bat kengaytmali fayllar, ya`ni buyruq fayllari matn ko’rinishida bo’lib, u operatsion sistema buyruqlaridan tuziladi. Bunday fayllar ketma-ket bajarilishi lozim bo’lgan bir nechta buyruq yoki fayllarni har safar qaytadan yozmaslik uchun tashkil qilinadi. Buyruq fayllari matn mu-harrirlari yordamida hosil qilinishi mumkin.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin