Toshkent shahar Bektemir tumanidagi 345-maktabning o‘zbek tili fani o‘qituvchisi
ERGASHEVA NASIBA OCHILDIYEVNAning
“Qishki ta’til (tushum kelishigining belgili va belgisiz qo‘llanilishi)” mavzusidagi ochiq dars ishlanmasi
Darsning ta’limiy maqsadi:
O‘quvchilarning tushum kelishigi yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash
O‘quvchilarga tushum kelishigidagi otlar kimni?,nimani?,qayerni? So‘roqlariga javob berishi yuzasidan tushuncha berish
Tushum kelishigidagi otlar –ni qo‘shimchasini olib, gapda fe’l so‘z turkumiga bog‘lanib kelishi yuzasidan tushuncha berish
O‘quvchilarni Vatanga muhabbat,milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash
Tabiatga muhabbat,qushlarga g‘amxo‘rlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, o‘zaro hurmat ruhida tarbiyalash
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish.kichik guruhlarda ishlashga o‘rgatish
Tarbiyaviy maqsad:
Rivojlantiruvchi maqsad:
Mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish
O’z fikrini og’zaki va yozma bayon etish ko’nikmasini shakllantirish
Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish
Tushum kelishigidagi so’zlar haqida tushunchaga ega bo’ladi.Tushum kelishigidagi otlar –ni qo’shimchasini olishi va kimni?,nimani?,qayerni? so’roqlariga javob bo’lishini bilib oladi.
2. Lingvistik kompetensiya:
Gaplar tarkibidagi tushum kelishigida kelgan so’zlarni o’zi bog’langan so’z bilan ajratib yozishni o’rganadi.
Fanga doir kompetensiya elementlari:
Dars turi:
Yangi bilim beruvchi
Dars usuli:
1.Kichik guruhlarda ishlash
2.Didaktik o‘yinlar
3.Saylanma diktant
Dars jihozi:
1.4-sinf ona tili darsligi
2.Mavzuiy ko’rgazmalar
3.Didaktik tarqatmalar
4.Allomalar rasmlari
5. Slayd