Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari Har bir ziyoli inson boshqalar bilan hamkorlik qilish mahorati va san’atiga ega bo‘lishi kerak. Bu vazifa odamlarni muomala va muloqot etikasiga o‘rgatishni har qachongidan ham dolzarb qilib qo‘ymoqda. Ma’lumki gaplashayotgan odamlardan biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorli- gi ularning bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq ekan. Uning ikkinchi tomoni tinglash qobiliyatiga deyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi: «Yaxshi suhbatdosh yaxshi gapirishni biladigan emas, balki tinglashni biladigan suhbatdoshdir», — deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan edi. Professional tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi: Faol holat. Bu kreslo yoki divan kabi mebelga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshining yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so‘ziga qiziqayotganingizni bildirishni nazarda tutadi.
Suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o‘ziga jalb qilish, balki keyin navbat sizga kelganda o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko‘ndirishning samarali yo‘lidir.
O‘ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotganda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o‘zingizni suh- batdan manfaatdorligingizni bildirish yo‘li.
Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, yaxshi taassurot qoldirishdir.
Muloqot bu ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, bilish, emotsional baholash xarakteridagi axborot almashinuvidir.
Muloqotning tuzilishi: Kommunikativ tomoni. Kommunikatsiya inglizcha xabar qilish, aytish ma’nosini anglatadi. Axborot, fikr, kayfiyat, tasavvur almashinishning ikki tomoni bor: verbal — nutq orqali muloqot;
noverbal — imo-ishora, mimika, harakatlar, belgilar (yo‘l harakati). Muloqotning interfaol tomoni. Kishilarning bir-biri- ga ta’sir o‘tkazishi, tarbiyasi, xulq-atvoriga ta’siri tushuniladi. Psixologik ta’sir turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotrari va xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olishdir. Ijti- moiy psixologiyada psixologik ta’sirning asosan 3 vositasi farq- lanadi: Verbal ta’sir — bu so‘z va nutqimiz orqali ko‘rsatadigan ta’sirimiz bo‘lib bundagi asosiy vositalar so‘zlardir. Ma’lumki, nutq — bu so‘zlashuv, o‘zaro muomala jarayoni bo‘lib, uning vositasi so‘zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o‘zidagi barcha so‘zlar zaxirasidan foyda- lanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xohlaydi.
Paralingvistik ta’sir — bu nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar bo‘lib, bunga nutqning barand yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulatsiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amal- ga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.
Noverbal ta’sirning ma’nosi «nutqsiz»dir. Bunga suhbatdoshlarning bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari, qiliqlari, mimikalari, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa va boshqalar kiradi. Muloqotning perseptiv tomoni. O‘zaro bir-birini idrok qilish, tushunishga asoslanadi. Mexanizmlari: identifikatsiya — o‘xshatish, aynanlashtirish, o‘zini mu- nosabatdagi sherigining o‘rniga qo‘yib ko‘rish, uning ichki dunyosiga kirish tushuniladi. Yaqin kishisidan ayrilib nihoyatda ezilib turgan odamni ko‘rgan kishi, o‘zining ham boshidan o‘tgan tashvishlarni xotirlab, bir zumdayoq shu kishining ruhiy holatini xayolan o‘z boshidan kechira boshlaydi;
refleksiya — subyektning u bilan munosabatga kirishgan sherigi tomonidan qay