Jadval tuzish uchun «
Стандарт» instrumyentlar panelining jadval rasmi
bilan
berilgan piktogrammani topib, sichqoncha ko‘rsatkichi bilan bosish yoki
bosh menyuning «
Таблица» bo‘limidagi «
Вставить таблицу»
komandasini
berish bilan bajariladi. Bu komanda berilganda oynaga muloqat darchasi chiqadi va
u joyda jadvalning satrlari va ustunlarining sonini ko‘rsatiladi (3-rasmga qarang).
So‘ng oynada tayyor jadvalning qolipi (maketi) chiqadi.
Jadvalning hamma
kataklari bir hil uzunlikda va kenglikda bo‘ladi. Tuzilgan jadvalni format qilish
(ishlov berish) «
Table-Auto-Format» (
Таблицаl-Aвтоформат)
komandasi
yordamida bajariladi. Bu komanda berilishi bilan ekranda har xil jadvallarni nomi
va unga mos ko‘rinishi (shabloni) chiqadi. Siz ulardan o‘zingizga ma’qul
bo‘lganini tanlaysiz.
Siz jadval bilan ishlamoqchi bo‘lsangiz quyidagilarni bilishingiz kyerak.
-jadvalda satrni ajratish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi satr boshiga olib boriladi
va sichqonchaning chap tugmasi bosiladi;
-jadvalda ustunni ajratish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi
ustun boshiga olib
boriladi va ustunni ko‘rsatuvchi yo‘nalish belgisi chiqganda sichqonchaning chap
tugmasi bosiladi;
-
jadvalda katakni ajratish uchun sichqoncha ko‘rsatkichi katakga olib boriladi va
sichqonchaning chap tugmasi ketma ket ikki marta bosiladi;
Dostları ilə paylaş: