G`oliblarni mukofotlash Musobaqa g`oliblarini musobaqa yopilishidan oldin mukofotlash lozim. Mukofotlash marosimi har doim tantanali, qatnashchilarga ham, tomoshabinlarga ham qiziqarli bo`lishi kerak.
Musobaqani yopish tantanasi. Musobaqani yakunlovchi tantanaga barcha qatnashchilarni yoki faqat oxirgi qism qatnashchilarini jalb etish mumkin.
Jamoalar o`ng qatondan mazkur musobaqada egallagan o`rinlarida joylashadilar. Musobaqa yakuni bo`yicha e'lon qilinadi vash u zaxoti g`olib jamoalar mukofotlanadi. Bayroq tushurilgandan keyin tantananing barcha qatnashchilari tantanali marsh bilan g`olib jamoa ketidan zalodan chiqadilar.
Musobaqa xisobotini tuzish. Musobaqa tugagandan keyin bosh xakam (bosh kotib bilan birgalikda) xisobot tuzadi, unda quyidagilar ko`rsatiladi:
-musobaqaning nom iva dastur o`tkazilgan joyi va muddati;
-jamoa va shaxsiy birinchilikning natijalari, toifa talablarini bajargan va tasdiqlagan qatnashchilari to`g`risida ma'lumot. Shuningdek, ular musobaqa qatnashchilarining axloqiy-irodaviy tayyorgarligini tekshirishning samarali vositasi bo`lib xizmat qiladi va jamoatchilik, uyushqoqlik va intizomlilik xissini rivojlantiradi, iroda va jasoratni tarbiyalashga yordam beradi. Musobaqada tashkilotlar qatnashishining ko`rsatgan natijalariga qarab o`quv-amaliyot jarayonining kelajagi yo`nalishi belgilanadi, o`quv amaliyot ishining uslubiyotiga o`zgartirishlar kiritiladi. Bundan tashqari, musobaqalar eng zo`r ko`rgazmali tashviqot vositasidir. Yaxshi tashkil qilingan va tantanali o`tkazilgan musobaqani qatnashchilar ham tomoshabinlar ham uzoq vaqt eslab yuradilar. Musobaqalarni yoshlar o`rtasi keng tarqalishiga va ularning gimnastika sektsiyalariga sistematik qatnashib yurishlariga jalb etadi.
Musobaqalarning turlari Turli tashkilot va muassalar, umumta'lim maktablari, o`rta va oliy o`quv yurtlari hamda KSJ (ko`ngilli sport jamiyatlari) sport ishida gimnastika musobaqalarini uyushtirish va o`tkazish borasida muayyan an'analar paydo bo`ldi. Ularning maqsadi, shakli, ko`lami va xususiyatiga qarab quyidagi turlarga ajratiladi:
Yo`nalishi (maqsadi) bo`yicha: o`quv, saralash musobaqalari, eng kuchli gimnastikachi, komanda jamoasini aniqlash musobaqalari, o`rtoqlik uchrashuvlari, ommaviy musobaqalar (osonlashtirilgan dasturlar).
Zachyot formasi bo`yicha: shaxsiy, komanda va shaxsiy komanda musobaqalari.
Ko`lami bo`yicha: tuman, shahar, viloyat va boshqalar.
Vakilligi bo`yicha: xududiy va muassasa musobaqalari.