To'rtinch usul: L harfini o'rganish uchun ilgari o'rganilgan va o'rganilmagan harflardan 7-8 tasi doskaga yozib qo'yiladi. Masalan, A, N, I, L, M, K, 0 O'quvchlar diqqatini jalb qilib ulardan so'raladi. Mana shu harflardan qaysi biri - L ? O'qituvchi harflarni birma-bir ko'rsatadi. - Mana bumi?
· Yo'q bu-A - Oqituvchi A harfini o'chiradi. · Mana bumi? · Bu - N · O'qituvchi N harfini o'chiradi · Qaysi biri - L? · O'rtasida turgan harf L · O'qituvchi L harfini ko'rsatib so'raydi: · Bumi, L harfi? · Ha! O'quvchilar L harfini ko'rib, uning shaklini eslab qoladilar.
Beshinchi usul: Dars boshlanishidan oldin o'quvchlar sinfga kirishguncha o'qituvchi yangi o'rganiladigan harflardan 3-4 ta yozib o'chradi va yana yozadi. O'quvchilar darsga kirganlaridan keyin doskaga qaysi harf yozilganligi haqida o'zaro bahslashadilar.
- Qani aytinglarchi, bugun qaysi harf bilan tanishar ekansiz? O'quvchilar doskaga yozilgan harfni birgalikda o'qiydilar. Keyin ayrim o'quvchlarga yakka tartibda o'qitiladi va uni puhta o'zlashtirishga oid mashqlar o'tkaziladi.
Amonashvilining harf tanitish usullari dastlabki qarashda juda qiziqarli, o'yin tarzida tashkil etilganday tuyulsa, bu tartibni o'quvchilarga ommaviy targ'ib qilish yaramaydi. Chunki, o'quvchilar harfni turlicha o'tashlari mumkin. Har bir tovushning sof holatdagi talaffuzini o'zlashtirmay turib o'qishni o'rgatish mumkin emas. Bundan tashqari olti yoshli bolalarga darslarni qiziqarli, o'yin tarzida tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo'lsada, dars bilan o'yin jarayonining farqi sezilib turishi kerak. Eng muhim darsda o'quvchilarga o'qishni o'rgatish bilan bir qatorda ularning nutqlarini o'stirish va tarbiyaviy ta'sir etish masalalariga ham e'tibor talab qilinadi.
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA YARATILGAN ALIFBE YOZUV DAFTARINING QIYOSIY TANQIDIY TAHLILI Yuqoriga ko'rsatib o'tilganidek, o'quv yilining IV choragidan boshlab haftada bir marta husnixat uchun alohida dars soati ajratiladi. Bu davr bolalarning yozuv malakalari shakllanishida muhim rol o'ynaydi, chunki husnnixat mashqlari ona tili darslari bilan bir vaqtda olib boriladi. Ammo alifbedan keyingi davrda yozuvga o'rgatish sharoiti biroz o'zgaradi chunki, o'quvchilar endi yozuv daftariga emas balki oddiy ikki chiziqli daftarga yozib mashq qiladilar. Ular endi ko'proq o'qituvchi tomonidan ko'rsatilgan yozuvga tayanadilar. Bu davrda chiroyli yozuv darslarining rejasini quyidagicha tuzish mumkin: