5. Gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqiarning atamalari Tutish — gimnastika jihozida ushlash usuli. Tutishning quyidagi turlari bor: ustdan tutish, ostdan tutish, turlicha tutish, teskari tutish, chalishtirma tutish, keng tutish, tor tutish, jips tutish, chuqur tutish. Tutish so‘zi qisqartirish qoidasiga binoan, odatda, tushirib qoldiriladi.
Osilish — gimnastika jihozida shug'ullanuvchining yelkalarini tutish nuqtasidan past bo‘lgan holat. Osilishning quyidagi turlari bor:
• oddiy osilishlar — bunda jihozni gavdaning qaysidir bir qismi bilan (ko‘pincha qo‘1 bilan) tutiladi;
• aralash osilishlar — bunda gavdaning yana biron qismi (oyoq, oyoqlar va qo‘llar)dan qo'shimcha tayanish uchun foydalaniladi.
Oddiy osilish: qo‘llarni bukib osilish, bukilib osilish, kerishib osilish va h.k.
Aralash osilish: cho'qqayib osilish, turgan holatdan bukilib osilish, yotib osilish, turib osilish. Boshqa holatlar aniqlik kiritib bayon qilinadi. Masalan, bukilgan oyoqlarda osilish.
Tayanish — shug'ullanuvchining yelkalari tayanch nuqtasidan yuqorida bo‘lgan holat. Tayanishlar oddiy va aralash bo‘ladi.
O'tirish — jihozda o‘tirgan holat. O'tirishning quyidagi turlari bor: qo‘shpoyalarda oyoqlarni kerib o‘tirish, sonda o'tirish va h.k.
Ko‘tarilish — osilib turishdan tayanishga yoki pastroq tayanishdan yuqoriroq tayanishga o‘tish (harakatni boshni oldinga qaratgan holda bajariladi). Ko‘tarilishning quyidagi turlari bor: galma-gal kuchanib ko'tarilish, kuchanib ko'tarilish, bir oyoqni silkitib to‘ntarilib ko'tarilish, siltanib to'ntarilib ko'tarilish, kuchanib to'ntarilib ko'tarilish, o'ng, (chap) oyoqda ko'tarilish, har ikki oyoqda ko'tarilish, gavdani rostlab ko'tarilish va h.k.