R е j а: Atamalarning ahamiyati



Yüklə 35,14 Kb.
səhifə5/8
tarix21.12.2022
ölçüsü35,14 Kb.
#77030
1   2   3   4   5   6   7   8
GIMNASTIKA MASHQLARIGA OID ATAMALARI.

Tebranish — aylanish o'qiga nisbatan erkin harakat Ian ish, ijro usullari: kuch bilan, bukilib, sakrab bajarish. Bir necha bor siltanish — tebranish deyiladi.
Yoysimon tebranish — tayanishdan yoysimon harakat qilib osiishga o‘tish.
Uchish — shug'ullanuvchining asbob bilan birgalikda tebranma harakat qilishi. Bir necha bor uchish uchib turish deyiladi.
Qo 7 orasidan aylanish — muayyan holatdan yelka bo'g'inini buraltirib, gavdaning yotiq o‘qi atrofida aylanish. Bunday aylanish yo‘nalishiga qarab oldinga va orqaga bo'lishi mumkin. Zarurat bo'lsa, qanday tebranish yordamida bajarilishi ko'rsatiladi, siltanish harakatlarini belgilash uchun quyidagi atamalar ishlatiladi.
0‘tkazish — oyoqni vositalar ustidan harakatlantirish.
Aylanishoyoqni yaxlit harakatlantirish, aylanishning quyidagi turlari bo'ladi: o'ng oyoqda aylanish, o‘ng oyoqdan chapga aylanish, chapdan orqaga aylanish, o'ngdan orqaga aylanish, burilib aylanish va boshq. Oyoqlarni bukmay jipslashtirib bajariladigan aylanish, ko'ndalang aylanish, kerishib aylanish va shu kabilar.
Chalishtirish — oyoqlarni bir-birining o'rniga qarama-qarshi o'tkazish. Bunday oddiy o'tkazishni qisqa qilib chalishtirish deyiladi. Chalishtirishning turlari esa kerakli aniqlik kiritib ataladi. Masalan, oyoqlarni bukib chalishtirish, teskari chalishtirish, burilib chalishtirish va boshq.
Kirish — jihoz yonida dastlabki holatda turgan gimnastning tayanch qo'li atrofida aylana yasab burilib, dastaklarga tayanib qolishini ko'rsatuvchi atama. Bu mashq bir oyoqda aylana yasab bajarilishi ham mumkin.
0‘tish — ijrochining jihozlarda qo'llarni ko'chirib tutib, o‘ng yoki chap tomonga siljishi.
Chiqish — kirishga teskari harakat qilib, boshqa qismga o'tish.
Uchib o'tish — gimnast qo'llarini qo'yib yuborib, jihozning ikkinchi tomoniga, shuningdek, bir jihozdan ikkinchisiga yoki qo'shpoyaning bir yog'ochidan ikkinchisiga ko‘chishi.
Sakrab tushish — gimnastika jihozlarida osilib yoki tayanib turgan holatdan yerga sakrab tushish. Sakrab tushishning oldinga tebranib, orqaga tebranib, oldinga yoki orqaga siltanib burilib, yoysimon, aylanib, to‘ntarilib, qo'llarning orasidan salto kabi turlari mavjud.
Sakrash — oyoqlarda depsingandan keyin erkin parvoz qilib, ma’lum masofadan yoki to'siqdan o'tish.
Tayanib sakrash — qo’llarda qo'shimcha tayanib bajariladi. Tayanib sakrashning oyoqlarni bukib sakrash, oyoqlarni kerib sakrash, yonlama sakrash, burchakli sakrash, to'ntarilib sakrash kabi turlari bor.
Silkinish — depsingandan keyin oyoqlarni orqaga dastlabki siltash.

Yüklə 35,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin