1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


Irodaning nerv-fiziologik asoslari



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə49/67
tarix15.11.2022
ölçüsü450,02 Kb.
#69164
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
1-mavzu Psixologiya haqida tushuncha. Reja

Irodaning nerv-fiziologik asoslari

  1. M. Sechenovning sozlari bilan aytganda har qanday xatti- harakatning dastlabki sababi tashqi hissiy qozgalishdir. Keyinchalik hayot tajribasi asosida kopgina xatti-harakatlar bevosita hissiy qozgalmasdan unga qarama-qarshi tarzda amalga oshiriladi. Tashqi qozgatuvchi masalan, televizor kishini qiziqarli korsatuvlarni tomosha qilishga undaydi, u bolsa burch haqi­dagi yoki ish bajarilmay qoladigan bolsa roy beradigan noqu- lay oqibatlar haqidagi fikrga amal qilib, ishlash uchun otiradi. Irodaviy harakatning fiziologik asosi miya postlogida avval- gi tajriba natijsida ilgari hosil bolgan nerv aloqalarining ik­kinchi signal sistemasidir. Bu sistemalar irodaviy harakat paytiga kelib qo‘zg‘algan bo‘ladi. Bu esa ayrim harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi, natijada kishi o‘zini, garchi televizordagi ko‘rsatuv qiziqarli bo‘lsa ham uni ko‘rishga emas, balki ishlashga majbur qiladi.

Qo‘zgatuvchi vosita — so‘z irodaviy harakatda alohida o‘rin egallaydi. So‘z kishiga tashqaridan ta’sir qiladigan signal bo‘lishi mumkin. Lekin u ko‘pincha kishining o‘z-o‘ziga ich­ki talabi, mustaqil buyrug‘i ham hisoblanadi. Hamma hollarda ular javob tariqasida ixtiyoriy harakat uchun real qo‘zgatuvchi bo‘ladilar. Qo‘zg‘alishning barqaror manbai mavjud bo‘lgan ki­shi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi. Bizning harakatlarimizni boshqarib turadigan miya hujayralari katta yarimshar­lar po‘stlog‘idagi boshqa hujayralar bilan hamisha bog‘langan bo‘ladi. Har qanday boshqarishni nazoratsiz yoki tuzatish ki- ritmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Kishi o‘z harakatlarini va ishlarini boshqarishga qodir bo‘ladi va haqiqatdan ham boshqara oladi. Bunga sabab: miya hujayralari bir tomondan gavda muskullariga impulslar yuborib turadi, ikkinchi tomondan harakat a’zolaridan amalga oshirilgan ish to‘grisida qaytish signallarini olib turadi. Miya po‘stlog‘ida shu axborotlar qayta ishlanadi va u yerdan harakatga kiritilishi lozim tuzatishlar haqida yana signallar keladi. Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi tormozlanish ja­rayonlari ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni to‘xtatib qoladi. Bu jarayonlar haddan tashqari qo‘zg‘alishni (mas. affektiv holatdagi) bostirib turadi va vazminlik, o‘zini tuta bilish, chidam, harakatlar izchilligi va hokazolarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Iroda katta yarimsharlar po‘stlog‘ining miya po‘stlog‘i osti ishini boshqarib turish qobiliyatiga to‘gridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ining osti kishi organizmidagi ko‘pgina qo‘zgatuvchi jarayonlarning (instinktlar, mayllar va h.k.) man­bai hisoblanadi.
Irodaviy sifatlar, tuzilishi va talqini
Kishi faoliyati jarayonida irodaviy xatti-harakatlarni amal- ga oshirar ekan, o‘zida o‘z shaxsini xarakterlab beradigan va hayoti hamda mehnati uchun juda katta ahamiyatga ega sifatlarni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu hol yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonlarining us- tunlik qilishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Boshqa sifatlar yoqim- siz psixik jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda ularni to‘xtatib qolishda, yo‘q qilishda namoyon bo‘ladi.

  1. Faollik bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarga qat’iylik, dadillik, sabot-matonat, mustaqillik kiradi:

Qat’iylik ortiqcha ikkilanmasdan o‘z vaqtida qat’iy qarorlar qabul qila bilishdir. Bu o‘ylab ko‘rilmagan, shoshilinch qabul qilingan harakatlarda emas, yetarli darajada chamalab ko‘rilgan asoslangan xatti-harakatlarda namoyon bo‘ladi. Qat’iy kishi boshqacha emas, ayni shunday ish qilishi kerakligiga chuqur ishonadi. Qat’iylik ko‘rsata bilish, dadil, ikkilanmay talab qilish o‘qituvchining muhim fazilatidir.
Dadillik — kishining dovdirab qolish tuyg‘usini yengish qobiliyatidir. U faqat kishi hayoti uchun xavfli paytlardagi harakatlar- dagina namoyon bo‘lib qolmaydi, dadil kishi murakkab ishdan, katta mas’uliyatdan cho‘chimaydi. Dadillik ahvolga oqilona sog‘lom munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Ba’zan kishining xayoli unga haqiqatda yo‘q holatdan darak berishi mumkin. Iroda kuchi bilan qo‘rquvni yengadi va zarur deb hisoblagan narsasini bajaradi. Dadillikni kishining mardlik ko‘rsatmoqchi bo‘lib xavf-xatarli ishga qadam qo‘yishi bilan aralashtirmaslik kerak. Bunday kishilarni irodali kishilar deb bo‘lmaydi.
Sabot-matonat — bunga qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘li qanchalik uzoq va qiyin bo‘lmasin, ularga erisha bilishdan iborat. Sabot-matonat tashqi va ichki to‘siqlarni yengishda namoyon bo‘ladi. Irodali kishi o‘z kuchlarini zo‘r berib sarflashga qobiliyatli bo‘ladi. I.P. Pavlov aytib o‘tganidek, u o‘z ishini davom et­tirish istagini orttiradi, xolos. Sabot-matonat pedagoglik ishida o‘zining arzimagan manmanlik tuyg‘usi tufayli xato qarordan bosh tortishga qobiliyatli bo‘lmagan vaqtidagi o‘jarlik bilan aynan bir narsa deb bo‘lmaydi. O‘jarlik shaxsning salbiy xususiyatidir. Mustaqillik kishining boshqalar ta’siriga berilmasdan qaror qabul qilish va belgilangan harakatni bajarish qobiliyatidir. Ana shu irodaviy sifati bilan ajralib turmaydigan kishilar odatda o‘z yo‘llarida uchragan qiyinchiliklar oldida o‘zlarini yo‘qotib qo‘yadilar. Bunday zaiflikka ko‘pincha maktab yoshidagi tarbiyaning xususiyatlari sabab bo‘ladiki, bolaga mustaqil ishlash malakasini o‘rgatishmagan va unda o‘z harakatlari, ishlari uchun mas’uliyatdan qochishga intilish avj olgan bo‘ladi. Irodali ki­shi ta’sirga beriluvchanlik kabi salbiy sifatga ega bo‘lmaydi. Bun­day sifat mavjud bo‘lganda kishilar o‘z fikrlaridan juda osonlik bilan qaytadilar, boshqalarga bo‘ysunib qoladilar. Chinakam mustaqillik bilan negativizm (lot. negatiwus — salbiy), ya’ni qan­day qilib bo‘lsa ham tashqaridan bo‘ladigan ta’sirga qarshilik ko‘rsatishga intilish o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q. Agar ta’sirga beriluvchanlik kishini o‘zining niyatlar va e’tiqodlariga muvofiq kelmaydigan xatti-harakatlarga undasa uni boshqalar- ga qarama-qarshi o‘laroq nomaqbul harakatlar qilishga undaydi. Ta’sirga beriluvchanlik va iroda kuchining belgilari emas, balki uning zaifligiga oid belgilardir. Ko‘pgina yomon odatlar irodasi zaif kishilarda aynan mustaqillikning yetishmasligi tufayli ta’sirga berilishga va taqlid qilishga moyil kishilarda bo‘ladi. Harakatni mustaqil bajarish o‘z kuchiga ishonch hosil qilishda yordam beradi, bu ishonch kishining muhim irodaviy xususiyatidir.

  1. Noma’qul psixik jarayonlar va harakatlarning tormoz- lanishi bilan bog‘liq iroda sifatlariga chidam, bardoshlilik, sabr- toqat, intizomlilik va uyushqoqlik kiradi. Chidam yoki o‘zini tuta bilish bu kishining o‘z-o‘zini boshqara olishidir. U o‘zining xulq-atvori ustidan to‘liq nazorat qilish xususiyatini saqlab qolar ekan o‘zidagi yomon niyatlarni, ixtiyorsiz harakatlarni, affekt- larni, g‘azablanishni, qo‘rquvni yengadi. Chidamning ma- vjudligi kishini o‘z-o‘ziga tanqidiy qarashga o‘rgatadi, oqilio- na bo‘lmagan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishga yordam beradi. Chidam, o‘zini tuta bilish o‘qituvchi uchun juda zarur. Bola- larning xulq-atvori ularning o‘quv ma’lumotlarini tushunmasligi ko‘pincha o‘qituvchining jahlini chiqaradi va vujudga kelgan vaziyat talab qiladigan darajada yo‘l tutish uchun zo‘r chidam zarur bo‘ladi. O‘zini tuta bilish o‘qituvchiga qattiq jahli chiqishdan o‘zini tiyishga, xijolatni, sarosimalikni bosishga yordam beradi. Bardoshlilik va sabr-toqat singari irodaviy sifatlar ham o‘zini tuta bilishga yaqin turadi. Bunda kishi azob va qiyinch lik chekishni yenga olishga qodir bo‘ladi. Irodali kishi qi- yinchiliklarga qaramay o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishga intiladi. Shaxsning barcha irodaviy sifatlarini, qo‘zg‘alish yoki tormozlanish jarayonining ustunligiga qarab, guruhlarga bo‘lish mumkin. Ba’zan kishi bir xil harakatlarni cheklab boshqalar borasida faollik ko‘rsatadi. Intizomlilik va uyushqoqlik singari iroda sifatlari ana shu tomonlari bilan farq qiladi. Intizom avvalo jamoa talablariga bo‘ysunishdan iborat bo‘ladi. Uyushqoqlik kishi o‘zini, kerak bo‘lsa boshqalardan ham samarali ishlashga majbur qila oladi. Tartibsizlik, o‘z vazifalariga befarq bo‘lish kabilar intizomsizlik va uyushmaganlikning ko‘rinishlari bo‘lib, ular iroda kuchining yetishmasligini bildiradi. Intizomsiz kishi boshqalarning ishiga ham muvaffaqiyatli rahbarlik qila olmaydi. Batartiblik, aniqlik, puxtalik har sohada namoyon bo‘ladi, ular kundalik xulq-atvorda va hatto mayda-chuyda bo‘lib ko‘ringan narsalarda ham seziladi.


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin