Word matn muhariri oynasining umumiy ko‘rinishi quyida keltirilgan.
Oynaning eng yuqori satri,
sarlavha satri bo‘lib, unda matn muharrirning belgisi
va nomi ko‘rsatiladi. Shu satrning eng o‘ng qismida uchta kichik tugmacha
ko‘rsatilgan bo‘lib, ular mos ravishda oynani ekrandan olish, oyna kattaligini ekran
kattaligiga tenglashtirish va oynani yopish vazifalarini bajaradi. Oynaning ikkinchi
satri WORDning
asosiy menyular satri bo‘lib, har bir menyu o‘ziga xos
funksiyalarni bajaradi. Oynaning keyingi ikki satrlarida
instrumyentlar
paneli joylashgan va ular bajaradigan funksiyasiga mos piktogrammali
tugmachalarda berilgan. Ularning funksiyalarini bilib olish uchun sichqoncha
ko‘rsatkichini piktogrammalar ustiga keltirish kifoya. Instrumyentlar panelidan
keyingi satr
lineyka dyeb ataladi va oynaning matn yoziladigan qismi satrlarini
kengaytirish va qisqartirish uchun xizmat qiladi.
Oynaning chetlarida matnni mos ravishda chapga, o‘nga, yuqoriga va pastga
siljituvchi tugmachalar mavjud. Matnni chapga siljituvchi tugmachadan oldin
joylashgan uch tugmacha (2-rasm) matn tasvirini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
Oynaning eng quyi satri
xolatlar satri dyeb ataladi va kursorni o‘rni haqida
axborot byerib turadi.
Dostları ilə paylaş: