Wps presentation



Yüklə 278,32 Kb.
səhifə3/5
tarix01.12.2023
ölçüsü278,32 Kb.
#170299
1   2   3   4   5
G\'ofurova Sarvinoz

3. Avtomatlashgan o’qish. Bu o’qishda o’quvchi-kitobxon so’zning bosh qismiga qarab o’qib ketaveradi. O’qishning keyingi yillariga to’g’ri keladi. 4-sinfda ba’zi o’quvchilar o’qishi avtomatlashadi.
Yaxshi o’qish malakasining sifatlaridan biri to’g’ri o’qishdir. To’g’ri o’qishga bir nechta metodist olimlar ta’rif berganlar:
K.Qosimova: to’g’ri o’qish xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qishdir. Shu ta’rifni kengaytirib: to’g’ri o’qish so’zning tovush-harf tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan, so’zdagi biror tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmasdan, ortiqcha tovush yoki bo’g’in qo’shmasdan, harflarning o’rnini almashtirmasdan, so’zning urg’usiga rioya qilib o’qish to’g’ri o’qishdir.

M.Odilova, T.Ashrapova: “Adabiy talaffuz normalariga qo’yilgan barcha talablar to’g’ri o’qish ko’nikmasiga ham taalluqlidir”, deyishadi. Demak, ularning fikricha, materialni adabiy talaffuz normalariga rioya qilgan holda o’qish to’g’ri o’qish deyiladi.
Rus metodisti Yakovleva: “To’g’ri o’qish bu materialni tovush tomonidan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko’chirishdir”.
O’qish jarayonida xatolar turli sabablarga ko’ra kelib chiqadi:
1. So’zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o’rtasida puxta sintez bo’lmagani uchun, ya’ni bola oldin so’zni tovush tomonini ko’radi, uni talaffuz qilishga harakat qiladi va ma’nosini e’tibordan chetda qoldiradi.
2. So’zlar ko’p bo’g’inli (murakkab bo’g’in tuzilishidagi so’zlarni o’qishda), ya’ni so’zning tovush tarkibi murakkabligi uchun tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadilar.
3. To’g’ri o’qish yorug’likka, matn shriftiga, bolaning ko’ruv sezgisiga ham bog’liq.
To’g’ri o’qishni ta’minlash uchun o’qituvchi quyidagilarga rioya qilishi kerak:
1. Matnni o’qishdan avval o’qilishi qiyin, tuzilishi murakkab so’zlarni, birikma va gaplarni aniqlashi, ular ustida ishlash usullarini belgilab olishi lozim.

Yüklə 278,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin