Word matn muharririning asosiy imkoniyatlari


Hujjatli fayllarni yaratish, saqlash va xotiradan yuklash



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə4/6
tarix20.04.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#100956
1   2   3   4   5   6
2 rejaga ma\'ruza

Hujjatli fayllarni yaratish, saqlash va xotiradan yuklash.
Hujjatli fayl – ma’lum bir ma’lumotlarni o’zida mujassamlashtirgan fayl. Ma’lumotlar elektron ko’rinishda grafik, matn, ovoz va video formatida (fayllar o’zining qanday turga tegishliligiga qarab sinflarga ajratiladi) bo’lib foydalanuvchiga mumkin qadar nimaningdir mazmunini berishga qaratiladi. Bunday formatdagi ma’lumotlar ba’zan umumlashib bir mazmunni ifodalashda ham qo’llaniladi. Bularga misol tarzda bizni dunyo yangiliklari bilan tanishtiruvchi, maroqli dam olish uchun xizmat qiluvchi TV hujjatlarni olishimiz mumkin.
Informatika fani ana shunday hujjatlarni yaratishni ham o’z ichiga oladi. Umumlashgan formatdagi hujjatlar birin ketin bir nechta qadamlarda yaratiladi. Masalan, matnli hujjat yaratilib unga grafik hujjat birlashtiriladi, so’ngra ovozli hujjat va nihoyat video hujjatga aylantirilishi mumkin. Bu qadamlar qatiy o’zgarmas holatga keltirilmagan. Uning yaratilish qadami foydalanuvchining ishlash uslubi yoki qo’llanilayotgan dasturga ham bog’liq bo’ladi.
Hujjatli fayllarni yaratish uchun quyidagicha yo’llar tutish mumkin. topshiriq
I. Kontekst menyu yordamida hujjatli fayllarni yaratish.
- Sichqonchani ishchi stolining bo’sh joyiga olib borib o’ng tugmasi bosiladi.



Quyidagi kontekst (vertical) menyu ochilishi kerak.

  • Ochilgan menyuning Создать bo’limiga o’tib qism menyu faollashtiriladi. Menyu bandlari bo’yicha “yuqoriga” , “quyiga” tugmalaridan yoki sichqonchadan foydalanib harakatlanish mumkin.


Ushbu qism menyu faollashgandan so’ng qanday hujjat yaratilishiga qarab dastur nomi tanlanadi. Masalan, siz grafik hujjat yaratmoqchi bo’lsangiz Точечный рисунок buyrug’i tanlanadi.


Matnli hujjatlarni yaratish uchun esa quyidagi buyuqlardan biri tanlanadi.




II. Hujjatli fayllarni yaratishning ikkinchi yo’li Standart uslub hisoblanib u quyidagi ketma-ketlikdan iborat.



Ushbu holatda dastur avtomatik tarzda yangi hujjatni yaratib ishga tushadi.


Agar siz yana bundan boshqa yangi hujjat yaratishni istasangiz u holda Файл-
Создать buyrug’ini berasiz.
Word matn protsessorida oсhilgan ixtiyoriy hujjatga matn kiritish mumkin. Buning uchun tayyor hujjatdan foydalanishimiz yoki yangi hujjat faylini xosil qilishimiz mumkin.

Har bir hujjat yaratilgandan so’ng nomlanmasdan kompyuter xotirasiga saqlanmaydi. Siz ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga saqlashingiz uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirishingiz kerak.


Yaratilgan hujjatlarni nomlash uchun, yaratilishiga qarab yo’l tutiladi. Agar hujjat birinchi yo’l bilan yaratilsa nomini almashtirish haqida Windows ning ogahlantirishini siz hujjat nomi avtomatik tarzda niqobga olinishi bilan kuzatishingiz mumkin. Bundan keyin siz hujjat nomini almashtirishingiz mumkin. Ba’zan foydalanuvchi ayrim sabablar tufayli bunga bee’tibor bo’lib bu yordamdan bedarak qoliadi. Bunday holatda hech xavotirga o’rin yo’q. Microsoft kompaniyasi bu holatlarni ham hisobga olib qo’ygan. Siz hujjatni nomini almashtirish uchun Windows yordamisiz xam amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun hujjatni sichqoncha yoki klaviatura tugmalari yordamida belgilab (niqobga olingan holda ajralib turadi) F2 funksional tugmasi bosiladi. Hujjat nomining o’zi alohida hiqoblanadi – bu kursor hujjat nomini o’zgartirish holatiga o’tganligini bildiradi.
Hujjat ikkinchi yo’l bilan yaratilgan bo’lsa u holda quyidagicha yo’l tutiladi:

  • Файл->Сохранить(yoki “Сохранить как”) buyrug’i beriladi. Ushbu buyruqni Shift+F12 yordamida xam berish mumkin

ushbu muloqot oynasi ochiladi. Имя fayl qatoriga hujjat nomi kiritilib Soxranit


buyrug’i beriladi.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin