R е j а: Atamalarning ahamiyati



Yüklə 35,14 Kb.
səhifə7/8
tarix21.12.2022
ölçüsü35,14 Kb.
#77030
1   2   3   4   5   6   7   8
GIMNASTIKA MASHQLARIGA OID ATAMALARI.

Umumlashtiruvchi yozuv: bu usuldan harakat aniqligi talab etilmaganda, shuningdek, darslik va boshqa dasturlarda faqat gimnastika mashqlarining mazmunini ifodalash (sanab chiqish) zarur bo'lgan hollardagina foydalaniladi. Masalan, dasturlarda quyidagilarni ko'rsatish kifoya, ya’ni tayanish aa orqaga tayanishdan bir tomonga va qarama-qarshi tomonga tebranib o'tishlami (ularning barcha xillarini ifodalamasdan).
Qisqartirilgan yozuv. Ma’ruza matnlar tuzayotganda sinov va boshqa mashqlarni yozayotganda qo'llaniladi. Bunday paytlarda atamalar qisqartirilib yoziladi (ya’ni shartli qisqartmalar qo'lla- niladi). Masalan, be—belgi; birik—birikma; //o—ifodalash; ush— ushlab turish; yu/p—yuqoridagi poya va boshq.
Mashqiarning soni va hisoblar yaqqol ko'zga tashlanishi uchun birinchilarini rim raqami, ikkinchilarini esa arab raqamlari bilan ifodalash afzalroq.
Hozirgi vaqtda gimnastikada kino-videodan foydalanilmoqda. Plyonkaga tasnifiy dastur, Jahon birinchiligi va Olimpiada o'yinlari suratga tushirib olinadi. O'quv-mashg'ulot jarayonida video yordamida yetakchi sportchilarning mashqlarni bajarish tasviri suratga olinadi, so ngra tasvirga qarab, uning bajarilganlik sifati tahlil qilinadi.
Hozir foydalanilayotgan gimnastika atamalarini u yoki bu mashq xususiyatini yorqin ifodalaydigan aniq qisqa so‘zlar — atamalar bilan boyitish zarur. Bunday oson esda qoladigan atamalar yordamida sport ishlarini yaxshiroq yo‘lga qo‘yish mumkin.
Turishlar: asosiy turish (a.t.) lar saf turishiga mos keladi. Turishning quyidagi turlari bor: oyoqlarni kerib turish, oyoqlarni keng kerib turish, o‘ng oyoqni kerib turish, chalishtirib turish, bunda oyoq kaftlari juftlanadi, o'ng (chap) oyoqda erkin turish.
Muvozanat — shug'ullanuvchining bir oyoqda turgandagi, shuningdek, osilib yoki tayanib turgandagi gorizontal holati. Muvozanatning quyidagi turlari bor: o‘ng oyoqda, engashib muvozanat saqlash, yonlama
ortga — orqaga engashib, frontal, oyoqni ushlab, shpagat holatida muvozanat saqlash.
Gimnastika jihozlarida bajariladigan mashqlarga nom berishda jihozning holati (uning yo'nalishi) va o‘tadigan yo‘li asosiy belgi bo'ladi.
Gimnastika tayoqchasi bilan bajariladigan mashqlardagi asosiy holatlar: tayoqcha pastda, tayoqcha ko'krakda, tayoqcha oldindan yuqorida, tayoqcha bosh ustida, bosh ortida, ko'kraklarda va h.k.
Tayoqcha bilan bajariladigan mashqlardagi nosimmetrik holatlarni mana bunday ifodalash mumkin: tayoqcha yelka oldida, tayoqcha boshning yoki yelkaning o'ng tomonida, tayoqcha bosh ortida va h.k.; tayoqcha bilan qo'l to'g'ri chiziq hosil qilib turmasa, unda holatlar bunday ataladi: o'ng qo'l yon tomonga, tayoqcha yuqoriga. Tayoqchani ushlashning boshqa usullari qo'shimcha ko'rsatiladi. Masalan, tayoqchaning o'ng uchi ko'tarilib, yelka oldida yoki tayoqchaning o'ng uchi ko'tarilib, ko'krakda.
Arg'imchoq bilan bajariladigan mashqlardagi asosiy atamalar
Sakrash — turgan joyida yoki harakatlanib salgina sakrab qo'yish; qo'shaloq sakrash, ikki marta prujinasimon sakrash, birinchisi asosiy, ikkinchisi qo'shimcha (kichikroq ko'lamda).
Sirtmoqli sakrash, o'ng oyoqdan chap oyoqqa sakrash.
Arg'imchoqni ikki aylantirib sakrash (bir sakrashda arg'imchoqni ikki marta aylantirish), oyoqni almashtirib sakrash, arg'imchoq bilan sheriklari yordamida sakrashlar va h.k.



Yüklə 35,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin