R Е J А: 1. Atamalarning ahamiyati 2. Atamalarga qo‘yiladigan talabtar. 3. Atamalarni qo'llash qoidalari. 4. Akrobatik mashqlar atamalari 5. Gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqiarning atamalari
1. Atamalarning ahamiyati Bilim sohalarida, turli ishlab chiqarish, harakat faoliyatlarida buyum, hodisa, tushuncha, jarayonlarni qisqacha ifodalash maqsadida maxsus atamalardan foydalaniladi. Jismoniy tarbiyada, jumladan, behad ko‘p mashqlar qo'llaniladigan gimnastikada atama juda muhim rol o'ynaydi. Atamalar mashg'ulotlar vaqtida o'qituvchilar bilan o'quvchilarning o'zaro munosabatiarini yengillashtiradi, gimnastikaga oid adabiyot nashr qilishda gimnastika mashqlari ta’rifini soddalashtirishda yordam beradi. Gimnastika atamasi gimnastikadan boshqa sport turlarida ham keng qo'llaniladi.
Gimnastika mashqlarining aniq nomini bilmasdan turib, uni o'rganish qiyin. Shu sababli ularni o'rgatish jarayonida atamaning ahamiyati, ayniqsa, kattadir. Qisqacha atama so'zlar harakat ko'nikmalarini shakllantirishga beqiyos ta’sir ko'rsatadi. Tadqiqotlarning tasdiqlashicha, shug'ullanuvchilar mashqni bajarish uchun o'zini o'zi tayyorlashiga yordam beradi, o'quv jarayonini esa yanada ixcham va maqsadga muvofiq olib borishga vosita bo'ladi.
Gimnastika atamalari — bu gimnastika mashqlari, umumiy tushunchalari, gimnastika jihozlari, jihozlarining nomlarini qisqacha ifoda etish uchun qo'llaniladigan maxsus nomlar (atamalar) tarkibi, shuningdek, atamalar shartli (belgilab qo'yilgan) qisqartirishlaming, mashqlarni yozish shakllarining tuzilishi hamda ishlatilishi qoidalaridir.
Atama leksikaning bo'limi sifatida shu fanning mazmuni, nazariyasi va amaliyoti bilan yaqindan bog'liqdir. Gimnastikada atama deganda, biror harakat yoki tushunchaning qisqacha shartli nomi tushuniladi. Boshqa sohalardagi kabi, gimnastika atamasi ham jismoniy tarbiya taraqqiyoti bilan bir qatorda, takomillasha boradi, chunki amaliyot va fanda qanaqa yangiiik paydo bo'lsa, u tilda muqarrar aks etib, uni boyita boradi.
Gimnastika atamalogiyasi Ittifoqda 1938-yilda joriy etilgan bo'lib, rus adabiy tili lug'at fondi asosida qurilgan edi. Shuning uchun u gimnastika bilan shug‘ullanuvchilarning turli tabaqalariga anchagina tushunarli va yaqin, shuningdek, rus tilining boshqa tillarga to'g'ri (mashqlar mazmuniga qarab) tarjima qilish imkonini beradi. Yangi atamaning afzalligi shundan iborat ediki, atamalar tuzish va ularni qo‘llashga yangicha yondashildi. Mualliflar atamalar tuzish tizimini har bir harakatning eng ifodali xususiyatlarini ko‘rsatish bilangina cheklanib, ayni vaqtda shu harakatni aniq va qisqa ta’riflash imkonini beradigan qilib belgilashdi.
Sobiq sho'rolar gimnastika tizimining rivojlana borishi, nazariya va amaliyotda erishilgan yangi-yangi yutuqlari gimnastika atamasini yanada takomillashtirishni taqozo qildi. Gimnastika bo'yicha 1957-yil- da o'tkazilgan munozara, 1962, 1963-yillardagi Ittifoq konferen- siyalari ham shu masalaga bag'ishlangan edi.
Jismoniy tarbiya institutlari, ayniqsa, Moskva, Leningrad va Kiyev jismoniy tarbiya akademiyalari gimnastika kafedralarining o'qituvchilari gimnastika atamasi taraqqiyotiga katta hissa qo'shishdi. Olib borilgan izlanish va muhokamaiar natijasida 1965-yilda sobiq Ittifoq gimnastika federatsiyasi amaldagi atamalarga so'nggi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritdi. Ushbu o'quv qo'llanmada keltirilgan atamalar baynalmilal tiitarda uchraydigan va o'zbek adabiy tiliga kirib kelgan atamalar, shu sohaning yirik mutaxassis olimlari, dotsent A. Yefemenko tomonidan amaliy mashg'ulotlarda qo'llash uchun tavsiya etilgan atamalarga, H. Rafiyevning «Jismoniy tarbiya va sport lug'ati» kitobi hamda «O'zbek tilining izohli lug'ati» ga tayanib, atamalar tarkibiga ayrim yangiliklar kiritishga urinib ko'rildi.