8.1. Wordда hujjatni formatlash Matn protsessorlarining, shu jumladan Word dasturining, muhim xususiyatlaridan biri matnni xar xil formatlash imkoniyati mavjudligidir. Formatlashni uch xil ko’rinishini farqlashadi. Belgilarni formatlash – bunda gap asosan shriftni o’zgartirish xaqida ketadi.
Abzastni formatlash – bunda matndagi aloxida abzastlar maydonlari o’lchamlarini, satrlar orasidagi intervallarni o’zgartirish va abzastlarni tekislash tushiniladi.
Sahifalarni formatlash – bunda sahifa ko’rinishini va o’lchamlarini tanlash, xoshiyalar o’lchamlarini o’zgartirish nazarda tutiladi.
Belgilarni formatlash matn yozishda shrift rangi, o’lchami va uslubini o’zgartirish amallarini o’z ichiga oladi. Buning uchun “Formatirovanie” uskunalar paneli tugmachalaridan xam foydalanish mumkin.
Abzastlarni formatlash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
abzastlarni tekislash;
abzast chegaralarini o’rnatish;
abzast birinchi satri boshlanadigan chegarani o’rnatish;
satrlar orasidagi masofani o’rnatish; abzastlar orasidagi masofani o’rnatish; abzastni sahifada joylashishi nazorati.
Abzastlarni tekislash “Formatirovanie” uskunalar paneli yordamida amalga oshirilishi mumkin. Odatda Word xamma abzastlarni chapga tekislaydi, bunda barcha satrlar bitta vertikal chiziqdan boshlanganday ko’rinadi. Tekislashni sahifaning markaziga yoki o’ng tarafiga, shuningdek bitta blok shaklida butun sahifa bo’ylab ikki tarafga xam tashkil qilish mumkin. Abzasta chegaralari va birinchi satr boshlanadigan joyni gorizontalg’ chizg’ich yordamida o’rnatiladi. Abzasta chegaralarining asosiy kattaliklarini Format tavsiyanomasining
Abzast bo’limi yordamida xam o’rnatish mumkin.
Odatda satrlar orasidagi masofa Wordda bir interval qilib belgilangan. Yahni, bu bitta satr balandligiga teng. Biroq u bir yarim, ikki va undan xam ko’proq interval bo’lishi mumkin. Satrlar orasdagi intervalni o’zgartirish uchun Format tavsiyanomasining Abzast bo’limidagi
“mejstrochnqy” maydonidagi ro’yxatdan foydalanish mumkin.
8.2. Microsoft Word muharririda matnni formatlash imkoniyatlari. 1. -Стиль –Matn stilini o’zgartirish
2.- Шрифт - Matn shriftini o’zgartirish
- Размер - Matn shrift kattaligini o’zgartirish
- Эффект начертания – qalin harflar xolatiga o’tish yoki undan chiqib ketish
- Эффект начертания – Qiyshiq harflar xolatiga o’tish yoki undan chiqib ketish
- Эффект начертания – Chiziqli harflar xolatiga o’tish yoki undan chiqib ketish
- Центровка по левому полю – Matnni (kursor turgan abzatsni) chap chegara bo’yicha tekkislash
8.- Центровка по центру - Matnni (kursor turgan abzatsni) markaz bo’yicha tekkislash
9.- Центровка по правому полю - Matnni (kursor turgan abzatsni) o’ng chegara bo’yicha tekkislash
10. - Центровка по ширене - Matnni (kursor turgan abzatsni) ikkala tomon chegaralari bo’yicha tekkislash
11.- Список – Raqamli ro’yxat ko’rinishiga o’tkazish yoki undan chiqib ketish
12. - Список – Belgili ro’yxat ko’rinishiga o’tkazish yoki undan chiqib ketish 13. Абзац-Abzatsni tashqariga chiqarish
14. - Абзац - Abzatsni ichkariga tortib olish
15.- Внешние граници – Abzats chegaralarini ramka bilan belgilash
16.- Выделение цветом – Tanlangan matn tagini rang bilan bo’yash
17.- Цвет шрифта - Tanlangan matn harflar rangini o’zgartirish Uskunalar panelida (Glavnaya lentasi bilan formatlash) ishlashda bizga tezkor tugmalar ham yordam beradi ular quydagi tugmalar: