4. Akrobatik mashqlar atamalari Dumalash — tayanchga birin-ketin qo'l tekkizib gavdani aylantirish. Dumalashning quyidagi turlari bor: oldinga dumalash, yonga dumalash, aylanma dumalash, orqaga bukilib dumalash.
G'ujanak bo'lish — gavdaning buklangan holati (tizzalar yelkalarga tortilgan, iliklarni tutgan qo'llarning tirsaklari biqinlarga yopishgan). G'ujanak bo'lishning yotib, o'tirib va cho'qqayib bajarish kabi turlari bor.
Umbatoq oshish — gavdani avval tayanib, ketma-ket bosh orqali to'ntariladigan aylanma harakati. Umbaloq oshishning oldinga, qo'llarga va chap oyoqni siltab, qo'llarni yonga tutgan holdagi turlari mavjud. 1—2 va bir necha qadam yugurib, umbaloq oshish (yon tomonga).
Jihozlarda bajariladigan mashqlarni yozish. Jihozlarda bajariladigan mashqlarni yozganda jihozning nomini yozishdan tashqari quyidagilarni ham ko'rsatish shart:
1. Dastlabki holat (osilishdan, tayanishdan, sakrab, yugurib kelish) yoki birinchi elementdan oldin bajariladigan harakat (tebranish, chayqalish).
2. Harakat nomi (ko'tarilish, tashlanish, uchib o'tish. Aylanish, yelkadan aylanish).
3. Bajarish usuli (keskin yozilib, yoysimon oldinga tebranib, to'ntarilib).
4. Harakat yo'nalishi (chapga, orqaga).
5. Agar harakatning o‘zidan ko'rinib turmasa, oxirgi d.h. (osi-lish, orqaga tayanish).
Masalan, past qo'shpoyada. Bilaklarda tayanib tebranish — orqaga tebranib ko'tarilish, oldinga tebranib, burchak hosil qilib sakrab tushish.
Tananing alohida a’zolari bilan bajariladigan harakatlarni yozganda, ularni bir-biridan vergul bilan ajratish kerak. Masalan, baland-past qo'shpoyalami pastki yog'ochiga yotib osilishdan chapga burilib, chap songa o'tirish, o'ng qo'l yonga, bosh esa o'ngga buriladi va boshq.
Jihozlardagi turli holatlarni tartib bilan yozayotganda asosiy elementlar (birikmalar) chiziqcha — tire bilan ajratiladi. Masalan, yakkacho'pda: gavdani keskin yozib ko'tarilish — orqaga aylanish, yoysimon siltanib chapga orqaga burilib, har xil ushlab osilib qolish va boshq.
Majburiy mashqlarni (musobaqa uchun) yozishda har bir element yoki birikmani yangi qatordan (xat boshidan) yozib bori-ladi, ularning o'ng tomonida esa uning nisbiy murakkabligi ko'rsatiladi, masalan, «ot»da:
— sakrab o'ng oyoq bilan aylanish — 2,5 marta;
— chap oyoq bilan o'ngga aylanish — 2,5 marta va shu kabilar.
Jihozlarga tegib, siltab o'tishlami tasvirlashda «tegib» (tekkizib)
so‘zi, tekkizmay siltab o'tishda esa «ustidan» so'zi qo'shiladi. Masalan, qo'shpoyalarda: keskin yozilib ko'tarilish — orqaga tebranganda o'ng oyoq, o'ng poyaga tekkizib siltab o'tish — orqaga tebranganda chap oyoq bilan chap poya ustidan siltab o'tish va burchak hosil qilib, ushlab turish va shu kabilar. Ikki yoki undan ortiq qo'sh elementlarni «va» bog'lovchisi bilan, ikki harakat birga bajarilganda esa «ib» qo'shimchasi bilan yoziladi. Masalan, yakkacho'pda: o'ng oyoq bilan ko'tarilish va chapdan orqaga burilib, orqaga aylanish — chap oyoqni siltab o'tib orqaga tashlanib, bukilib osilish va orqaga burila- yotib, gavdani keskin yozib, orqa bilan tayanish holatiga ko'tarilish.
Fikrni qisqa va ixcham ifodalash maqsadida ayrim aniqlov- chilarni tushirib qoldirish mumkin. Shuningdek, yaxshiroq tushunishning iloji bo'lmasa, yuqorida ko'rsatilgan izchillikda yozish shart emas. Masalan, yakkacho'pda: yoysimon tebranib turib, orqaga ketgan paytda aylanib sakrab tushish. Shu maqsadda bir qancha sakrab tushishlar va sakrashlarni bir so'zli atamalar bilan ifodalash qulay. Masalan, salto, to'ntarilish, «uchish» va boshq.
Akrobatika mashqlarini yozish. Akrobatika mashqlarini yozganda, ayrim xususiyatlarni hisobga olib, quyida ko‘rsatilgan qoidalar qo'llaniladi:
1. To‘liq to‘ntarilishga yetmaydigan elementlarni (masalan, umbaloq oshishlar) bajarganda oxirgi holatni ko'rsatish kerak. Masalan, yotib tayanish holatidan oldinga umbaloq oshib, ko'krakda tik turish.
2. Ba’zan bir holatdan ikkinchisiga o'tishni maxsus atama orqali ifodalash talab etilmaydi. Masalan, o'ng (chap) oyoqda muvozanat saqlashdan, boshda tik turish yoki qo'llarda tik turishdan va boshqalardan.
3. Sportchining u yoki bu belgidan (harakatdan) keyingi holati navbatdagi elementning bajarilish usulini belgilaydi. Masalan, tizzalarda tik turishdan oldinga dumalab, bir yelkada tik turish yoki cho'qqayib tayanishdan orqaga dumalab, ko'krakda tik turish va shu kabilar.
4. Oxirgi holat faqat harakat davomida aniq aytilmasa, yoziladi.