64
landshaft (geotizim) murakkab (hududiy), makon va vaqtdagi ochiq tizim bo`lib, u bir
butun geografik qobiqni bir qismi hisoblanadi, shuningdek u bir qator morfologik
qismlardan iborat. Geotizimga bo`lgan ta`sir natijasida tabiat, xo`jalik va axolining
tizimlarida o`zgarish zanjiri vujudga keladi (chunki geotizimda yotiq va tik yo`nalishlar
bo`yicha komponentlar hamda ayrim qismlar orasida bog’liqlik mavjud), bu hol tezda
salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Tabiiy-texnik tizimlarni loyihalashda vazifa murakkablashadi: tabiat bilan texnika
o`rtasida o`zaro aloqani hisobga olib, loyihalash yo`li bilan barqaror yuqori sifatli holda
tabiat va texnik qismlarni mavjud bo`lishiga erishi lozim. Loyihalash dorisiga hozirda
me`yorlar, chegaralar va tabiat orqali kiritiladi. Loyihalanilayotgan ob`ektni tizimli
harakterda ekanligini hisobga olib loyihani vujudga keltirishda landshaftni bir butun
holdagi hususiyatini saqlab qolish uchun uning barcha komponentlarni xususiyatlarini
to`la-to`kis muhofaza qilish lozim bo`ladi. Masalan, er usti va grunt suvlarini
musaffoligini saqlab qolish uchun havo bilan tuproq birinchi navbatda toza bo`lish kerak.
CHunki chiqindilarni aksariy qismi tuproqqa tushadi, ular yuvilib suv havzalariga
qo`shiladi.
Qishloq xo`jalik geotextizimlarini loyihalashda bu tamoyil texnik qismlar ayrim
holdagi shunchaki bo`laklar emas, balki murakkab tizim bo`lib tabiiy va texnik elementlar,
ya`ni qishloq xo`jalik ekinzorlari, infratarkibi, aholi punktlari, o`rmon va boshqa qishloq
xo`jaligi bo`lmagan uchastkalarni bir-birlari bilan bog’liq tizim deb tushuniladi. Tamoyilni
hisobga olish geotextizimni xududiy tarkibini optimallashtirish yo`li bilan amalga
oshiriladi, ularni turlicha geoekologik optimal holda saqlash bilan erishiladi.
Optimallashtirish tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni hududiy tashkil qilish bilan
erishiladi, bunda landshaftlarni shakllari, o`lchamlari va shuningdek qo`shni qishloq
xo`jalik geotextizimlarini joylashishini hisobga olinadi.
Qishloq xo`jalik geotextizimlarini optimal geoekologik xilma xilligini ta`minlash
uchun ekinzorlar turlarini ko`paytirish taklif qilinadi. Qishloq xo`jalik geotextizimlari
tabiiy geotizimlariga nisbatan kam xilma xilligi bilan tavsiflanadi, shuning uchun ham
ularni tashqi ta`sirlarga barqarorligi kamroq. Buning uchun qishloq xo`jalik
geotextizimlarining tarkibisini «murakkablashtiradi‖, ya`ni almashlab ekishni tadbiq qilish
65
ancha samara beradi. Almashlab ekishni turli rotatsion sxemalarni amalda qo`llash
ekinzorlarni turli tumanligini ta`minlaydi. Bu bilan tuproq tarkibini, hosildorligini
yaxshilashga erishiladi. SHuningdek ixotazorlarni bunyod etish deflyatsiyani sharoitiga
qarab o`rmonzorlar, suv havzalari, rekreatsiya tizimlarini vujudga keltirish ham
muhitning yaxshilanishi va aholining yashash sharoitlarini qulayligini ta`minlaydi.
Dostları ilə paylaş: