Microsoft Word (qisqacha MS Word, WinWord yoki Word) – matnli maʼlumotlarni yaratish, koʻrish va tahrir qilish uchun moʻljallangan matn muharriridir yoki matn protsessori. Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Office paketi tarkibida chiqariladi. Ilk versiyasi Richard Brodi tomonidan 1983-yil IBM PC uchun yozilgan. Keyinroq Apple Macintosh (1984), SCO UNIX va Microsoft Windows (1989) uchun ishlab chiqilgan. Amaldagi versiyasi Windows va MacOS uchun moʻljallangan Microsoft Office Word 2016 hisoblanadi.
Microsoft Word yaratilishida “Xerox PARC” taqdqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan Bravo – original grafik interfeysga ega matn protsessori katta oʻrin tutadi. Bravo asoschisi Charlz Simoni PARCni 1981-yil tark etgan. Wordning MS-DOS uchun taqdimoti 1983-yil oxirida boʻlib oʻtdi. Bu tovar bozorda yomon kutib olindi.
Biroq 1985-yil Macintosh uchun moʻljallangan versiyasi qoʻlma-qoʻl boʻlib keng tarqala boshladi. Ikki yildan soʻng Macintosh uchun Word 3.01 versiyasi ishlab chiqildi. Macintosh uchun moʻljallangan boshqa dasturiy taʼminotlar kabi Word ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi (“what you see is what you get” tamoyili – “nima koʻrsam, shuni olaman”).
MS-DOS grafik qobiqdan mahrum matn operatsion tizimi boʻlsada, DOS uchun moʻljallangan Word dasturi IBM PC ning tahrir vaqtida yarim qora yoki yotiq matn kabi matn belgilarini koʻrsatib bera oluvchi matn protsessori edi. Biroq u hali ham toʻliq WYSIWYG-muharrir edi. WordStar va WordPerfect kabi matn muharrirlari oddiy matn ekranini belgi kodlari bilan ishlatishar edi, baʼzan matn rangli ham boʻlardi. Ammo koʻp holda DOS dasturiy taʼminotidagi dasturlarda har bir buyruq uchun shaxsiy qiyin kombinatsiyalar qoʻllanilishi (DOS Wordda hujjat saqlashda ESC-T-S kombinatsiyasi ishlatilgan) va koʻp kotiblar faqat WordPerfectni ishlata olishi shu dasturni ishlatuvchi kompaniyalar ozroq ustunlikka ega yangi dasturga juda sekinlik bilan oʻtishgan.
1989-yil Windows uchun ishlab chiqilgan Wordning ilk versiyasi $500 ga sotilgan. Windows 3.0 ishlab chiqarilishidan soʻng savdo oʻsa boshladi va uning asosiy raqobatchisi WordPerfect ustunlikni ushlay olmadi.
Keyingi versiyalarda matn muharriri doirasidan chetga chiqadigan imkoniyatlar qoʻshila boshladi. Chizish asboblari hujjatga grafika qoʻshish kabi juda oddiy amalarni bajara olardi, lekin bu maxsus dasturlar kabi emasdi. Obyektlarni qoʻshilishi, hujjat versiyalarini taqqoslash, koʻp tilli yordam va boshqa imkoniyatlar kelgusi yillarda amalga oshirildi.