Tekshirish uchun savol va topshiriqlar: 1. O’qish darsining maqsad va vazifalari ayting.
2. O’qish darslari turlarini sanang.
3. O’qish darslarida beriladigan ta’lim-tarbiya masalalari.
4. Umumlashtruvchi o’qish darsining xususiyatlarini misollarorqali izohlang.
5. O’qish kitoblari, darsliklari bo’limlarini sanang.
6. Bo’limlar yuzasidan berilgan savol va topshiriqlar ustida qanday ishlashadi?
7. Matn oxirida berilgan savol va topshiriqlar ustida ishlang.
8. “Boshlang’ich ta’lim” jurnalidan o’qish darsiga oid maqolani izohlang.
O'qish kitoblari (1,2,3,4-sinf) tahlili. 1.O’qish darslarining ta’lim-tarbiyaviy xususiyatlari
2.Sinfda o’qish darslarining maqsad va vazifalari.
3.O’qish malakasining shakllanish bosqichlari.
4.Yaxshi o’qish malakasining sifatlari va ularni takomillashtirish yo’llari.
5.Yaxshi o’qish malakasi sifatlarini egallashning ta’limiy va ma’naviy ahamiyati.
Sinfda o’qish darslari quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. O’qish malakasini takomillashtirish. O’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlari: to’g’ri, tez, ongli, ifodali o’qish malakalarini shakllantirish.
2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish, kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimni olishga, ya’ni kitob bilan ishlashni biladigan, chuqur fikrlovchi, sermulohaza kitobxonlarni etishtirish.
3. O’quvchilarni tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, dunyoqarash elementlarini shakllantirish.
4. O’quvchilar axloqiy-estetik va mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
5. O’quvchilarni nutqini va tafakkurini o’stirish.
6. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.
O’qish malakasi murakkab malaka bo’lib, uning shakllanish jarayonini metodist T.G.Egorov 3 bosqichga bo’ladi:
1. Analitik bosqich (o’qish). Savod o’rgatish jarayoniga to’g’ri keladi. Unda bolalarda so’zlarni bo’g’inlab o’qish malakasi shakllantiriladi. 2. Sintetik bosqich (o’qish). Bu bosqichda so’zni sidirg’a o’qish malakasi shakllantiriladi. Bunda so’zni ko’rish bilan uning tovush tomoni idrok qilinadi. So’zning talaffuzi bilan ma’nosini anglash mos keladi. Sidirg’a o’qishga asosan o’quvchilar 3-sinfda o’tadilar.