62
qonunlar asosida yashaydi, boshqa jihatdan esa-ularda ijtimoiy va jamiyat sifatlariga ham
ega, ularni bu hususiyatlari jamiyat qonunlari negizida rivojlanadi. Integral geotizimning
global miqyosidagi shakli «tabiat-jamiyat‖ mupertizimiga mos keladi.
Xududiy yoki
mahalliy miqyosdagi integral geotizimga ishlab chiqarish, rekreatsiya,
tabiiy-texnik,
tabiiy-xo`jalik geotizimlarini kiritish mumkin. Keyingi vaqtlarda «Tabiiy-antropogen
tizim, antropogen-texnogen tizim‖ va boshqalar tarkib topadi, ular integral geotizimlarni
sinonimi deb qaraladi.
Tabiiy-texnik geotizim.
Bu variantda tabiat bilan texnika birinchi o`ringa chiqadi.
Geotizimlarda aloqa ancha kuchli, lekin har doim ham bu aloqa barqaror emas.
Avvalo
texnik blok tabiatga mos kelishi darkor, unda boshqaruv samarali bo`ladi, o`z navbatida
tabiat texnikaga ham ta`sir etadi, bu holda aks ta`sir natijasida turli noxush o`zgarishlar
tarkib topadi.
Sanoat geotextizimlari.
Sanoat geotextizimlari deb sanoat ob`ektlarini majmuali
holda ma`lum hududda
joylashishi tushiniladi, bunda tabiat komplekslari ularni
funktsiyasida qatnashadi. Bunday geotextizimlarda uchta kichik tizimlar ajratish mumkin:
1) texnik: sanoat maqsadidagi injenerli inshootlarni majmuasi,
ular yagona ishlab
chiqarish-texnologik jarayonlar va ishlab chiqarish infratuzilmasi bilan birlashgan bo`ladi:
2) tabiiy: tabiiy kompleks yoki komponentlar (tabiiy sharoit va xom ashyo sifatida
foydalanish), ulardan foydalanish ishlab chiqarish jarayonlarini vujudga keltirish uchun
zarur: 3) boshqarish blogi: texnik va tabiat kichik tizimlari orasida o`zaro ta`sirni amalga
oshiradi.
Uchta kichik tizimlarni o`zaro ta`siri bir yo`nalishda yuz beradi: texnik ob`ektlarni
tabiatga ta`siri, tabiiy resurslarni olish, texnogen chiqindilarni to`planishi, tabiiy kompleks
va komponentlarning xususiyatlarini o`zgarishi-aholi sog’ligi yomonlashuvi va boshqalar.
Texnik ob`ektlarni tabiatga ta`siri miqyosi
jihatdan juda ham kuchli, buning natijasida
tabiiy komplekslar tubdan o`zgarishi mumkin. Sanoat geotextizimlarini xususiyatlardan
biri ularni xududiy jihatdan juda ham zich konsentratsiyada mavjud bo`lishi
va atrof
muhitga kuchli ta`sir etishidir. Ayniqsa, ko`plab sanoat korxonalarini bir joyda to`planishi
muhitni ifloslanishini kuchaytiradi, masalan: neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya va
kimyo sanoati ishlab chiqarish korxonalari
joylashishi havo, suv, tuproq va o`simliklarni
63
kuchli darajada ifloslanishiga olib keladi. (Olmaliq va Farg’ona sanoat turlari).
Dostları ilə paylaş: