1- mavzu: gimnastikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 113,47 Kb.
səhifə6/39
tarix14.12.2023
ölçüsü113,47 Kb.
#178345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
portal.guldu.uz-GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TARIXI (2)

TALABALAR UCHUN SAVOLLAR

  1. Mashg`ulotlarda shikastlanmaslik uchun nimalarga rioya qilish kerak?

  2. Mashqlarni bajarishda shug`ullanuvchi o`zini qanday tutish kerak?

  3. Shikastlanishni oldini olish choralari.



ADABIYOTLAR.
1. Brыkin A.T. Gimnastika. – M.: FiS, 1979.
2. Matveev L.P. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturы. – M.: FiS, 1991.
3. Menxin Yu.V., Volkov A.V. Nachala gimnastiki. – Kiev, 1980.
3 – MAVZU : GIMNASTIKAGA ATAMALARI.


Reja:
1. Terminologiyaga qo`yiladigan talablar
2. Gimnastika terminologiyasi qoidalari Terminlarni yasash usullari
3. Terminlarni qo`llanish qoidalari
4. Qisqartirish qoidalari Ayrim ifodalarni tushirib qoldirish


Tayanch tushuncha va iboralar : Yosh avlodni gimnastikaga oid atamalar o’rgatish gimnastikaning tarbiyaviy ahamiyati ,gimnastik gilam, turnik, bruss, gimnastik kon, gimnastik mos gimnastik xalqa, gimnastika brino, gimnastik kazyol, gimnastik narvon, gimnastik skamika .

O’quv mashg’lotining maqsadi : Talabalarni gimnastikaning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish . Yosh avlodni gimnastikaga chorlash , gimnastikaning tarbiyaviy ahamiyati , gimnastikadagi turli holatlar , yoshlarni ma’naviy barkamol avlod qilib yetishtirish , ularning ma’naviy sog’lom , jismoniy baquvvat bo’lishlarida ota – onalarning roli , irodaviy sifatlar , mehnat va mudofaga tayyorlash.



1 – savol bayoni :

Ko`p bo`lim soxalarida turli ishlab chiqarish harakat faoliyatlaridan buyum, xodisa tushuncha jarayonlarini qisqacha ifodalash maqsadga maxsus terminologiyadan foydalaniladi.


Jismoniy tarbiyada jumladan, behat ko`p mashqlar qo`llaniladigan gimnastikada terminologiya juda muhim rol o`ynaydi.
Terminologiya mashg`ulotlar vaqtida o`qituvchilar va o`quvchilar o`zaro munosabatlarini yengillashtiradi, gimnastikada oid adabiyot nashr qilishda gimnastika mashqlari ta'rifini soddalashtirishda yordam beradi. Gimnastika terminologiyasi gimnastikadan boshqa mashg`ulotlarda kam qo`llaniladi. Gimnastika mashqlarining aniq nomini bilmasdan uni o`rganish qiyin. Shu sababli, ularni o`rganish jarayonidan terminologiyaning ahamiyati esa juda katta. Qisqacha termin so`zlar harakat ko`nikmalarini shakllantirishga katta ta'sir ko`rsatadi. Tadqiqotlarning tasdiqlashicha, ular mashqni bajarish uchun o`zini tayyorlashga yordam beradi. O`quv jarayonini esa yanada ixcham va maqsadga muvofiq qiladi. Gimnastika terminologiyasi bu gimnastika mashqlari, umumiy tushunchalari, snaryadlar, inventarlarning nomlarini qisqacha ifoda etish uchun qo`llaniladigan maxsus nomlov (terminlar) sistemasi, shuningdek terminlar shartli qisqartirishlarning, mashqlarning yozish shakllarini tuzilishi hamda ishlatilishi qoidalaridir. Gimnastikada termin deganda biron harakatlantiruvchi faoliyat yoki tushunchaning qisqacha shartli nomi tushuniladi.
Boshqa sohalardagi kabi gimnastika terminologiyasi ham jismoniy tarbiya taraqqiyoti bilan jumladan gimnastika taraqqiyoti bilan bir qatorda takomillasha bordi, chunki amaliyot va fanda nimaiki yangilik pay do bo`lsa, u tilga muqarrar aks etib uni boyita boradi.
Gimnastika terminologiyasi 1938 yilda joriy etilgan bo`lib, rus adabiy tili Lug`at fondi asosida ko`rilgan edi.

Yüklə 113,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin